Oʻzgartirish “Islomiy davlat” uchun muqarrardir

212
0

الاسلامية الدولة حتمية التغيير

           Oʻzgartirish “Islomiy davlat” uchun

muqarrardir

الحيم  الرحمن  الله بسم

“Bunga (yaʼni, ularning azobga giriftor boʻlishlariga) sabab – Alloh bir qavmga inʼom qilgan neʼmatini to ular oʻzlarini oʻzgartirmagunlaricha oʻzgartiruvchi emasligi va Alloh eshitguvchi, bilguvchi ekanligidir”.  Anfol surasi, 53 oyat.

﴿إِنَّ ٱللَّهَ لَا يُغَيِّرُ مَا بِقَوۡمٍ حَتَّىٰ يُغَيِّرُواْ مَا بِأَنفُسِهِمۡۗ وَإِذَآ أَرَادَ ٱللَّهُ بِقَوۡمٖ سُوٓءٗا فَلَا مَرَدَّ لَهُۥۚ وَمَا لَهُم مِّن دُونِهِۦ مِن وَالٍ﴾

 “Aniqki, to biron qavm oʻzlarini oʻzgartirmagunlaricha Alloh ularning ahvolini oʻzgartirmas. Qachon Alloh biron qavmga yomonlik-balo yuborishni iroda qilsa, bas, uni qaytarib boʻlmas. Va ular uchun Undan oʻzga hokim yoʻqdir”.  Raʼd surasi, 11-oyat.

الحيم  الرحمن  الله بسم

Soʻzboshi va bagʻishlov

   Oldimizga maqsad qilib qoʻyilgan oʻzgartirish  bugungi kundagi Islom yurtlarida hukmron boʻlgan vaziyatlarni; ilmoniy(dinni davlatdan ajragan) tuzumlarni, Gʻarbdan kelgan buzuq fikrlarni va (gʻarbga xos boʻlgan shodlanish, gʻazablanish kabi) buzuq zavqlarni hamda mustamlakachi kofir Gʻarb davlatlariga malay boʻlgan kofir va fosiq hokimlarni oʻzgartirishdir.

   Maqsad qilingan oʻzgartirish Islom Ummatini mustamlakachi kofir davlatlar tomonidan rejalashtirilib, amalga oshirilgan parchalash va xorlash holatidan qutqarishdir. Islom Ummatini butunlay halokatga yuz tutishidan, darbadarlik va musulmonlarga quturgan itdek tashlangan kofir davlatlarga qaram boʻlishdan qutqarishdir.

   Maqsad qilingan oʻzgartirish mustamlakachi kofir davlatlar musulmonlarning qoʻl ostilaridagi boyliklarni talon taroj qilishib, oʻzlari xohlaganlaricha foydalanishgani holda asl boylik egasi boʻlmish musulmonlarni qashshoqlikka mahkum etishib, musulmonlar qoʻl ostilarida shuncha boyliklarga ega boʻla turib, ana oʻsha ochkoʻz kofir davlatlarga milyardlagan qarzlarga botib, xoru zor boʻlishlari oʻrniga musulmonlarning boyliklarini oʻzlariga qaytarib berishdir.

 Maqsad qilingan oʻzgartirish Islom Ummatini Islom asosida uygʻonishlari hamda gʻayri islomiy boʻlgan har qanday fikrni uloqtirib tashlashi bilan amalga oshadi. Oldimizga maqsad qilib qoʻyilgan oʻzgartirish kufr nizomlarini yoʻqotish va Alloh nozil qilgan narsa bilan hukm yuritadigan, Islom Ummatini va Islom yurtlarini “اللهرسول محمد اللهإلا إله لا” bayrogʻi soyasida, bitta xalifa yetakchiligi ostida birlashtiradigan hamda Islom risolatini butun olamga olib chiqadigan “Xalifalik davlati”ni barpo etish orqali amalga oshadi.

