Pokiston to ajnabiy kuchlarga tayanishga barham bermas ekan, aslo tinch va farovon bo‘la olmaydi

82
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Pokiston to ajnabiy kuchlarga tayanishga barham bermas ekan, aslo tinch va farovon bo‘la olmaydi

Joriy yil 7 oktyabrda AQSh davlat kotibi o‘rinbosari Vendi Sherman takabburlik bilan bunday bayonot berdi: «Biz Pokiston bilan keng aloqa o‘rnatishga muhtoj emasmiz. Balki barchamiz Afg‘onistonda nima bo‘layotganini bilishimiz, barchaning, shu jumladan Hindistonning xavfsizligini ta’minlashimiz kerak».

Hizb ut-Tahrir – Pokiston viloyati matbuot bo‘limi bu haqda bayonot chiqarib, quyidagilarni ta’kidladi:

«Shunday haqoratlovchi bayonot berilganiga qaramay, Pokiston harbiy va fuqaroviy etakchilari bu AQSh davlat kotibi o‘rinbosarini samimiyat bilan kutib olib, undan yangi ko‘rsatmalar olishdi. So‘ng Pokiston bosh vaziri Imron Xon Pokiston-Afg‘oniston aloqalarini yaxshilash uchun komissiya tuzishga buyruq berdi. Ushbu amerikaparastlik harakatlarini Pokiston hukmdorlari «gumanitar yordam masalasidagi ikki davlat hukumatlari o‘rtasidagi muvofiqlashuv», deya oqlashga urinishdi. Aslida esa, ular na o‘zlarini hurmat qilishadi va na Pokiston manfaatini himoya qilishadi. Amerikaning Pokistonga tahdid qilishi, uni ayblab haqoratlashi va ittifoqchisi sifatidagi mavqeidan pastga tushirishi birinchi marta bo‘layotgani yo‘q. Birorta aqliraso inson yigirma yildan so‘ng bugun Amerikaning Pokistonni mana shunday axlatxonadan kutilmaganda chiqarib olishini tasavvur qilishi mumkinmi?!».

Matbuot bayonoti so‘nggida bunday deyildi:

«Pokiston to ajnabiy kuchlarga tayanishga barham bermas ekan hamda qo‘shni Afg‘oniston va O‘rta Osiyo bilan bitta kuchli davlatni, Xalifalikni barpo etmas ekan, aslo tinch va farovon bo‘la olmaydi. Xalifalik davlati butun Evrosiyoni Islom hukmronligi va kofir kuchlar mag‘lubiyati soyasida o‘zining asrlab davom etgan tarixiy holatiga qaytaradi.

Roya gazetasining 2021 yil 20 oktyabr chorshanba kungi 361-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.