Qachongacha mustamlakachilar nufuzini mustahkamlashda Tunis ichki ishlar vazirligidan foydalaniladi?!

176
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Qachongacha mustamlakachilar nufuzini mustahkamlashda Tunis ichki ishlar vazirligidan foydalaniladi?!

Ustoz Mamduh Buaziz qalamiga mansub

“Tunis ichki ishlar vaziri Tavfiq Sharafiddin atigi ikki oydan ozroq vaqt mobaynida ikki marta ketma-ket oʻnlab yuqori lavozimli xavfsizlik rahbarlarini majburiy nafaqaga chiqardi va buning sababi haqidagi savollarni ochiq qoldirdi… Bir vaqtning oʻzida, siyosiy yetakchilar prezidentning raqiblariga qarshi kurashida “vazirliklarning siyosiy ishtiroki”dan ogohlantirishdi”. (Al-Jazira net).
Baʼzilar buni ichki ishlar vaziri Tavfiq Sharafiddinning gʻalaba qilish uchun qasos olish kampaniyasi, deb hisoblayapti. Chunki u ilgari Hishom Mashishiy hukumati davrida ichki ishlar vaziri lavozimidan boʻshatilib, tazyiq va tahqirlovga uchragan edi. Yana baʼzilar buni ushbu ijroiy organning prezidentning 25 iyul chora-tadbirlari loyihasini bajarish uchun itoatgoʻylik bilan koʻrsatayotgan xizmati, demoqda. Yana boshqalarning fikricha, bu xatti-harakat aslida, asosan, Nahza harakatiga sodiq va uning aʼzosi sifatida tanilgan xavfsizlik xizmati kadrlariga qarshi sodir etilmoqda, chunki oʻtgan oʻn yil ichida aynan shular yetakchilik qildi.
“Gʻalaba qilish uchun oʻch olish”, “parallel xavfsizlik” va “prezident farmonlarini bajarish uchun politsiya davlatini qayta tiklash”… kabi yuzaki sodda tahlillar oʻrtasida ochiq haqiqat va kuchli dalillar yoʻqolmoqda. Aksariyat siyosiy doiralar buni eʼtiborsiz qoldirmoqda, bu haqda gapirishdan qochmoqda, uni jamoatchilikka tashlash va fosh etishga eʼtiborsizlik qilmoqda.
Bir oz ortga qaytsak, sobiq bosh vazir Yusuf Shohid davrida hukumat tomonidan imzolangan shartnomani eslaymiz. Oʻsha xoinona shartnoma talabi boʻyicha, Britaniyaning “Strategik X kompaniyasi” ofisiga Tunis ichki ishlar vazirligining xavfsizlik doktrinasi loyihasini qayta tuzish, idoralarini qayta qurish hamda strategiya va maqsadlarini tuzatish vazifasi topshirilgan. Bu shartnomalar, zohirda logistika va texnik hamkorlik, deya tiqishtiriladi. Biroq, aslida ulardan maqsad, yuqori lavozimli kadrlarni mustamlakachilar manfaatiga xizmat qilishga hamda ushbu hukmron elitani ularning yurtdagi nufuzlarini himoya qilishga jalb qilishdan iboratdir.
Bundan kelib chiqadiki, bugungi kunda biz ichki ishlar vazirligida koʻrayotganimiz bu kurashlar, aslida, xalqaro kurashlar doirasiga kiradi. Lekin bu kurash yurtning asabini nazorat qilish va bilish mumkin boʻlgan kattayu kichik har bir narsaga chang solish orqali bilvosita amalga oshirilmoqda. Shu nuqtai nazardan, “Demokratik oqim” partiyasi bosh kotibi Gʻoziy Shavoshiyning “Shams” xususiy radiosiga bergan intervyusini eslaylik. Shavoshiyga koʻra, sud tizimi olti yoki yetti nafar xavfsizlik xodimi ustidan josuslik tarmogʻi borligi boʻyicha tergov ishi boshlagan. Uning taʼkidlashicha, bu tarmoq Tunisdagi muhim shaxslar, jurnalistlar, tadbirkorlar va siyosatchilar ustidan josuslik qilish bilan shugʻullanib, ichki ishlarda faoliyat qilgan. “Dastlabki tekshiruvlar bu tarmoqning yurt ichkarisi va tashqarisidagi doiralar manfaatiga xizmat qilganini koʻrsatdi”, dedi.