   Ushbu risolaning “Aqida… oʻzgartirishning asosidir”, degan birinchi mavzusi oʻzgartirish jarayonida tushuncha va qanoatlarning tutgan ahamiyatini yoritib beradi. Zero, jamiyatlarni bir holatdan ikkinchi holatga koʻchirish togʻlarni bir joydan ikkinchi joyga siljitishdan ham mushkildir. Shuning uchun bu mashaqqatli ishni bajarishga oʻzida Islom aqiydasiga va bu aqiydadan kelib chiqqan ahkomlarga hamda shu aqiyda asosiga quriladigan fikrlarga toʻla qonli qanoati boʻlgan, xatto joniyu-molini Alloh taʼologa sotib yuborgan darajada bogʻlangan odamgina qodir boʻladi.

   “Oʻzgartirish va oyoqqa turish”, deb atalgan ikkinchi mavzu  haqiqatlarni anglab yetish va ularni temir panjalar bilan ushlashning ahamiyatini ochib beradi. Chunki, chalgʻituv va vahmu-gumonlar orasidan haqiqatlarni ajrata bilmagan kishi oʻzgartirish borasida gʻalabaga erishishi aslo mumkin emas.

   “Haqiqatlar va botillar”, degan uchinchi mavzu ikkinchi mavzuning davomidir. Bu mavzuda mustamlakachi kofir davlatlar musulmonlarni adashtirish va  ularni chalgʻitish uchun paydo qilgan ayrim asosiy masalalar (haqiqatlar)ga diqqat eʼtibor jalb etiladi. Chunki, buning oʻzgartirish jarayonidagi va Islom Ummatining “Insonlar uchun chiqarilgan eng yaxshi Ummat” ligiga qaytishidagi taʼsiri juda kattadir.  “Siyosiy faoliyatning vojibligi”, “Islom Ummatining birligi” hamda “Islom davlatini qoim qilish” mana shu masalalar (haqiqatlar) jumlasidandir.

  “Talabi nusrat” deb atalmish toʻrtinchi mavzu esa, saltanatni malay hokimlar qoʻlidan Islom davlatini – Xalifalik davlatini tiklaydigan mansur (nusrat berilgan) toifa qoʻliga oʻtkazishga soʻzsiz olib keladigan sharʼiy amaliyot kayfiyatini bayon qilib beradi. Mana shu mavzu mazkur mavzular ichida eng xatarli hamda ahamiyatli va diqqatga sazovoridir.

   Albatta bizlar bu risolani butun dunyodagi musulmonlarga, xossatan yer yuzida dini Islomni qoim qilishga xarakat qilayotgan, bu yoʻlda erkidan ajratilib, qamalayotgan va quvgʻin qilinayotgan, taʼqib ostiga olinayotgan daʼvatchilarga, haq ustida hech bir oʻzgarishsiz, qilt etmay sabr etayotganlarga, Islomning va musulmonlarning azizligiga tashna yoshlarga hamda faoliyatdagi, nusratga muntazir boʻlib turgan ahli oila, qarindosh urugʻ va doʻst yorlarga bagʻishlaymiz. Biz bu risolani siz azizlarga chin qalbimizdan bagʻishlaymiz va umid qilamizki, sizlar ham uni aqlu hushingiz bilan, chin dildan va butun vujudingiz bilan qabul qilgaysiz.

وَاللَّهُ مَعَكُمْ وَلَنْ يَتِرَكُمْ أَعْمَالَكُمْ

  “ Alloh sizlar bilandir va U hargiz qilgan amallaringizning  savob-mukofotini kamaytirmas”.  Muhammad surasi, 35-oyat.

الحيم  الرحمن  الله بسم

Ikkichi nashrning muqaddimasi

   Butun olamlar tarbiyatchisi Alloh taʼologa hamd boʻlsin. Sayyidimiz Muhammad – sallollohu alayhi va sallam – ga va u Zotning oila ahliga, barcha sahobalariga hamda to qiyomatgacha ularga ergashgan barcha kishilarga duo va salomlar boʻlsin. Ammo baʼd.

