Aqsoni yahudiylar iflosligidan tozalaydigan Salohiddinlar qani?!

94
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Aqsoni yahudiylar iflosligidan tozalaydigan Salohiddinlar qani?!

2021 yil 9 oktyabr shanba kuni Hizb ut-Tahrir – muborak Falastin zamini Ramalloh, Xalil va Tulkarm shaharlarida uchta ommaviy namoyish o‘tkazdi. Hizb namoyishda yahudiylarning muborak Aqso masjidi maydonlarida ibodat qilishlariga ruxsat berish ko‘zda tutilgan yahudiy vujudi qaroriga javob sifatida islomiy armiyalarimizni harakatga kelishga chaqirdi.

Hizb matbuot bo‘limining bir necha a’zo va kadrlari namoyishlarda quyidagi mazmunda nutq so‘zladilar:

«Bosqinchi yahudiylar Aqso masjidiga nisbatan bunday qilmishlarni Islom va musulmonlarni vahshiylarcha yomon ko‘rganidan kelib chiqib hamda Tavrotdagi ibodatlarini shu masjidda ado etish uchun qasddan sodir etishyapti. Shu orqali o‘zlari sig‘inadigan haykallarini muborak Aqsoning barcha eriga o‘rnatib olishmoqchi.

Yahudiylar sudining bu qarori Quddusi Sharifning jirkanch salibchilardan ozod etilishi xotiralari nishonlanayotgan bir vaqtda chiqarildi. Bu esa, Islom Ummatiga qarshi ochiq dushmanlikdir. Agar anavi xoinlar xiyonat qilishmaganda va jinoyatchi hukmdorlar til biriktirishmaganda, yahudiylar bunday qarorni chiqarishga va musulmonlarning birinchi qiblasini oyoq osti qilishga jur’at qilisholmasdi.

Bugungi kunda yahudiylarning bu urinishlari xuddi salibchilarning 1099 yildagi qilmishlariga o‘xshaydi. O‘shanda salibchilar ushbu Qubbai sahroga oltin xoch o‘rnatib, Aqsoni cherkovga aylantirishgandi… Qabaliy va Aqso masjidida hamda boshqa masjidlar binolarida buzg‘unchilik qilib, ba’zilarini otxonaga aylantirishgandi.

Aqso masjidi muzokara qilinadigan tovar ham, bo‘lishiladigan er ham, rasmiy vasiylik uchun kurashiladigan joy ham emas. Yo‘q! Aqso masjidi anbiyolar namozgohi va Payg‘ambarimiz ﷺning Me’roj maskanidir. Biz Islom Ummati va qo‘shinlariga murojaat qilib, yahudiylarning Aqsoni o‘zlari uchun ibodatxona qilib olishlariga yo‘l qo‘ymaslikka chaqiramiz.

Falastin va Aqso masjidi Islom Ummati va armiyalariga kishanlardan ozod bo‘ling, xuddi kul ostidagi cho‘g‘ misoli alanga olib, tog‘utlar oyog‘i ostidagi erni larzaga keltiring, tulporlarga mardlik egarlarini egarlab, Aqsoni o‘z pokligiga qaytaring, Shom diyori va barcha islomiy yurtlarning tortib olingan ulug‘ligini qaytaradigan xolis ongli etakchilik ostida harakatga keling, deya hayqirmoqda. Chunki Falastin masalasi Ozodlik Tashkilotining emas, har bir musulmonning masalasidir. Zotan, bu tashkilot Falastin masalasiga qilingan til biriktiruvlarda ishtirok etib, bu masalani yo‘q qilish, islomiy ko‘lamidan uzish va milliy masalaga aylantirishda asosiy rollardan birini o‘ynab keldi va hamon shundayligicha qolmoqda.

Aqso masjidi muzokaralar, xalqaro qonunlar, Xavfsizlik Kengashi va BMT yordami bilan ham, shuningdek, Arab davlatlari Ligasi va Islom Hamkorlik tashkiloti «himoya»si bilan ham ozod etilmaydi. Chunki bularning barchasi fitna va xiyonat inlaridir. Balki Aqsoni xuddi Salohiddin Allohu Akbar hayqiriqlari samoga etgan son-sanoqsiz qo‘shinlar yordamida ozod qilganidek, dushman qalbiga qo‘rquv soladigan qurollar va qoyalardek mustahkam er kishilari bilan birga harakatga kelgan bugungi kundagi armiyalar ozod etadi. Musulmon armiyalarni Falastin va Aqso masjidi oldidagi o‘z burchlarini ado etishdan to‘sayotganlar bugungi mavjud malay rejimlardir. Shu sababdan Ummat va uning armiyalari bunday malay rejimlarni ag‘darib tashlamog‘i darkor. Shuningdek, yahudiy vujudini himoya qilayotgan, u bilan munosabatlarni normallashtirayotgan rejim taxtlarini xolis kishilarning oyoqlari bilan yanchib vayron qilishlari, so‘ng butun kuch-qudratini jamlab, ozodlik sari barcha qo‘shinlarini safarbar qilishlari lozim.

«Falastin ozod bo‘lish arafasida. Biz musulmonlarni zudlik bilan Aqsoga nusrat-yordam berishga da’vat qilamiz, toki, oralaridan Aqsoni tozalovchi Salohiddinlar chiqib, shu bilan dinimizni barpo etish va muborak zaminimizni ozod qilish sharafiga erishsinlar».

Xalilda o‘tkazilgan namoyishda shahar muftiysi shayx Mohir Musavvada va shahar oqsoqollar kengashi vakili va raisi hoji Abdulvahhob G‘ayslar ham nutq so‘zladilar.

Shayx Mohir Quddusning ne chog‘li muhimligi, Aqsoni himoya qilish shartligi hamda bu muborak masjidning butun musulmonlarning mulki ekanligi haqida gapirdi. Shuningdek, Aqsoga yordam berish sa’y-harakatlarini olqishlab, musulmon qo‘shinlarni uni ozod etishga da’vat qildi.

Hoji Abdulvahhob o‘z nutqida Falastin masalasini o‘zining islomiy muhitiga qaytarishga chaqirdi hamda Falastin ma’muriyatidan bosqinchilar bilan imzolagan barcha shartnomalarni bekor qilishni, xavfsizlik kelishuvlarini to‘xtatishni talab qildi.

Roya gazetasining 2021 yil 13 oktyabr chorshanba kungi 360-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.