O‘zganda diniy muammolar muhokama qilindi

315
0

O‘zganda diniy muammolar muhokama qilindi

 Xabar: Ombudsman institutining “Huquq karvoni” loyihasi doirasida O‘zgan shahrida uyushtirilgan yig‘ilishda diniy muammolar ko‘tarildi.

 Ombudsman matbuot xizmatining xabar qilishicha, aholi diniy qarashlar tufayli rayonda qora niqob taqib yurgan xotin-qizlar ko‘payib borayotganidan xavotir bildirishgan. Shuningdek, ular domlalar oila qurgan yoshlardan FHDYo (ZAGS) hujjatini so‘ramay o‘zboshimchalik bilan nikohlab qo‘yayotganini aytib, bunga qonuniy chek qo‘yishni so‘rashgan. Ayrim ota-onalar qizlarning maktabga ro‘mol o‘rab borishiga ruxsat berilmaganidan shikoyat qilishgan.

 O‘zgan rayoni hokimligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ombudsman o‘rinbosari Alьbert Kolopov va huquq hisoyachilari ishtirok etishdi. Ombudsman instituti mutaxassislari “Huquq karvoni” loyihasi doirasida hududlardagi odamlar bilan uchrashib, muassasa va korxonalardagi vaziyat bilan yaqindan tanishishmoqda.

 Izoh: Qirg‘izistonda har bir saylov arafasida odamlarni real muammolardan chalg‘itish uchun Islom va musulmonlar, jamiyatni islomiylashib borish muammosini ko‘tarish odatiy holga aylanib bormoqda. Rasmiy hukumat bergan va’dalarini bajara olmayotganiga xuddi musulmonlar aybdordek qilib ko‘rsatiladi. Ammo shu bilan bir vaqtda jamiyatda besoqolbozlar, lesbiyankalar, o‘z jinsini o‘zgartiayotganlar, aka singlisini, amaki jiyanini zo‘rlab kelgani, iqtisodiy qiyinchiliklar sababli o‘z joniga qasd qilish holatlari oshib borayotganiga e’tibor qaratilmaydi. Ombudsman institutini o‘quvchi qizlar orasida homilador bo‘lib qolish holatlari yildan-yilga ko‘payib borayotgani, begunoh fuqarolar yillab davomida sud va tergovsiz hibsxonalarda saqlab kelinayotgani qiziqtirmaydi. Qanchadan-qancha odamlar g‘ayriinsoniy qiynoqlar ortidan o‘ziga qo‘yilgan ayblovni bo‘yniga olgani, yana qanchalari quruq tuhmat bilan jazo muddatini o‘tayotgani ularni qiziqtirmaydi.

 Ularni qiziqtirgan va ularni tashvishiga sabab bo‘ladigan yagona holat – jamiyatni islomiylabi borayotgani, musulmonlar kundan-kunga o‘z dinlari to‘liqroq va sof holatda qabul qilayotganlari, shariat talabi doriasida halol-haromni farqlab, Islom dini talablarini mukammal bajarishga intilayotganlari, ayollarning o‘z nomuslarini saqlab, shariat talabi doirasida kiyinishlari ularda xavotir uyg‘otadi. Chunki, jamiyatni islomiylashib borishi ularning buzuq tuzumlari uchun haqiqiy tahdid bo‘lib, musulmonlar o‘z dinlarini chuqurroq anglab borganlari sari hozirgi botil tuzumga nisbatan nafrat va ishonchsizliklari ortib boraveradi. Rasmiy hukumat esa o‘z umrini uzaytirish ilinjida har bir holat va imkoniyatda foydalanib imkon qadar Islom dinini xunuk shaklda tasvirlab, diniga amal qilayotgan musulmonlarni qaloq, terrorist va ekstremist qilib ko‘rsatishga intiladi. Ammo ularning bu makrlar o‘zlarining ziddilariga ishlaydi xolos, in sha Alloh.

Abdurahmon Odilov  

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.