Da’vatni ko‘tarib chiqqan Umar Foruqning o‘ldirilishi shundan ogoh etmoqdaki, ilmoniy hukmdorlar Ummat va uning Islomini nishonga olishdan to‘xtashmaydi

254
0

Da’vatni ko‘tarib chiqqan Umar Foruqning o‘ldirilishi shundan ogoh etmoqdaki, ilmoniy hukmdorlar Ummat va uning Islomini nishonga olishdan to‘xtashmaydi

Biz yurtning baland tog‘li hududida joylashgan Bandarband musulmonlariga etakchilari Umar Foruq Taribura birodarimizning o‘ldirilgani uchun o‘zimizning otashin ta’ziyamizni izhor etamiz. 55 yoshli birodarimiz o‘z uyi oldida Islom dushmanlari tomonidan shahid etildi. Bizning Robbimiz rozi bo‘ladigan

إِنَّا للهِ وَإِنَّا إِلَيْهِ رَاجِعُونَ

«Albatta biz Allohning (bandalarimiz) va albatta biz Unga qaytguvchilarmiz» [Baqara 156]

deyishdan o‘zga choramiz yo‘q. Alloh Azza va Jallaga duo qilib, birodarimizni qabul qilishini va mahsharda anbiyolar, siddiqlar, shahidlar va solihlarga hamroh aylashini so‘raymiz. Ularga hamroh bo‘lmoq naqadar buyuk baxtdir. Alloh Subhanahu va Taolo birodarimizning shahidligini barchamizga jonimiz va molimizni O‘zining yo‘lida qurbon etishimiz uchun ibrat qilsin.

Umar Foruq birodarimiz 2014 yilda oilasi bilan birga nasroniy dinidan Islom diniga kirdi. Shu vaqt mobaynida boshqa 30dan ziyod oilaning ham musulmon oila bo‘lishiga xizmat qildi. Bandarband viloyatida musulmonlar uchun birinchi masjidni o‘zining shaxsiy molidan qurdi. Viloyatdagi Ruyochuri qishlog‘ida Islomni qabul qilganlarning birinchisi bo‘ldi. Qishloq ahlining hikoya qilishicha, u erdagi millatchi terrorist guruh Umar birodarimizga Islomga kuchli da’vat olib borayotgani sababli doim o‘ldirish bilan tahdid qilib kelgan… va nihoyat mana niyatlariga etishdi. Bugungi kunda viloyatda ozchilikni tashkil qiluvchi musulmonlar qo‘rquv va hadikda yashamoqdalar, chunki politsiya ularning xavfsizligini ta’minlamayapti.

Birodarimiz bilan bo‘lgan ushbu hodisa Bangladeshdagi barcha musulmonlar uchun, ayniqsa, jamiyatda ta’sirga ega shaxslar uchun ogohlantiruvchi signal bo‘lmog‘i lozim. Shoyadki, Islom va musulmonlar millatchi Bengal davlati rejimiga qarashli mana shunday millatchi jinoyatchi to‘dalar tomonidan qaqshatqich hujumlarga uchrayotgan bir davrda musulmonlarning asl vazifalari qanday ekanini tushunib etsalar.

Ha, bu birodarimiz asrimizdagi oddiy musulmonlardan biri emas edi. U o‘ziga Umar Foruq ismini ham bejiz qo‘ymadi… U ikkinchi roshid xalifa Umar ibn Xattob roziyallohu anhuga o‘xshash uchun qo‘ydi va haqiqatda haq bilan botilni ajratuvchi foruq Umarga aylandi. O‘ziga qilingan tahdidlardan mutlaqo qo‘rqmay, ahd-paymonida sodiq turib, Islomni ochiq mudofaa qildi, uning haqqida Alloh Azza va Jallaning

مِنَ الْمُؤْمِنِينَ رِجَالٌ صَدَقُوا مَا عَاهَدُوا اللَّهَ عَلَيْهِ فَمِنْهُمْ مَنْ قَضَى نَحْبَهُ وَمِنْهُمْ مَنْ يَنْتَظِرُ وَمَا بَدَّلُوا تَبْدِيلاً

«Mo‘minlar orasida Allohga bergan o‘z ahdu paymonlarida sodiq turgan kishilar bor. Ulardan ayrimlari o‘z ahdiga vafo qildi, (ya’ni shahid bo‘ldi). Ayrimlari esa intizordir. (Ular ahdu paymonlarini) o‘zgartirganlari yo‘q» [Ahzob 23]

degan kalomi juda mos keladi.

