AQSh o‘z ortidan Evropani ham sudrab, Liviyada saylov o‘tkazish uchun u erdagi doiralarga bosim o‘tkazmoqda

216
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

AQSh o‘z ortidan Evropani ham sudrab, Liviyada saylov o‘tkazish uchun u erdagi doiralarga bosim o‘tkazmoqda

Ustoz  Ahmad Muhazzib qalamiga mansub

Hokimiyatda zo‘ravonlik qilayotgan zolim hukmdor ag‘darilgandan so‘ng ham ko‘pincha yovuz davlatlar ko‘magi bilan boshboshdoqlik davom etadi, ba’zan uzoqroq ham cho‘ziladi. Shu vaqt mobaynida sobiq rejimning odamlarga qilgan zulm va zo‘ravonligiga yordam bergan sarqitlari yana qayta maydonga qaytishni boshlaydi. Buni nafaqat Liviya misolida ko‘rish mumkin, balki boshqa davlatlardan ham ko‘ra ko‘proq ko‘zga tashlanadi. Sobiq rejim tizimi davlatning aksar bo‘g‘inlariga, hatto hukumatning ichigacha kirishga muvaffaq bo‘ldi. Masalan, adliya vaziri ilgari Inqilob qo‘mitasida (Qazzofiyning o‘z raqibini yo‘q qiluvchi apparatida) ishlagan. Milliy birlik hukumatidagi iqtisod vaziri ham Qazzofiyning vazirlaridan biri bo‘lgan. Sobiq rejimning ba’zi odamlari Haftar bilan ittifoqchi bo‘lib olishdi. Masalan, tashqi ishlar vazirasi Haftar tarafdorlaridan biri bo‘lib, u ham sobiq rejimdagi shaxslar bilan, ayniqsa, Qohirada yashayotgan Ahmad Qazzofuddam singari xalqdan o‘g‘irlagan mollarni o‘zlashtirganlar bilan yaxshi aloqaga ega. Zero, Qazzofuddamning o‘zi 2012 yil Mustafo Abduljalil tomonidan yuborilgan Ali Sallobiyga davlatdan o‘g‘irlangan pullardan 25 million dollarini qo‘lga kiritganini e’tirof etgan.

Bu yurtdagi mavjud voqelikni o‘quvchi anglab etishi uchun keltirayotganimiz faktlarning muqaddimasi, xolos.

Joriy voqea-hodisalarning ayrimlarini ko‘rib chiqamiz:

–     2021 yil 4 oktyabrda Tobruq vakillar palatasi davlat oliy kengashiga murojaat qilmasdan, davlat prezidenti va vakillar palatasi saylovlari to‘g‘risida qonun chiqardi. Vaholanki, davlat oliy kengashi amalda Suxayrot hujjati asosida tashkil etilgan bo‘lib, bu hujjatda qachon vakillar palatasi saylovlar to‘g‘risida qonun ishlab chiqmoqchi bo‘lsa, albatta oliy kengashga murojaat qilib, u bilan maslahatlashishi shartligi aytilgan.

–     Joriy oy boshida Aqila Solih raisligidagi ushbu Tobruq vakillar palatasi kvorum va saylovchilar soni bo‘yicha ochiq soxta ovoz berish firibgarligidan foydalanib, Dabiba hukumatidan ishonchni olib tashlash to‘g‘risida  qaror chiqardi.

–     Adolat va Qurilish partiyasi, Milliy Najot Fronti partiyasi, O‘zgarish partiyasi boshchiligidagi Liviya partiyalari Tobruq vakillar palatasi qarorlarini qoralovchi bayonotlar chiqarishdi.

–     Liviya g‘arbidagi Birlashgan kuchlarga aloqador telekanallarning barchasi doimiy ravishda Haftarning jinoyatlariga diqqat qaratishdi. Haftar, uning armiyasi va unga qarashli jangarilar o‘tgan olti yil ichida sodir etgan bu jinoyatlar oddiy fuqarolarni o‘ldirish, a’zolarini kesib tashlash, odamlarni tiriklayin ko‘mish, mol-mulklarni vayron qilish va yoqish kabilardan iborat bo‘lgani aytildi.

