Islomiy hayotni qayta boshlashning shar’iy tariqati 7-qism

311
0
Islomiy hayotni qayta boshlashning shar’iy tariqati 7-qism

3 –  Ummat manfa’atlarini tabanniy qilish:

Siyosiy hizb tomonidan “Ummat manfa’atlarini tabanniy qilish” – degani, o‘sha hizbning Ummat manfa’atlarini ro‘yobga chiqaradigan shar’iy ahkomlarni bayon qilib berishini anglatadi. Ushbu manfa’atlarning eng boshida Islomni hayotning barcha ishlarida komil va shomil suratda tatbiq etish turadi. Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – o‘ziga nozil bo‘lgan vahiy bilan xuddi mana shu ishni qilganlar. Shuning uchun ham u zot davlat qurilishidan oldin mushriklarga mana bu oyatlarni tilovat qilar edi;

قُلْ تَعَالَوْا أَتْلُ مَا حَرَّمَ رَبُّكُمْ عَلَيْكُمْ ۖ أَلَّا تُشْرِكُوا بِهِ شَيْئًا ۖ وَبِالْوَالِدَيْنِ إِحْسَانًا ۖ وَلَا تَقْتُلُوا أَوْلَادَكُم مِّنْ إِمْلَاقٍ ۖ نَّحْنُ نَرْزُقُكُمْ وَإِيَّاهُمْ ۖ وَلَا تَقْرَبُوا الْفَوَاحِشَ مَا ظَهَرَ مِنْهَا وَمَا بَطَنَ ۖ وَلَا تَقْتُلُوا النَّفْسَ الَّتِي حَرَّمَ اللَّهُ إِلَّا بِالْحَقِّ ۚ ذَٰلِكُمْ وَصَّاكُم بِهِ لَعَلَّكُمْ تَعْقِلُونَ() وَلَا تَقْرَبُوا مَالَ الْيَتِيمِ إِلَّا بِالَّتِي هِيَ أَحْسَنُ حَتَّىٰ يَبْلُغَ أَشُدَّهُ ۖ وَأَوْفُوا الْكَيْلَ وَالْمِيزَانَ بِالْقِسْطِ ۖ لَا نُكَلِّفُ نَفْسًا إِلَّا وُسْعَهَا ۖ وَإِذَا قُلْتُمْ فَاعْدِلُوا وَلَوْ كَانَ ذَا قُرْبَىٰ ۖ وَبِعَهْدِ اللَّهِ أَوْفُوا ۚ ذَٰلِكُمْ وَصَّاكُم بِهِ لَعَلَّكُمْ تَذَكَّرُونَ

“Ayting, ey habibim! Kelinglar, men sizlarga Robbingiz sizlarga harom qilgan narsani o‘qib beraman. U sizlarni O‘ziga biror narsani sherik qilmasligingizga va ota-onalarga yaxshilik qilishga, kambag‘al bo‘lishdan qo‘rqib, o‘z farzandlaringizni o‘ldirmasligingizga buyuradi. Sizlarni ham, ularni ham Biz rizqlantiramiz. Zohiriyu-mahfiy fahsh-buzuq ishlarga yaqinlashmasligingizga, Alloh Taolo o‘ldirishni harom qilgan jonni nohaq o‘ldirmasligingizga buyuradi. Mana shularni sizlarga Alloh tao’ol vasiyat qiladi. Shoyat sizlar aqlingizni yuritsangizlar. Etim to balog‘atga etgunicha uning moliga faqat eng chiroyli suratdagina yaqinlashinglar. O‘lchov va mezonni adolat bilan to‘ldiringlar. Biz hech bir jonga toqatidan ortiq yukni yuklamaymiz. Agar gapirsangiz, garchi qarindoshlaringiz ziyoniga bo‘lsa ham, adolat qilinglar. Allohning ahdiga vafo qilinglar. Alloh Taolo sizlarga mana shularni vasiyat qiladi. Shoyat sizlar zikr qilsanglar”. [6:151-152].

وَإِذَا الْمَوْءُودَةُ سُئِلَتْ () بِأيّ ذَنْبٍ قُتلَتْ

“Va agar tiriklay ko‘milgan qizcha qaysi gunohi uchun o‘ldirilganligi xaqida so‘ralsa…”. [81:8-9].