Hozirda, umuman prezident Said, ichki ishlar vaziri Tavfiq va bosh vazira Budinning bu qilmishlari, aslida, Britaniya istak-mayli boʻyicha harakat qiluvchi eski siyosiy sinfni ildizini quritish va mustamlakachi salibchi Frantsiyaga boʻysunuvchi yangi siyosiy sinf yaratishga qaratilgan. Shu jihatdan olganda, majburiy nafaqaga chiqarish orqali ishdan boʻshatishdan tortib, hatto lavozimidan boʻshatib, ishini sudga oshirishgacha boʻlgan barcha ishlarga ruxsat berilgan va sudning chiqaradigan qarorlari ham tayyor, belgilab qoʻyilgan. Ayniqsa, bu ish bilan yurtning jon tomiri boʻlmish ichki ishlar shugʻullanayotgan boʻlsa nima deysiz?! Axir, u mamlakatning barcha boʻgʻinini nazorat qilib, yurtga kirayotganu chiqayotgan har bir shaxs ustidan josuslik qilib, siyosiy raqiblar haqida maʼlumot toʻplayotgan boʻlsa… Buni bilish uchun ortiqcha saʼy-harakat qilishingizga hojat yoʻq. Prezidentning bayonotlariga boqsangiz ularning boshqaruv falsafalarini anglab olasiz. Bu axborotni nazorat ostiga olish, tahdid qilish, qoʻrqitish, bir-birini ayblash hamda Nahza harakati qilgani kabi siyosiy, moliyaviy va sud shantajlari olib borishga asoslangan falsafadir.
Shubhasiz, jamoatchilik fikrini chalgʻitib, ichki ishlar vazirining baʼzi xavfsizlik xodimlarini majburiy nafaqaga chiqarish orqali ishdan haydashini yangi davr uchun real oʻzgarishning boshlanishi qilib koʻrsatilyapti. Bu yangi davr tarafkashlikdan xoli adolatga asoslangan, vazirliklar siyosiy mansublik va moyillikdan neytrallashtirilgan, degan iddaolar ilgari surilmoqda. Bu esa, jamoatchilikni chalgʻitish va asl haqiqatdan adashtirishdan boshqa narsa emas.
Nega biz prezident Qaysdan oʻz siyosiy raqiblari haqida – ular ajnabiy doiralarga moyil, Gʻarb davlatlari bilan aloqa qilishadi, degan gaplarni eshitganimiz eshitgan. Hatto u oʻziga nisbatan suiqasd qilish uchun yurtda va xorijda til biriktirilayotganini daʼvo qilishgacha bordi. Biroq, ajnabiy davlatlar elchilarining Tunisning u chetidan bu chetiga qadar hech qanday cheklov va nazoratsiz bemalol izgʻib yurishlariga chek qoʻyish haqida prezidentdan biror narsa eshitmayapmiz, koʻrmayapmiz. Aksincha, Frantsiya prezidenti chaqirganda u oʻz qarorgohi yonidagi uning “uya”siga yarim tunda ham chopib borayotganini koʻrib turibmiz!
Bas, shunday ekan, Ummatning har bir xolis farzandi shuni anglamogʻi kerakki, qoʻzgʻolon harakati vazirliklardagi faqat bir yoki bir necha basharalarni oʻzgartirish yoki hukumatni almashtirish yoxud xavfsizlik mulozimlarini majburiy nafaqaga chiqarish orqali ishdan boʻshatish bilan amalga oshmaydi. Yoʻq, balki butun rejimni badboʻy qonunlari bilan qoʻshib tubdan agʻdarish lozim. Chunki Tunis rejimi na adolat oʻrnatyapti, na mazlumga insof qilyapti va na kambagʻallarga yordam beryapti.
Demak, oʻzgarish qoʻzgʻolondan keyin qilingani kabi, faqat shaxslarni oʻzgartirish bilan va Ibn Alini qudratdan tushirib, rejimning oʻzini saqlab qolish bilan boʻlmaydi. Balki oʻzgarish tubdan keng qamrovda amalga oshirilmogʻi darkor. Bu esa, Islom asosida boʻladi. Yaʼni Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo etib, bugungi buzuq konstitutsiyaning oʻrniga tatbiq etiluvchi islomiy dastur ishlab chiqish bilan amalga oshadi.
Roya gazetasining 2021 yil 19 yanvar chorshanba kungi 374-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.