–     Boshi berk ko‘chaga kirib qolgan mana shunday bir muhitda, bosh vazir Abdulhamid Dabiba chiqib, Haftar va Aqila Solihga qarshi kurash e’lon qildi. So‘ng odamlar chekayotgan azob-uqubatlar va qiyinchiliklarni dastaklab, ularning jarohatlaridan g‘arblik xo‘jayinlari rejasini amalga oshirishda foydalandi. Ya’ni, turmush qurmoqchi bo‘lgan har bir yigit-qizga moddiy «grant» berish qarorini tasdiqlab, ularga 40.000 dinor miqdorida pul ajratish orqali yoshlar sektorini o‘ziga moyil qila boshladi. Natijada, Haftar va uning qo‘shiniga qarshi kurashda ko‘pchilikda umid uyg‘otdi. Nafaqaxo‘rlarga 450 dinor kompensatsiya berish to‘g‘risida yillar oldin qabul qilingan qarorga o‘zgartish kiritib, 900 dinordan beriladigan qildi hamda muallimlar kompensatsiyasini oshirish to‘g‘risida ham qaror chiqardi. Shu bilan Dabibaning xalqchilligi boshqalarga qaraganda ancha oshdi.

–     Dabiba Haftar va Aqila Solihlarga qarshi dahanaki urush e’lon qilib, ularning nomini aytmasdan «kimsalar», deya bunday bayonotlar berdi: «Oddiy fuqarolarni qirgan, odamlarni tiriklayin ko‘mgan va Liviya xalqini o‘ldirish uchun har davlatdan qurol olib kelgan kimsalar bilan biz qanday qilib yarashamiz va murosa qilamiz?!». U shuningdek, «Qo‘mondonlik mavqelaridagi malay va qotil kimsalarga rozi bo‘lishimiz va ular bilan hamkorlik qilishimiz mumkin emas», deya qo‘shimcha qildi.

–     Haqiqatdan, Dabiba yurt yoshlaridan yirik qismini o‘ziga moyil qilishga va moliyaviy qarorlari bilan boshlarini aylantirishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, u oldindan rejalashtirilgan, keyin to‘xtatib va muzlatib qo‘yilgan ko‘plab loyihalarga imzo chekib, ularni sobiq vazirliklar tortmasiga tashlab qo‘ydi, birortasini amalga oshirmadi. Elektr muammosini hal qildi, ammo keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, odamlarga bosim qilish va xalqda «echimga erishish imkoniyatsiz», deya umidsizlik paydo qilish maqsadida elektr muammosi qasddan sun’iy paydo qilingan. Zero, bu kabi ishlar bilan davlat xavfsizlik xizmati va vazirliklardagi davlat ortidagi davlat shug‘ullanib kelgan.

Bular avvalgidan ham xatarli tus olayotgan ichki vaziyat haqida. Gap shundaki, Dabiba bu kabi kompensatsiyalar, grantlar va yutuqlarni amalga oshirishdan Liviya ahlining manfaatini o‘ylamayapti. Balki ularning ko‘nglidan joy olib, saylov uchun ovozlarini sotib olishni niyat qilyapti. Qolaversa, u Liviya ustidan zo‘ravonlik qilish, boylik va resurslarini tashib ketishdek mustamlakachi kofir G‘arbning siyosatini ijro etmoqda. Ya’ni, uning bu tadbir-choralari Liviya ustida ketayotgan davlatlararo kurash doirasida ketmoqda.

Endi Liviya masalasidagi davlatlararo harakatga kelsak, Frantsiya quvib chiqarilib, sobiq tasirlari ham tugatilgach, AQSh saylovlar, degan chora-tadbirni qo‘llab-quvvatlay boshladi. Masalan, AQSh elchisi bergan ko‘plab bayonotlarida saylovlarni o‘z vaqtidan, ya’ni kelasi 24 dekabrdan kechiktirmay o‘tkazish lozimligini qat’iy ta’kidladi. https://www.omanobserver.om/ sahifasidagi bir xabarda ham «Amerika Liviya mojarosini hal qilish bilan bog‘liq «5+5» harbiy va xavfsizlik qo‘shma qo‘mitasining muvaffaqiyatlaridan umid qiladi», deyiladi.

Arab davlatlari Ligasi o‘zining Liviya sahnasida ta’siri yo‘qligiga qaramay, sahnadagi umumiy oqimni tushunish uchun «5+5» yig‘ilishining yakuniy natijalarini olqishlamoqda. Yakuniy natijada «barcha yollanma askarlar va xorijiy jangchilarni Liviyadan bosqichma-bosqich, muvozanatli tarzda olib chiqish rejasi tasdiqlangan».

Turkiya turk vakillar palatasi spikeri Mustafo Shentop tilidan «Biz Liviya saylovlarini qo‘llab-quvvatlab, ularning o‘z vaqtidan, ya’ni kelasi 24 dekabrdan kechiktirmay o‘tkazilishi tarafdorimiz», dedi.