Rasululloh – sallollohu alayh va sallam – mushriklarga mana shunga o‘xshagan – insonlarning manfa’atlarini rioya qilishni o‘z ichiga oladigan – oyatlarni tilovat qilar va hadislarni aytardilar.

HIZB a’zolari tarafidan Ummat manfa’atlarini boshqarish siyosiy amallar bilan bo‘ladi: ularda hayot ishlarini muolaja qiladigan shar’iy ahkomlarni bayon qilishadi, shu ahkomlarni lozim tutishlariga, ularni tadbiq qiladigan davlatni barpo qilishlari uchun xarakat qilishlariga rag‘batlantirishadi. Ummat manfa’atlarini qabul qilib, ularni boshqarish amalda emas, siyosiy boshqaruv bo‘ladi, chunki Ummat hayotidagi ishlarini amaliy boshqarish Islomda hizblarga, shaxslarga emas, balki davlat uchundir. Lekin HIZB va a’zolarining, ishlarni boshqarishga bo‘lgan qudratlariga e’tiborni qaratish maqsadida, ishlarni boshqarish kayfiyatini bayon qilish uchun, Ummatni etakchiligini qo‘lga olishga yordam beradigan, shariat ijozat bergan ishlardan ba’zilari yordamida amaliy boshqarishlari ham hizb yigitlariga joiz, hatto jalb qilinadilar.

4 – kofirlarning rejalarini fosh qilish:

Da’vat bilan ochiqchasiga chiqilgandan keyin Qur’on oyatlari Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – ga mushriklarning da’vatga, Rasulullohga va u zotning sahobalariga qarshi hufyona til biriktirishlarini fosh etib nozil bo‘la boshlaydi. Jumladan, Alloh Taolo mana bunday deb marhamat qiladi;

وَقَدْ مَكَرُوا مَكْرَهُمْ وَعِندَ اللَّهِ مَكْرُهُمْ وَإِن كَانَ مَكْرُهُمْ لِتَزُولَ مِنْهُ الْجِبَالُ

“Darhaqiqat ular o‘z makrlarini qildilar. Ularning makrlaridan tog‘lar zavol bo‘lishi maqsad qilinsa-da, makrlari Allohning xuzuridadir”. [14:46].

Alloh Taolo ularning qanday harom tijorat qilishlarini fosh etib aytadi;

وَيْلٌ لِلْمُطَفِّفِينَ (1) الَّذِينَ إِذَا اكْتَالُوا عَلَى النَّاسِ يَسْتَوْفُونَ (2) وَإِذَا كَالُوهُمْ أَوْ وَزَنُوهُمْ يُخْسِرُونَ

“Tarozidan urib qoluvchilarga vayl bo‘lsin-do‘zax ichidagi do‘zax bo‘lsinki, agar ular odamlardan o‘lchab-tortib olsalar, to‘liq qilib tortib oladilar. Agar odamlarga o‘lchab yoki tortib bersalar, torozidan urib qoladilar”. [83:1-3].

Alloh Taolo mushriklarning musulmonlarga nisbatan tutgan jirkanch yo‘llarini kashf etib, aytadi;

إِنَّ الَّذِينَ أَجْرَمُوا كَانُوا مِنَ الَّذِينَ آمَنُوا يَضْحَكُونَ (29) وَإِذَا مَرُّوا بِهِمْ يَتَغَامَزُونَ (30) وَإِذَا انقَلَبُوا إِلَىٰ أَهْلِهِمُ انقَلَبُوا فَكِهِينَ

“Gunohkor bo‘lgan kishilar iymon keltirgan kishilar ustidan kuladilar, agar ular oldilaridan o‘tsalar, bir-birlariga imo-ishora qiladilar. Agar o‘z ahllariga qaytsalar, xursand va shod bo‘lib qaytadilar”. [83:29-31].

