Aqiyda, aqiydadan kelib chiqadigan ahkomlar hamda aqiyda ustiga quriladigan fikrlar – oʻzgartirishning asosidir

224
0

(Oʻzgartirish – “Islomiy davlat” uchun muqarrardir. kitobidan)

Aqiyda, aqiydadan kelib chiqadigan ahkomlar hamda aqiyda ustiga quriladigan fikrlar – oʻzgartirishning asosidir

Insonning suluki – gʻariza va uzviy ehtiyojlarini qay tarzda qondirishi – uning koʻtarib yurgan tushunchalariga bogʻliq. Tushunchalar esa, narsalarni va ularning xususiyatlarini idrok etishdan hamda shu idrok ustiga quriladigan yoki shu idrokning natijasi boʻlgan boshqa qanoatlardan kelib chiqadigan qanoatlardir.
Tushunchalar ikki xil boʻladi: Birinchisi; narsalar xaqidagi tushunchalar. Bu tushunchalar masdari-manbaʼsi ayni shu narsalar boʻlgan qanoatlar yoki hukmlardir. Misol tariqasida aytishimiz mumkinki, olov yondiradi, zahar oʻldiradi, aroq mast qiladi yoki goʻsht yeyiladi, tuproq esa, yeyilmaydi, bosimning kuchliligi portlashni keltirib chiqaradi, jamiyat bir-birlarini doimiy aloqalar bogʻlab turadigan fardlardan tashkil topadi, uygʻonish faqat yorqin fikr bilan yuzaga keladi. Demak, mana shu fikrlar masdari-kelib chiqishi ayni shu mavzuʼlarning oʻzlari boʻlgan ulardagi sifat va ularga boʻlgan hukmlardir. Ushbu fikrlar toʻgʻri boʻlishi ham, xato boʻlishi ham mumkin. Bu ularning voqeʼga mos yoki muxolif kelishiga bogʻliq. Har qanday holatda, ushbu fikrlarni tasdiqlagan kishining oldida bu fikrlar tushunchalarga aylangan boʻladi. Insonning yashash tarzi uning narsalar xaqidagi mana shu tushunchalariga bogʻliq. Shuning uchun taomi zaxarlanganligiga qanoat xosil qilgan odam – agar u ochlikdan oʻlim yoqasiga kelib qolsa ham – bu taomga aslo yaqinlashmaydi. Chanqagan odam boshqa narsaga emas, aynan suvga yuguradi. Mast boʻlishni istagan odam esa, suvga emas, aroqqa tashlanadi.
Ikkinchisi: hayot xaqidagi tushunchalar. Bular masdari-manbaʼsi ayni oʻsha narsaning voqeʼligidan emas, tashqaridan boʻlgan qanoat yoki ahkomlardir. Masalan, namoz farz, firibgarlik harom, aroq harom, qotillik harom va hokazo. Ushbu narsaning yoki ishning oʻzi hukmlarining masdari emas, balki bular hukm chiqarilayotgan mavzulari hamda voqeʼliklari boʻlib, hukmning manbasi butunlay boshqa narsadir.
Masalan, aroq mast qiladi, degan soʻz aroqning zotiy xususiyati va uning sifati boʻlib, bu – narsaga oʻzida boʻlgan yoki uning tarkibida mavjud boʻlgan narsa bilan hukm chiqarishdir. Aroq harom, degan soʻz esa, narsaga oʻzida mavjud boʻlgan narsa bilan hukm chiqarish emas, balki bu “harom qilish ham, muboh qilish ham” Uning haqqi boʻlgan Alloh subhanahu tomonidan berilgan hukmdir.
