Da’vatni ko‘tarib chiqqan ikki shayximizning vafoti haqida xabar

234
0

Da’vatni ko‘tarib chiqqan ikki shayximizning vafoti haqida xabar

مِنَ الْمُؤْمِنِينَ رِجَالٌ صَدَقُوا مَا عَاهَدُوا اللهَ عَلَيْهِ فَمِنْهُم مَنْ قَضَى نَحْبَهُ وَمِنْهُم مَنْ يَنتَظِرُ وَمَا بَدَّلُوا تَبْدِيلاً

«Mo‘minlar orasida Allohga bergan o‘z ahdu paymonlarida sodiq turgan kishilar bor, ulardan ayrimlari o‘z ahdiga vafo qildi, (ya’ni shahid bo‘ldi), ayrimlari esa intizordir. (Ular ahdu paymonlarini) o‘zgartirganlari yo‘q» [Ahzob 23]

Hizb ut-Tahrir – Iordaniya viloyati o‘zining eng aziz a’zolaridan bo‘lgan yozuvchi shayx Ahmad Rais Shishoniy (Abu Ahmad Shishoniy) va ustoz Muhammad Xattob Misod Umariy (Abu Iyod Umariy)larning vafot etganini xabar qiladi.

Bu ustozlarimiz Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalikni barpo etish orqali islomiy hayotni qayta boshlash uchun tog‘ut rejimga qarshi uzoq yillar jiddiy fikriy va siyosiy kurash olib borish bilan 2021 yil 5 iyul dushanba kuni Allohning rahmatiga qovushdilar.

Shayx Abu Ahmad Shishoniy bilan ustoz Abu Iyod Umariy rohimahullohlar islomiy hayotni qayta boshlash uchun Hizb ut-Tahrir safida faoliyat qilib, bu yo‘lda turli xil qiynoq va qamoq kabi og‘ir sinovlarni boshdan kechirdilar… To qazolari etib, Robbilari huzuriga rihlat qilgunlariga qadar haq ustida sobit turish, nusrat haqida xushxabar berish hamda ma’rufga buyurib, munkardan qaytarishda qat’iy turdilar.

Alloh Taolodan bu birodarlarimizni O‘zining keng rahmatiga burkashini, bepoyon jannatiga doxil aylab, bizdan hamda Islom va musulmonlardan ularni yaxshi mukofot ila taqdirlashini so‘rab qolamiz.

Beruvchi ham, oluvchi ham Alloh… Biz esa, Robbimiz rozi bo‘ladigan

إِنَّا للهِ وَإِنَّا إِلَيْهِ رَاجِعُونَ

«Albatta biz Allohning bandalarimiz va albatta O‘ziga qaytajakmiz»    [Baqara 156]

deyishdan boshqa narsa qo‘limizdan kelmaydi.

Hizb ut-Tahrirning Iordaniya viloyatidagi matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.