Da’vat yukini ko‘taruvchilar musulmonlarga qarshi uyushtirilayotgan fitnalarga qarshi turishlari, Islom fikrlarini buzib ko‘rsatishga qarshi kurashishlari lozim. Buning uchun esa, ulardan xalqaro siyosat, xalqaro vaziyat hamda xalqaro maydonga tashlangan fikrlardan ongli ravishda xabardor bo‘lishlari talab etiladi. Chunki bu da’vatchilar – yaqin kunlarda – Islomni butun insoniyatga olib chiqadigan Islom davlatini tiklash orqali Islom hayotini qayta boshlash uchun Ummat etakchiligini o‘z elkasiga olgan HIZBning AʹZOLARIdir.  Shuning uchun ushbu etakchi mana bunday buyuk mas’uliyat darajasida bo‘lmasa, qarshi tarafdagilar uni maydalab tashlaydilar va uning uyg‘onish yo‘lidagi xarakatini falaj bir ahvolga keltiradilar. Hijratdan oldin Rum va Fors orasida bo‘layotgan janglar natijasi ustidagi Abu Bakr siddiq bilan Quraysh orasidagi  garov qissasi va Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – ning ham ushbu garovga iqror bo‘lishlari xalqaro siyosat va  xalqaro vaziyatni da’vatchilar taomonidan kuzatilib borilishining zarurligiga yaqqol dalildir. Bu xaqda Alloh Taolo ham mana bunday degan;

الم (1) غُلِبَتِ الرُّومُ (2) فِي أَدْنَى الْأَرْضِ وَهُم مِّن بَعْدِ غَلَبِهِمْ سَيَغْلِبُونَ (3) فِي بِضْعِ سِنِينَ ۗ لِلَّهِ الْأَمْرُ مِن قَبْلُ وَمِن بَعْدُ ۚ وَيَوْمَئِذٍ يَفْرَحُ الْمُؤْمِنُونَ (4) بِنَصْرِ اللَّهِ ۚ يَنصُرُ مَن يَشَاءُ ۖ وَهُوَ الْعَزِيزُ الرَّحِيمُ (5)

“Alif, lom, mim. Erning eng quyi joyida Rum mag‘lub bo‘ldi va ular o‘z mag‘lubiyatlaridan bir necha yil keyin yana g‘olib bo‘ladilar. Ish oldindan ham, keyin ham Alloh uchundir. Va ana o‘sha kuni Allohning nusrati bilan mo‘’minlar xursand bo‘ladilar. U xohlagan bandasiga o‘zi nusratni berur. U aziz, rahimdil zotdir”. [30:1-5].

Mazkur oyati karimalar mana shu e’tiborni tasdiqlarkan, bu bilan xalqaro vaziyatning kelajakda bo‘ladigan suratini chizib berdi. Unga ko‘ra, musulmonlar Islom davlati olamdagi birinchi davlat bo‘lishi uchun Fors va Rum ustidan Alllohning nusrati bilan g‘olib bo‘ladilar.

Bugungi kundagi musulmonlarning qo‘llarida – agar ular nusrat shartlariga rioya qilgan bo‘lsalar – Islom kelajagi uchun aniq reja va Alloh Taolo tomonidan nusratga bo‘lgan va’dalar bor. Ushbu va’dalarning ayrimlari qat’iydir. Masalan, Alloh Taolo aytadi;

وَعَدَ اللَّهُ الَّذِينَ آمَنُوا مِنكُمْ وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ لَيَسْتَخْلِفَنَّهُمْ فِي الْأَرْضِ كَمَا اسْتَخْلَفَ الَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ وَلَيُمَكِّنَنَّ لَهُمْ دِينَهُمُ الَّذِي ارْتَضَىٰ لَهُمْ وَلَيُبَدِّلَنَّهُم مِّن بَعْدِ خَوْفِهِمْ أَمْنًا

“Alloh Taolo sizlardan iymon keltirgan va solih amallar qilgan kishilarni albatta ulardan oldingilarni xalifa qilganidek ularni ham er yuziga xalifa qilajagiga va ularga O‘zi rozi bo‘lgan dinlari uchun imkon yaratib berajagiga hamda ularni xavfu-xatarlaridan keyin tinchlik xotirjamlikka almashtirajagiga va’da berdi”. [24-55].

هُوَ الَّذِي أَرْسَلَ رَسُولَهُ بِالْهُدَىٰ وَدِينِ الْحَقِّ لِيُظْهِرَهُ عَلَى الدِّينِ كُلِّهِ

“U o‘z rasulini  hidoyat bilan, butkul dinlar ustidan g‘olib qilishi uchun haq din bilan yuborgan zotdir”. [9-33].

Islom dini nasroniy, majusiy va yahudiy dinlari ustidan g‘olib bo‘lganidek, albatta, u kapitalizm, sotsializm va bundan boshqalar ustidan ham g‘olib bo‘ladi.

