Ongli siyosiy doira qo‘zg‘olonning xavfsizlik klapanidir

205
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Ongli siyosiy doira qo‘zg‘olonning xavfsizlik klapanidir

Ustoz Abdu Dali qalamiga mansub

Siyosiy doiraning bo‘lishi har qanday xalq harakati uchun zarur. U qo‘zg‘olon harakati uchun xavfsizlik klapani, shuningdek, butun xalq bazasining qarshiligiga uchragan rejimga bosim qiluvchi qurollardan biridir.

Aniqki, Shomda shunday doira bo‘lmadi. Chunki Baas partiyasi hokimiyat tepasiga kelganda avvalo ishni o‘zining raqiblari sifatida siyosatchilarni yo‘q qilishdan boshlagan… Buni siyosatchilarni «Milliy Ozodlik fronti» nomi ostida quvg‘in qilish va faoliyatlarini cheklash orqali amalga oshirgan. Bu bir partiyalik boshqaruv ostidagi davlatda siyosiy doirani yo‘q qilish sari tashlangan birinchi qadam bo‘ldi.

Haqiqatdan, «Milliy Ozodlik fronti» harakati qo‘zg‘olon asnosida paydo bo‘ldi. Zero, Shom qo‘zg‘oloni oldindan muvofiqlashtirilmagan xalq koordinatsiyalari orqali amalga oshirildi. Siyosiy doira esa, yuqorida aytilgan sabablarga ko‘ra maydonda yo‘q edi, chunki haq bilan botil o‘rtasini qorishtirish jarayoni o‘nlab yil davom etgan edi.

Qo‘zg‘olonning avvalgi yillarida ko‘plab jamoalar, bloklar va partiyalar qo‘zg‘olonga etakchilik qilish maqsadida siyosiy doiraga aylanishga harakat qilishdi. Ammo harakat qiluvchilardan ko‘pchiligining xususiyati tashqi kuchlarga bog‘langanligi bo‘ldi. Bu xususiyat qo‘zg‘olon bosqichlari davomida yuz bergan ishlarda o‘z isbotini topdi. Oqibatda, ushbu siyosiy bloklar safida faoliyat qilayotgan ko‘plab insonlar bloklarda tobelik sifati mavjudligini his qilishgach, faoliyat qilishni to‘xtatishdi va ularga a’zo bo‘lganlar ko‘lami ozaydi.

Siyosiy doiraga nisbatan odamlar reaktsiyasi davrga qarab turlicha bo‘ldi. Qo‘zg‘olonning boshlanish davrida siyosiy doira atrofida jipslashganlar juda ko‘p bo‘ldi va bu tabiiy albatta. Chunki insonlar siyosiy vakillarga juda chanqoqdirlar. Ayniqsa, Shom eri xuddi yomg‘ir yog‘ishiga muhtoj bo‘lib turgan qurg‘oq tuproqqa o‘xshaydi. Ammo qo‘zg‘olon davrining o‘rtalariga kelib, xususan, odamlar siyosiy doiraning tobeligini sezib, kun tartibi nimadan iboratligini anglab etganlaridan keyin uning atrofida jipslashganlar kamayib ketdi.

Ha, chindan ham siyosiy bloklar va ularning doiralari obro‘si chilparchin bo‘ldi. Nega?! Buning boisi shundaki, bu doiralar odamlarning qornidan-aqidasidan tug‘ilmadi va o‘zida aqidani ifoda etmadi. Chunki ular biror kun ham tashqi kuchlarga aloqadorlikdan va ularga qaramlik qilishdan xoli bo‘lmadilar. Yana buning boisi, siyosiy doiralar qo‘lida hech qanday echim yo‘q edi, balki, odamlarga chet el elchixonalari rozi bo‘lgan va xorijda tayyorlangan echimlarni berishdi. Bu echimlar esa, zolim rejim hukmronligini saqlab qolishdan boshqa narsaga qaratilmagandi.

Siyosiy bloklar va ularning rejalari odamlar nazdida chilparchin bo‘ldi degani, odamlar qo‘zg‘olonni va uning talablarini tamsil etuvchilarni izlashni yomon ko‘rib qoldi, degani emas. Biroq, biron bir blokka qo‘zg‘olonni tamsil etish vakolatini berish ehtiyot bo‘linadigan ishga aylandi.

Shuning uchun, mabdaga asoslangan loyihasi bor siyosiy hizbga va ongli siyosiy doiraga qo‘shilmoq bugungi kunda har qachongidan ko‘proq vojib bo‘lib qoldi. Chunki omonlik qirg‘og‘iga faqat shu hizb va doira elta oladi.

Harakatning g‘oya sari to‘g‘ri chiziq bo‘ylab davom etishining yagona kafili siyosiy hizbdir hamda uning atrofidagi doira va u shakllantirgan ongli afkori ommadir. Mana shunday siyosiy hizbgina nima qilish kerakligini biladi, to‘qilayotgan fitnalarni ko‘radi, g‘oyaga qanday etib borishni, qanday reja va loyiha tuzish lozimligini anglaydi.

Mana shunday siyosiy doira atrofiga birlashmoqqa bugungi kunda Shom qo‘zg‘oloni juda-juda muhtoj bo‘lib turibdi. Faqat shu orqaligina qo‘zg‘olon boshlanishiga sabab bo‘lgan maqsad ro‘yobga chiqib, qo‘zg‘olon shiorlari amalga oshadi, dushmanlarning unga qarshi til biriktiruvlari barbod bo‘lib, qo‘zg‘olonga qarshi qo‘yishayotgan tuzoqlari fosh bo‘ladi.

Bugun qo‘zg‘olonga juda kerak bo‘lgan yagona narsa, qo‘zg‘olonning barcha tafsiloti va voqea-hodisalariga nisbatan Alloh Subhanahuning shariati ahkomlariga muvofiq munosabatda bo‘ladigan fikrli ongli siyosiy doiradir. Qo‘zg‘olonimiz shu doiraga ergashsagina Alloh Taolo bizga bu qonxo‘r rejimdan xalos bo‘lish, O‘zining rizosiga noil bo‘lish ne’matini ato etadi va bu Allohga aslo mushkul emas.

Roya gazetasining 2021 yil 16 iyun chorshanba kungi 343-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.