    Aslida ushbu kitobchadagi mavzular yer yuzida Allohning humini barpo etish uchun xarakat qilayotgan ayrim daʼvatchilar bilan bahs va munozara qilingan mavzulardandir. Bizlar ushbu mavzularda Ummatning ahvoli xaqida, Uning boshiga tushgan qulash va agʻdarilish xaqida hamda uygʻonish va oyoqqa turish yoʻlida boshidan kechirayotgan qiyinchiliklar xaqida munozara qilamiz. Islom davlatini barpo qilish yoʻlida bajarilgan ishlar va Islomni toʻla tatbiq etadigan, uning daʼvatini butun olamga olib chiqadigan mana shu Islom davlatini vujudga keltirish uchun bajarilishi lozim boʻlgan ishlar xaqida hamda shularga asosan, Ummatga nima deb xitob qilinishi, Ummatning nimaga daʼvat etilishi hamda U nimalarni anglab yetishi lozim? – ligi haqida bahs yuritamiz.

   Islom davlati Islomni ijro etish va uni butun olamga yetkazish uchun xizmat qiladigan siyosiy vujuddir. Islomni ijro etish va uni butun olamga olib chiqish esa, kuch va sharʼiy salohiyatga muxtoj boʻladi. Shariat bunday salohiyatni Ummatga bergan. Ushbu kuch va sharʼiy salohiyatga yolgʻiz jamoat, toifa yoki yolgʻiz siyosiy hizb egalik qila olmaydi. Balki,  Islom davlatini Ummatning mana shu buyuk farzga boʻlgan iymonini tiriltirib, mana shu farz uchun harakat qilish hamda bu yoʻlda fidoiylik koʻrsatish vojibligiga boʻlgan iymonini jonlantiradigan hizb yoki toifa yetakchiligida Ummat barpo etadi.

   Demak, Islom davlati – Ummat bilan va Ummat ustida Islom nizomini ijro etish uchun hamda Islom nizomini Ummat bilan birgalikda barcha insonlarga yetkazish uchun Ummat vujudining “bachadoni”dan chiqadigan vujuddir. Shuning uchun Islom davlatini Ummat tugʻib, dunyoga keltiradi.

  Ummatning vujudi Ummatni “Ummat” qilib turadigan, uning asosida yashashi bilan kamolga yetadigan hamda boshqa vujudlardan shunisi bilan ajralib turadi narsa bilangina mukammal boʻladi. Islomiy Ummatimiz oʻz dinini aqiyda va nizom sifatida mahkam ushlashi bilangina mumtoz va mukammal Ummat boʻladi. Ummatimizning harakatga kelishi, boshqalarga ham oʻz taʼsirini oʻtkazuvchi amaliy vujudi Ummat bir amirning amirligi ostida birlashgan yagona jamoat sifatida koʻzga koʻringandagina yuzaga keladi. Ummatning vujudi davlatining barpo boʻlishi, hamda Ummat oʻz xalifasiga Alloh nozil qilgan narsa bilan hukm yuritishi asosida bayʼat berishi bilangina mukammal va boshqalardan butunlay ajralib turuvchi vujud boʻladi.

   Mana shundan maʼlumki, Ummat “اللهرسول محمد اللهإلا إله لا”ning maʼnosini bilmay turib va bu maʼnoga rioya qilmay turib Uning uygʻonishiga umuman yoʻl yoʻq. Agar Ummat bu kalimaning maʼno-mohiyatini anlab yetsa, oʻzining hayotdagi mavjudligi maʼnosini ham,  bu mavjudlikning gʻoyasini ham tushinib yetadi. Shundagina U hayotdagi mavjudligidan koʻzlangan gʻoyani amalga oshirishga xarakat qiladi.

  Shuningdek,  agar bu bilish sharʼan talab etilgan darajada boʻlmasa, ushbu  gʻoyani amalga oshirishga boʻlgan xarakat ham agar sharʼan talab etilgan darajada boʻlmasa, yetarli boʻlmaydi hamda zimmadagi burchni oqlamaydi. Shuning uchun, gʻoya belgilab olingandan keyin, bu gʻoyani amalga oshirishga harakat qilish lozim boʻladi.  Gʻoyani amalga oshirish uchun Alloh taʼolo shu koinotda yaratib qoʻygan qonunlarga koʻra, shu gʻoya sari olib boradigan amallar bajariladi. Masalan, sabablarni musabablarga bogʻlash, narsalarning xususiyatlarini va aloqalarning shartlarini eʼtiborga olish kabi Allohning koinotdagi sunnatlariga amal qilinadi.