Insonning suluki uning hayot xaqidagi tushunchalariga ham bogʻliq. Agar inson choʻchqa goʻshti xaqida u yeyiladigan narsa yaʼni uni yeyish mumkin, u och qolgan odamni toʻydiradi, deb tushungan boʻlsa, uning bu tushunchasi oʻsha narsa xaqidagi tushunchadir. Uning hayot xaqidagi tushunchasi boʻyicha esa, choʻchqa harom, yaʼni undan chetlanish vojib. Kim bu hukmni idrok etsa va tasdiqlasa, bu idrok uning tushunchasiga aylanadi, bu tushuncha esa, oʻz navbatida hayot tarziga taʼsir oʻtkazadi va choʻchqa goʻshti bilan ochligini qondirishdan qaytaradi.
Kimda oʻzining xavfsizligiga, rizqu-roʻziga va orzu-umidlariga mavaffaq boʻlishiga but sanamlarning yoki oʻlgan kishilarning taʼsiri bor, degan tushunchalar boʻlsa, albatta bunday kishini butlardan qoʻrqish va ularga boʻysunish xislari qamrab oladi-da, oʻliklardan yordam soʻraydi. Aksincha, kim bunday ishlarni tasdiqlamasa, u butlarning tahqirlanishiga aslo parvo qilmaydi, oʻliklardan yordam soʻrovchilarni xatoga chiqarishdan hecham charchamaydi.
Shuningdek, insoniy suluk – narsalar xaqidagi tushunchalarga va hayot xaqidagi tushunchalarga bogʻliq. Gohida, ayrim insonlarda kuzatiladigan ushbu bogʻliklikning zaifligi (yaʼni, narsalar xaqidagi tushunchalar bilan hayot xaqidagi tushunchalarni bir-biriga bogʻlay olmaslik) mana shu tushunchalardan gʻaflatda qolishdan yoki undan uzoqlashtirilganidan hamda nafsga uchraydigan bir necha sabablarga koʻra goʻyo bular uning tushunchalari emasdek boʻlib qolganidan kelib chiqadi. Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – marhamat qiladilar:
لا يَزْنِي الزَّانِي حِينَ يَزْنِي وهو مُؤْمِنٌ، ولا يَشْرَبُ الخَمْرَ حِينَ يَشْرَبُ وهو مُؤْمِنٌ، ولا يَسْرِقُ حِينَ يَسْرِقُ وهو مُؤْمِنٌ، ولا يَنْتَهِبُ نُهْبَةً، يَرْفَعُ النَّاسُ إلَيْهِ فيها أبْصارَهُمْ حِينَ يَنْتَهِبُها وهو مُؤْمِنٌ.
“Zinokor zino qilayotgan mahalida moʻʼmin holida zino qilmaydi, aroqxoʻr aroq ichayotgan mahalida moʻmin holatida aroq ichmaydi, oʻgʻri oʻgʻirlik qilayotgan mahalida moʻʼmin holatida oʻgʻirlik qilmaydi, talonchi odamlarning koʻz oʻngida talan-taroj qilayotgan mahalda moʻʼmin holatida talonchilik qilmaydi”. Buxori rivoyati.
Shu bois, sulukni yaxshilash, uni toʻgʻrilash uchun haqiqatlarni – narsalarning haqiqatlarini va eʼtiqod va ahkomlardan iborat sharʼiy haqiqatlarni – insonlarning zehnlariga takrorlab turish lozim. Sharʼiy haqiqatlarni insonlarga eslatib turish lozim. Shunda ular bu eslatmalarni qabul etib, suluklarini toʻgʻrilab oladilar. Alloh taʼolo aytadi:
وَذَكِّرْ فَإِنَّ الذِّكْرَىٰ تَنفَعُ الْمُؤْمِنِينَ
“Eslating, albatta eslatish moʻʼminlarga foyda beradi”.[51:55].
Kofirlar esa, buning aksidirlar. Chunki, haqiqatlarni va sharʼiy tushunchalarni eslatish ularga foyda bermaydi. Negaki, ular bu haqiqatlarni va sharʼiy tushunchalarni oʻz nazarlarida, haqiqat boʻlmagan fikrlar qatorida eshitadilar. Bu haqiqatlar ularda tushunchaga aylanmagan. Tabiiyki, bu haqiqatlar va sharʼiy tushunchalar ularning sulukiga aslo taʼsir etmaydi.