Dabiba Liviya masalasini muhokama qilish va Qatarni joriy oy oxirida bo‘lib o‘tadigan «Liviya barqarorligi» nomli konferentsiyada ishtirok etishga da’vat qilish uchun chorshanba kuni Qatarga boradi.

Tobruq vakillar palatasi saylovlar vaqtini bekor qilish va prezidentlik saylovini 24 dekabrda o‘tkazish, oradan bir oy o‘tib parlament saylovini o‘tkazish to‘g‘risida qaror chiqardi.

Bularning barchasi Haftar uchun qilindi, ya’ni agar u yutib chiqadigan bo‘lsa, parlament saylovlarida o‘yin qilish imkoniga ega bo‘ladi, bordi-yu yutib chiqmaydigan bo‘lsa, o‘z armiyasi qo‘mondonligiga qaytadi.

Italiya tashqi ishlar vaziri AQSh davlat kotibi bilan uchrashuvidan so‘ng Liviyadagi saylovlar muvaffaqiyatsiz yakunlansa, katta xavf tug‘ilishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Yuqorida aytib o‘tilgan narsalardan Amerikaning parlament va prezidentlik saylovlarini o‘tkazishga intilayotgani ma’lum bo‘lmoqda. Shubhasiz, u o‘z malaylarining hokimiyatni qo‘lda ushlab turishlarini istayapti. Bunga erishishi mumkin, ammo erisholmaydigan bo‘lsa, u holda, Haftarning «portlovchi moslamalari» qayta ishga tushirilishi mumkin.

Aftidan, Amerika Abdulhamid Dabibani o‘ziga moyil qilgan ko‘rinadi, ayniqsa, Dabiba Misrga bordi va Sisiy bilan so‘zlashuvlar o‘tkazib, misrliklarning Liviyada katta loyihalarni amalga oshirishlariga imkon beruvchi iqtisodiy protokol va shartnomalar imzoladi. Turkiyaga ham bordi va turklarning 2011 yildan oldin amalga oshirishgan ishlarini ular bilan muhokama qildi va turk kompaniyalari Liviya maydoniga qayta boshladi.

Abdulhamid Dabibaning mintaqaviy va xalqaro jihatdan qo‘llab-quvvatlangan holda, mana shunday izchil faoliyatlaridan ko‘rinib turibdiki, agar saylovlar o‘tkaziladigan bo‘lsa, uning g‘olib chiqishi ehtimoli kattadir.

Bularning barchasi ochiq ko‘rinib turgan narsalardir. Biroq, eng xatarli narsa aholining banklardan sudxo‘rlik kreditlarini olishlari uchun keng yo‘l ochib berish ishlari boshlab yuborilganidir… Zero, bu narsa mamlakatda xususiy sanoat va loyihalarni rivojlantirish, degan bahona bilan amalga oshiriladi. Bu bilan odamlar Alloh va Rosuliga qarshi urushga kirgan bo‘ladilar. Vaholanki, Alloh Subhanahu va Taolo bunday demoqda:

الَّذِينَ يَأْكُلُونَ الرِّبَا لاَ يَقُومُونَ إِلاَّ كَمَا يَقُومُ الَّذِي يَتَخَبَّطُهُ الشَّيْطَانُ مِنَ الْمَسِّ

«Sudxo‘rlik qilayotgan kimsalar (qiyomat kunida qabrlaridan) turmaydilar, magar jin chalgan majnun kabi turadilar» [Baqara 275]

Demak, sudxo‘rlik gunohi azim ishlaridan biridir.

Xulosa qiladigan bo‘lsak, boshqa musulmon yurtlari muammolari echimi kabi, Liviya muammolari uchun faqat bitta echim bor. U ham bo‘lsa, bu yurtni kofir mustamlakachi G‘arb changalidan sug‘urib olib, uni Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlati soyasida Alloh Azza va Jallaning hukmiga itoat qilishini ta’minlashdir. Ushbu davlat insonlar ishlarini Alloh Taboraka va Taoloning roziligiga erishish maqsadida boshqaradi, mustamlakachi kofir G‘arb manfaatlarini ro‘yobga chiqarishga jalb qilish maqsadida emas.

Alloh Taolodan bizga ushbu haq davlatni tezlashtirishini so‘rab qolamiz.

Roya gazetasining 2021 yil 20 oktyabr chorshanba kungi 361-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.