Ey musulmonlar!

Hizb ut-Tahrir sizga haqiqatni etkazishda aslo charchamaydi. Haqiqat shuki, mudom bu ilmoniy demokratik tuzum bor ekan, Islom va musulmonlar hargiz xavfsiz bo‘lmaydilar. Ilmoniylik Islomga batamom zid bo‘lgani uchun, ilmoniy rahbarlar Islom hukmronligini o‘z tuzumlariga real tahdid, deb bilishmoqda. Xususan mintaqaviy siyosiy nuqtai nazardan g‘oyat muhim bo‘lgan ushbu tog‘li viloyatlarda Islom keng tarqalayotgani uchun ham ular o‘zlari uchun uni tahdid deb hisoblashmoqda. Shu bois, bu ilmoniy Hasina hukumatining u erdagi terrorchi kofir guruhlarga qarshi biror kuchli chora ko‘rishi amri mahol. Bangladeshdagi musulmonlar oz sonda bo‘lgan ushbu uzoq mintaqalarni Hasina hukumati kofirlarga nishon va qurbon qilib qo‘yib berishi turgan gap. Bundan tashqari, shundoq ham hukumat Islomdan balqib chiqqan har qanday siyosiy fikrni – qanday yo‘nalishga mansub fikr bo‘lishidan qat’iy nazar – bostirmoqda. Buni hukumatga qarashli noming o‘chkur «xavfsizlik xizmati»ning yaqinda yosh musulmon bir faolni o‘g‘irlab ketishi hodisasi ham tasdiqlab turibdi. Faolning «ayb»i Xalifalik qayta barpo bo‘lish arafasida turgani, kofirlarning Islomga fitna to‘rlarini to‘qishayotgani to‘g‘risida ma’ruza qilgani bo‘ldi.

Shu sababdan biz Bangladeshdagi barcha musulmonlarni Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlatini barpo etish orqali shahid Umar Foruq birodarimizning yo‘lidan yurishga da’vat qilamiz. Shu bilangina musulmon ham, zimmiy ham G‘arbning kufr mafkurasidan omon qoladi. Zero, Xalifalik davlatigina to‘liq ularning xizmatida bo‘lib, hayotlarini himoya qiladi.

Ey Bengal qo‘shinlari safidagi xolis zobitlar!

Sodiq va shijoatli Umar Foruq yashashdan maqsad nima ekanini to‘g‘ri tushundi. Binobarin, Alloh Azza va Jalla bilan bo‘lgan ahdu paymoniga vafo qildi va juda zaif bir fuqaro bo‘lishiga qaramay, hayotini Isomni yoyishga qurbon qildi. Ammo siz qudratlisiz va hokimiyatning haqiqiy ochqichlari sizning qo‘lingizda. Shu jihatdan, Alloh Subhanahu va Taolo bilan bo‘lgan ahd-paymonga hammadan ko‘ra ko‘proq siz vafo qilmog‘ingiz va Islom, musulmonlarni mudofaasi uchun kuchli pozitsiyani egallamog‘ingiz lozim. Shuningdek, bugungi kundagi anavi ilmoniy hukmdorlarni ag‘darishingiz va Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalikni barpo etish uchun hokimiyatni Hizb ut-Tahrirga topshirishingiz darkor. Bu sizning burchingiz, bas, uni ado etishga e’tibor bering. Aks holda, bu dunyo va oxiratda o‘z qudratingiz o‘zingizga hasrat-nadomat bo‘ladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.