Demak, hayot xaqidagi tushunchalar insonga qanday yashashni belgilab beradi. Shuning uchun insonning maqsadi faqat yashash, umr oʻtkazish emas, balki qanday, qay tarzda yashashdan iborat boʻladi. Uning gʻam-tashvishi ehtiyojlarini toʻydirishgina emas, balki ularni qaysi yoʻl bilan toʻydirish boʻladi. Shuning uchun insonning hayot haqidagi tushunchalari uning uchun muayyan yashash tarzini belgilab beradi.
Hayot xaqidagi tushunchalarning masdari aynan oʻsha narsalar va feʼllardan tashqarida boʻlgani bois, bu tushunchalarni olish uchun albatta, oʻsha masdarni aniqlab, uni hukm chiqarishga haqqi, salohiyati yoki saltanati bor ekanligiga hamda uning chiqargan ahkomlari sahih ekanligiga qanoat hosil qilish lozim boʻladi.
Islom albatta hukm chiqaruvchi hokimning Alloh subhanahu ekanligini hamda ahkomlarning masdari sayyidimiz Muhammad – sallollohu alayhi va sallam – ga nozil qilingan vahiy ekanligini qaror qildi. Alloh taʼolo aytadi:
إِنِ الْحُكْمُ إِلَّا لِلَّهِۚ أَمَرَ أَلَّا تَعْبُدُوا إِلَّا إِيَّاهُ
“Hukm faqat Allohnikidir. U sizlarni faqat Oʻzigagina ibodat qilishingizga buyurdi”. Yusuf surasi, 40-oyat.
وَمَن لَّمْ يَحْكُم بِمَا أَنزَلَ اللَّهُ فَأُولَٰئِكَ هُمُ الْكَافِرُونَ
“Alloh nozil qilgan narsa bilan hukm qilmaganlar, ana oʻshalar kofirlardir”. Moida surasi, 44-oyat.
Allohning hukmidan boshqa har qanday hukm togʻutdir-shaytondir. Alloh aytadi:
أَلَمْ تَرَ إِلَى الَّذِينَ يَزْعُمُونَ أَنَّهُمْ آمَنُوا بِمَا أُنزِلَ إِلَيْكَ وَمَا أُنزِلَ مِن قَبْلِكَ يُرِيدُونَ أَن يَتَحَاكَمُوا إِلَى الطَّاغُوتِ وَقَدْ أُمِرُوا أَن يَكْفُرُوا بِهِ وَيُرِيدُ الشَّيْطَانُ أَن يُضِلَّهُمْ ضَلَالًا بَعِيدًا
“Oʻzlarini Sizga nozil qilingan (Qurʼon) va Sizdan oldin nozil qilingan (ilohiy kitoblarga) iymon keltiran, deb hisoblaydiganlarning hukm soʻrab, Togʻut (shayton) huzuriga borishni hohlayotganlarini koʻrmadingizmi? Vaholanki, uni inkor etishlikka buyurilgan edilar. Shayton esa, ularni (toʻgʻri yoʻldan) uzoq (muddat) adashtirishni hohlaydi”. Niso surasi, 60-oyat.
Demak, aqlning yoki insonning hukm chiqarishga haqqi yoʻq. Bu aqlning rolini tortib olish yoki uning qudratini cheklash emas. Balki, buning sababi aqlning hukm uchun lozim boʻlgan qurollarga ega emasligidadir. Chunki, bu hukmning masdari narsa yoki oʻsha mavzuning oʻzi emas-da. Masalan, hukm chiqarishni xalq qoʻliga beradigan kishilar hech qanday dalilga suyanmadilar. Balki ular tentirab, yoʻldan adashib ketdilar. Natijada, notoʻgʻri va voqeʼsi yoʻq tushunchani koʻtarib olib, haqiqatni inkor qildilar. Shuning uchun dinni hayotdan ajratishni bayon qilganlar. Bu degani hukm Allohniki emasligini anglatadi.