  Aziz birodarlarimizdan biri mana shu fikrlarni chop etib, insonlarga yetkazish taklifini kiritdi hamda buning barcha xarajatlarini savob uchun oʻz hisobidan koʻtarishini maʼlum qildi. Natijada,  shunday ham boʻldi. Allohga hamdlar boʻlsinki, kitobcha chop etildi. Ushbu kitobchada toʻrtta mavzu bor edi. Kitobcha – Allohning izni ila – juda chiroyli suratda qabul qilindi. Shuning uchun uning chop etilgan nusxalari tezda tamom boʻldi. Keyin unga boʻlgan talab yanada kuchaydi. Bu talabni sezgan boshqa birodarimiz oʻz hisobidan uni yana qaytadan nashr etishni taklif qildi. Shuning natijasida unga “Amonat va iymon”, nomli beshinchi mavzu ilova qilinib, mana shu ikkinchi bosma chop etildi.

  Albatta, dunyo muhabbati, oʻlimdan qochish, fikriy chalgʻituvlar, zaiflik, dangasalik hamda rizq, ajal, nusrat, tavakkal, yaxshilik, yomonlik va shu kabilarga aloqador aqiyda tushunchalarini yoʻq qilinishi juda koʻp musulmonlarni Allohga ibodat qilishdan, Allohning buyruq va qaytariqlariga qattiq rioya qilishdan iborat boʻlmish ularning hayotdagi gʻoyalaridan chalgʻitib yubordi. Ayniqsa, zolim, fojir va xoin hokimlarning foydasiga tashviqot yuritivchi razil ulamolar, saroy mullalari tarqatayotgan fatvo va rayʼlarning taʼsiri ostiga tushib qolishgan paytlarda ular oʻzlarining gʻoyalaridan chalgʻib ketdilar. Ushbu balolarning boshi boʻlgan hokimlarning partiyalari yoki ularning tarafdoshlari dinni taʼqiqlashadi, Allohning ustidan boʻhton toʻqishdi. Halolni harom, haromni halol qilib berishadi. Ummat farzandlarini arzimagan ishlar bilan chalgʻitib, ularni oʻzgartirish va Islom davlatini barpo etish yoʻlidan burib yuborishadi.

  Mana shu qilmishdan va uning xataridan ogohlantirish hamda undan saqlanish uchun “Amonat va iymon” mavzusi ilova qilindi.

   Albatta, men ushbu kitobchani Islom Ummatiga taqdim etar ekanman, bu kitobchaning الله الا  اله ال qaziyyasi-masalasi uchun gʻam chekayotgan va bu yoʻlda harakat qilayotgan oʻquvchilaridan uni aql-hushlari bilan oʻrganib, chin dillaridan qabul qilishlarini iltimos qilardim. Zero, men ham bu kitobchani ularga aql-ongim va chin qalbim bilan taqdim etdim. Kitobni chop etishda oʻzlarining koʻrsatma va maslahatlari bilan, mollari va mehnatlari bilan koʻmak koʻrsatgan barcha insonlarga, men uchun va mening ota onam uchun duo qilgan barcha insonlarga Alloh taʼolodan  ajr va savoblarini moʻl-koʻl qilib berishini soʻrayman.

   Allohim! Kim Islomga va musulmonlarga yaxshilikni istasa, u insonni barcha yaxshiliklarga muvaffaq ayla. Kim Islomga va musulmonlarga yomonlikni ravo koʻrsa, uni Aziz va Muqtadir sifating bilan Oʻzing jazola.(Aamiin).

                                                Mahmud Abdul Karim Hasan

                                            Hijriy 1425 yil, 3 safar.

                                            Melodiy 2004 yil, 24 mart.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.