Allohning musulmonlarga bergan va’dalarining ayrimlari esa, zonniydir. Masalan, Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – marhamat qiladilar;

تكونُ النُّبُوَّةُ فيكم ما شاء اللهُ أن تكونَ، ثم يَرْفَعُها اللهُ – تعالى -، ثم تكونُ خلافةٌ على مِنهاجِ النُّبُوَّةِ ما شاء اللهُ أن تكونَ، ثم يَرْفَعُها اللهُ – تعالى -، ثم تكونُ مُلْكًا عاضًّا، فتكونُ ما شاء اللهُ أن تكونَ، ثم يَرْفَعُها اللهُ – تعالى -، ثم تكونُ مُلْكًا جَبْرِيَّةً فيكونُ ما شاء اللهُ أن يكونَ، ثم يَرْفَعُها اللهُ – تعالى -، ثم تكونُ خلافةً على مِنهاجِ نُبُوَّةٍ

“Nubuvvat sizlarning orangizda Alloh Taolo bo‘lishini xohlagnicha bo‘ladi. So‘ngra agar uni ko‘tarishni xohlasa, uni ko‘taradi. So‘ngra payg‘ambarlik minhoji asosidagi xalifalik bo‘ladi. U ham Alloh xohlaganicha bo‘ladi. So‘ngra uni ko‘tarishni xohlasa, Alloh uni ham ko‘taradi. So‘ngra qopog‘on podshohlik bo‘ladi. Bu podshohlik  ham Alloh xohlaganicha davom etadi. Alloh uni ko‘tarishni xohlasa, uni ham ko‘taradi.  So‘ng jabr zulm qiladigan podshohlik bo‘ladi. U ham Alloh xohlagicha bo‘ladi. So‘ngra ko‘tarishni xohlasa, Alloh uni ham ko‘taradi. So‘ngra esa, yana xalifalik minhoji asosidagi xalifalik bo‘ladi”. Imomi Ahmad rivoyat qilgan.

Musulmonlarga berilgan va’dalardan yana biri Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – ning Konstantinopolьdan keyin Rum shahrining fathi va musulmonlarga qarshi yahud va nasroniylarning hujumidir. Alloh va Rasuli tomonidan berilgan bu va’dalar kurashni to‘xtovsiz davom ettirishdagi azmu-qarorni yanada kuchaytiradi hamda Islom davlatini qurish yo‘lida da’vat yukini ko‘tarishda bardavom bo‘lish uchun ximmatlarni yanada charxlaydi.

Tafo’ul  tariqati: fikriy kurash va siyosiy jang.

Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam -tafo’ul-Ummatga ta’sir o‘tkazish bosqichida “jamoiy saqofat”, “manfa’atlarni tabanniy qilish”, “rejalarni fosh qilish” kabi amallarni bajarish uchun muayyan tariqatni yo‘l tutdilar. Ushbu tariqat fikriy kurash va siyosiy jangda o‘z aksini topadi.

Fikriy kurash  – chalg‘itilgan fikrlarni keskin tanqid qilish va ularga nisbatan ayovsiz hujum e’lon qilishdir. Ushbu chalg‘itilgan fikrlar asosiga qurilgan tushuncha va aloqalarga hujum qilish so‘ngra egri yo‘lning qarishisida to‘g‘ri yo‘lning rejasini chizib berishdir. Shuning uchun quruq hujumning o‘zi kifoya qilmaydi. Balki o‘sha chalg‘itilgan fikrlarning xato ekanligini va ularni Islomga zid bo‘lganligi uchun buzuq fikrlar ekanligini bayon qilib berish so‘ngra insonlarning aloqalarini va ularning hayotlarini tartibga solish uchun o‘sha buzuq fikrlar o‘rnini egallaydigan Islom fikrlarini va uning ahkomlarini bayon qilib berish lozim. Ushbu fikriy kurash aqoid fikrlari kabi aqoiddan kelib chiqqan va uning ustiga quriladigan fikrlarni ham o‘z ichiga oladi.

Fikriy kurash jamoiy saqofatda, manfa’atlarni tabanniy qilishda va rejalarni fosh etishda ko‘zga yaqqol tashlanadi. Buning sababi shundaki, ushbu uchta amalning jamiyatdagi aloqalarni tartiblaydigan fikr va ahkomlarga aloqasi bor-da, chunki, jamiyat qay bir yurtda bo‘lmasin, u shaxslar orasidagi doimiy aloqalardan iboratdir. Jamiyatni o‘zgartirish esa, o‘sha jamiyatdagi shaxslarning orasidagi aloqalarni tartiblaydigan fikrlarni fikriy kurash orqali o‘zgartirish bilan yuzaga keladi.