Agar ahkomlarni chiqarish salohiyati inson uchun berilsa, holbuki insonda hukm chiqarish quroli, qobiliti yoʻq, albatta u oʻzining xohshi havosini hamda koʻzi koʻrib turgan manfaatlarni hakam qiladi. Uning koʻrib turgan manfaatlari esa, oʻzgaruvchan va beqarordir. Gohida u ziyonni foyda deb koʻradi, kasallik manbayini esa shifo, deb oʻylaydi.
Mana shu joydan Allohga, nubuvvatga va Qurʼonga boʻlgan iymonning naqadar ahamiyatli ekanligi kelib chiqadi. Zero, ushbu iymon insonning sulukiga taʼsir oʻtkazadigan aqiydadir. Aqiyda inson ongida hayot xaqidagi tushunchalarni paydo qiladi. Bu tushunchalar insonning qanday yashashini, uning hayotdagi gʻoyasini belgilab beradi, insonning sulukidan boʻlgan gʻoyani yaʼni gʻariza va uzviy ehtiyojlarini Alloh taʼolo aytgandek qondirish bilan Alloh azza va jallaning rizoligiga erishishdan iborat boʻlgan gʻoyasini belgilab beradi.
Mana shu joydan, yana, narsalar va hayot xaqidagi tushunchalar sahih va sodiq boʻlishi yaʼni ularning haqiqat boʻlishi naqadar muhim ekanligi maʼlum boʻladi. Shuningdek, insonlar ongida xato tushunchalarni paydo qilish maqsadida chalgʻituvchi fikrlarni tarqatish, savodsizlantirish va adashtirish ishlarining naqadar xatarli ekanligi ham namoyon boʻladi. Mana shunday qilmishlar oqibatida insonlar jaholat va zalolat qurboniga aylanadilar.
قُلْ هَلْ نُنَبِّئُكُم بِالْأَخْسَرِينَ أَعْمَالًا (103) الَّذِينَ ضَلَّ سَعْيُهُمْ فِي الْحَيَاةِ الدُّنْيَا وَهُمْ يَحْسَبُونَ أَنَّهُمْ يُحْسِنُونَ صُنْعًا
“Ayting, ey Muhammad: “Sizlarga qilmishlaridan eng koʻp ziyon koʻruvchilarning xabarini beraylikmi?! Ular qilgan saʼyi harakatlari dunyo hayotidayoq yoʻq boʻlib ketgan-u, ammo oʻzlarini ishni chiroyli qilayotgan hisoblaydilar”. Kahf surasi, 103, 104 oyatlari.
Ha, qarmoq uchiga ilintirib qoʻyilgan xoʻrakni yutib olgan paytda baliq adashganidek yoki qopqonga qoʻyilgan taomga shoshgan sichqon adashganidek, shaxslar ham, xalqlar ham adashadilar.
Inson bir yoʻlda yurib, shu yoʻl uni oʻz gʻoyasiga olib borishiga qanoat qilsa-yu, aslida unga qarama qarshi yoʻlda yurgan boʻlsa, bu inson albatta adashadi va gʻoyasiga yeta olmaydi.
