Japarov Erdo‘g‘on bilan uchrashish niyatida

284
0

Japarov Erdo‘g‘on bilan uchrashish niyatida

 Xabar: Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov noyabr oyida Istanbulda bo‘lib o‘tadigan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining 8 sammitida ishtirok etadi. Tashrif davomida Japarov turkiyalik hamkasbi Rajab Toyib Erdo‘g‘on bilan uchrashishni rejalashtirgan. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

 29 oktyabr kuni Japarov Turkiya tovar palatalari va birjalari ittifoqi prezidenti Mustafo Rifat Hisarjikli o‘g‘lini qabul qildi. Uchrashuvda savdo-iqtisodiy hamkorlik va muhim loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Suhbat chog‘ida Qirg‘iziston prezidenti Erdo‘g‘on bilan uchrashish rejalarini ma’lum qildi.

 Ma’lumot o‘rnida, Sadir Japarov 2021 yil iyun oyida Turkiyaga rasmiy tashrif bilan borgan va u erda Rajab Toyib Erdo‘g‘on bilan uchrashgan edi. O‘sha paytdagi muzokaralarning asosiy mavzularidan biri savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish edi.

 Izoh: Prezident Sadir Japarov 23 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Qirg‘izistonning Rossiya va Turkiya bilan strategik hamkorlik sezilarli darajada mustahkamlanganini, epidemiologik vaziyat barqarorlashishi bilanoq Xitoyga tashrif buyurishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi. Shuningdek, u arab va Evropa Ittifoqi davlatlariga ham borish niyatida ekanligini qo‘shimcha qilgan edi.

 Japarovning bu bayonotidan Qirg‘iziston tashqi siyosatda ko‘p vektorli siyosat olib borishga qaratilishini anglash mumkin. Ma’lumki, Qirg‘iziston bunga qadar to‘liq Rossiya ta’siri ostida bo‘lib, har bir ishini uning qosh-qovog‘iga qarab bajarib keldi. Ammo, o‘tgan yili amalga oshirilgan navbatdagi davlat to‘ntarishi Rossiyaning xohish-istagisiz amalga oshirilgani va hokimiyat tepasiga kelgan Japarov uning roziligisiz O‘zbekiston bilan chegara masalasida ijobiy natijalariga erishganidan so‘ng uning qaxriga duchor bo‘ldi. Rossiya Qirg‘izistondan o‘ch olish uchun tojik-qirg‘iz chegara mojarosini keltirib chiqardi va ushbu qurolli to‘qnashuvda to‘lig‘icha tojik hukumati tomonida turdi.

 Shundan so‘ng qirg‘iz hukumati imkoni boricha Rossiya ta’sir doirasidan chiqishga harakat qila boshladi. Bunda Japarov ko‘p vektorli siyosat degan nom ostida Xitoy va G‘arb davlatlari bilan hamkorlikni kuchaytirishga intilmoqda. Qirg‘iz hukumati Turkiya orqali AQSh bilan yaqinlashish sari bormoqda. Ma’lumki, AQSh Markaziy Osiyoga nisbata olib boradigan siyosatini Turkiya orqali aalga oshiradi. Bunda Turkiya va Markaziy Osiyo davlatlarining aksari turkiy zabon xalqligi ham qo‘l keladi. So‘ngi vaqtlarda Qirg‘iziston Turkiya bilan harbiy, savdo-iqtisodiy va turkiy zabon davlatlar hamkorligi kabi loyihalar orqali aloqini mustahkamlab bormoqda. Harbiy hamkorlik doriasida Qirg‘iziston Turkiyadan “Bayraktar” uchuvchisiz harbiy samolyotlarini sotib oladigan bo‘ldi. Qirg‘iz harbiylari Turkiyada harbiy tayyorgarlikdan o‘tishi yo‘lga qo‘yildi. Bu qirg‘iz hukumatining Rossiya harbiy ta’siridan xalos bo‘lish uchun tashlagan qadamlaridan biri bo‘ldi. Ammo, hukumat o‘zining bu harakati bilan yana Rossiya g‘azabiga duchor bo‘lishdan saqlash uchun bir vaqtda Rossiyadan “Orlan-10” ko‘p funktsiyali uchuvchisiz kompleksini ham sotib oladigan bo‘ldi. Xulosa qilib aytganda, Japarov Putinning g‘azabini qo‘zg‘aydigan darajada keskin harakat qilmay, asta-sekinlik bilan undan uzoqlashish pozitsiyasidan bormoqda.

 Ammo, Qirg‘iziston hukumati birini ta’siridan qutulish uchun boshqasi bilan aloqalarini yaxshilashga harakat qilayotgan bo‘lsada, bu davlatlarning barchasi yagona asos – boshqa davlatlarni mustamlaka qilish, boyliklarini talon-taroj, xalqlaridan azon ishchi kuchi safatida foydalanish asosiga qurilgan. Bu davlatlarning hech biri ularning ta’biri bilan aytganda “uchinchi olam” davlatlariga yaxshilik va farovonlik olib kelish yordam qo‘lini cho‘zmaydi. Balki, bir mustamlakachini surib chiqarish evaziga o‘zi u erdagi boyliklarga ega chiqishni boshqa maqsadi yo‘q.

 Agar Qirg‘iziston xalqi mustamlakachilardan qutulib, chinakam rivojlanish va farovonlikni istaydigan bo‘lsa buning yo‘li bitta, u ham bo‘lsa aholining aksari imon keltirgan Islom dini aqidasi asosidagi Xalifalik davlatini qayta barpo etishdan iborat. Musulmonlar oldida bundan boshqa yo‘l yo‘q. Yo Allohning hukmlarini oliy qilish orqali ikki dunyo saodatiga erishadi yoki bir mustamlakachidan qutulib, boshqasining changalida xorlik va zorlikda hayot kechiradi.

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.