Alloh Taolo aytadi;

 مَا اتَّخَذَ اللَّهُ مِنْ وَلَدٍ وَمَا كَانَ مَعَهُ مِنْ إِلَهٍ إِذًا لَذَهَبَ كُلُّ إِلَهٍ بِمَا خَلَقَ وَلَعَلا بَعْضُهُمْ عَلَى بَعْضٍ سُبْحَانَ اللَّهِ عَمَّا يَصِفُونَ

“Alloh hech qanday farzandli bo‘lmagan va U bilan birga hech qanday iloh yo‘qdir. Shundoq bo‘lganda, albatta har bir iloh o‘zi yaratgan tomondan bo‘lar, ayrimlari ayrimlari ustidan oliy bo‘lar edi. Alloh ular sifatlayotgan narsadan pokdir”. [23:91].

U yana aytadi;

وَلَا تَقْتُلُوا أَوْلَادَكُمْ خَشْيَةَ إِمْلَاقٍ ۖ نَّحْنُ نَرْزُقُهُمْ وَإِيَّاكُمْ

“Farzandlaringizni faqirlikdan qo‘rqib o‘ldirmangiz. Ularni ham, sizlarni ham Biz rizqlantiramiz”. [17:31].

Alloh Taolo yana aytadi;

لِّسَانُ الَّذِي يُلْحِدُونَ إِلَيْهِ أَعْجَمِيٌّ وَهَٰذَا لِسَانٌ عَرَبِيٌّ مُّبِينٌ

“(ular) risolatni (“unga faqat bashar ta’lim bermoqda”degan da’volari bilan) inkor  qilayotgan kishining tili ajamiy(arabmas)dir. Ushbu Qur’on esa, ochiq arab tilidadir”. [16:103].

Demak, fikriy kurash mana bu uch oyatda quyidagi shaklda;  jamoiy saqofatda “aqiydalari”ga hujum qilinganligida, manfa’atlarni tabanniy qilishda “faqirlik sabab farzandlarini qatl etishlari”ga hujum qilinganida, kofirlarning rejalarini fosh etishda esa, “Qur’on Allohning kalomi emas, qandaydir bir kishini so‘zlaridir”, degan gumonlariga qarshi hujum qilinganida namoyon bo‘lmoqda.

O‘zgartirish uchun mabdaiy asosda xarakat qiladigan hizb o‘zining faoliyatida fikriy kurashsiz muvaffaqiyat qozona olmaydi. Negaki, undan jamiyatning fikri va hissiga hukmron bo‘lishi, tarbiyalashi talab qilingan bo‘lib, toki, ra’iyatga Islomni tadbiq etadigan va Islomni butun olamga olib chiqadigan xalifalik davlatini qurishga tayyorlash uchun jamiyatni hizb qabul qilgan fiklari orqali Islom shakliga, islomiy qiyofaga kiritishdir.

Mana shundan ma’lumki, tafo’ul bosqichida hizb fikriy kurash bilan Ummat qarshisida o‘zi tabanniy qilgan tushunchalar, miqyoslar va qanoatlar majmuasini ko‘rsatishga hamda Ummatni ham mana shu majmuani qabul qilish darajasiga etkazishga so‘ngra esa Ummat orqali xalifalikni barpo etish uchun hukmni qo‘lga olishga xarakat qilishi lozim bo‘ladi. Chunki, kurash fikriy bo‘lganligi uchun u quruq fikriy kurashgina emas, balki miqyoslar, tushunchalar va qanoatlar kurashidir. Shuning uchun bu kurash umumiy aloqalarni ham, umumiy manfa’atlarni ham o‘z ichiga oladi. Chunki, bu kurash Ummatni parchalashni emas, vujudi ulardan tashkil topgan tushunchalarni, miqyoslarni va qanoatlarni parchalash orqali Umatning buzuq vujudini parchalashni ko‘zlaydi. Maqsad, Ummat aqidasi bo‘lgan Islom aqidasidan kelib chiqqan tushunchalar, miqyoslar va qanoatlardan tashkil topgan solih vujudni bino qilishdir.

(«Islomiy hayotni qayta boshlashning shar’iy tariqati» kitobidan). (davomi bor).

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.