Shuningdek, inson jaholat yoki notoʻgʻri talqin berish natijasida hayot xaqida xato tushunchalarni koʻtarib yurgan paytda ham adashadi. Masalan, baʼzi insonlar riboni halol va demokratiyani Islomdan deb oʻylaydilar yoki ularga shunday talqin qilinadi. Shariatni ham boshqa kasb-hunar va mutaxassisliklar kabi pul topish uchun oʻrganiladi, deb oʻylaydilar. Mana shu insonlar aniq adashadilar. Islom haqiqatlari yoʻqolib, zehnlarni xato fikrlar qamrab olgan paytda inson adashadi. Masalan, “ommaviy erkinliklar” fikrlari, “buzuq voqeʼni oʻzgartirish bizning zamonamizda mumkin emas va yaqin yuz yillar ichida ham mumkin boʻlmasa kerak”, “voqeʼni oʻzgartirish Alohning sahovati, bizlar faqat uni jim oʻtirib kutishimiz kerak” yoki “Mahdiyning kelishini kutishimiz kerak” kabi fikrlar sababli haqiqatlar unutilgan ham insonlar adashadi. Mana shunday xato fikrlar bilan yakka shaxslar ham, xalqlar va ummatlar ham loqayd, dangasalar toʻdasiga aylanib qoladilar. Bu tushunchalarni ularga kim singdirayotgan boʻlsa, ular shu kishilarning yetovidagi podalarga aylanadilar. “Ularga qarshi kurashayapmiz”, deb oʻylagan hollarida dushmanlarining qoʻllaridagi qurollariga aylanadilar.
كَبَاسِطِ كَفَّيْهِ إِلَى الْمَاءِ لِيَبْلُغَ فَاهُ وَمَا هُوَ بِبَالِغِهِ
“Ular kaftlarini suvga choʻzib, u suv ogʻziga yetishini kutib turgan bir kimsaga oʻxshaydilar. Holbuki, u (suv) uning ogʻziga yetuvchi emasdir”. Raʼd surasi, 14-oyat.
مَثَلُهُمْ كَمَثَلِ الَّذِي اسْتَوْقَدَ نَارًا فَلَمَّا أَضَاءَتْ مَا حَوْلَهُ ذَهَبَ اللَّهُ بِنُورِهِمْ وَتَرَكَهُمْ فِي ظُلُمَاتٍ لَّا يُبْصِرُونَ
“Ular bamisoli bir olov yoqqan kimsaga (yoʻlovchiga) oʻxshaydilar: olov uning atrofini yoritganida, Alloh (behos) nurlarini ketkazib, ularni zulmatlar ichra (xech narsani) koʻrolmaydigan holda qoldirgani kabidir”. Baqara surasi, 17-oyat.
Shuning uchun yana takror aytamizki, sulukni oʻzgartirish uchun, uni toʻgʻrilash va gʻoyaga yetkazuvchi sahih va yuksak qilish uchun narsalar va hayot xaqida toʻgʻri tushunchalarni vujudga keltirish lozim. Mana shundagina inson narsalarning va ularning xususiyatlarini muvaffqaqiyatli boʻysundira oladi. Oʻzining gʻoyasiga, gʻoyalarning gʻoyasi boʻlmish Alloh azza va jallaning rizoligiga yetkazuvchi suluki yaxshilanadi.
وَابْتَغِ فِيمَا آتَاكَ اللَّهُ الدَّارَ الْآخِرَةَ ۖ وَلَا تَنسَ نَصِيبَكَ مِنَ الدُّنْيَا ۖ وَأَحْسِن كَمَا أَحْسَنَ اللَّهُ إِلَيْكَ
“Alloh senga ato etgan narsa bilan oxiratni istagin va dunyodan boʻlgan nasibangni ham unutmagin. Alloh senga ehson qilgani kabi sen ham (odamlarga) ehson qil”. Qasos surasi,77-oyat.
Haqiqatlarning eng afzali va mutloqo eng muhimi inson uchun hayot xaqidagi tushunchalarini tayinlab beradigan aqiydadir. Aqiyda shundan iboratki, narsalarning xammasi Xoliq boʻlmish Alloh taʼoloning maxluqidirlar. Alloh – subhanahu – rasuli Muhammad – sallollohu alayhi va sallam – ni Islom risolati bilan yubordi. Bu risolat inson uchun lozim boʻladigan narsalarning barchasini bayon qilib beradi. Alloh taʼolo insonni iymon yoki kufr ustida, Nabiy – sallollohu alayhi va sallam – olib kelgan narsaga boʻysunishi yoki boʻysunmasligi ustida hisob qiladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.