Mirziyoev va Rahmon Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi

365
0

Mirziyoev va Rahmon Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi

 O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 5 iyul kuni Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi.

 Davlat rahbarlari O‘zbekiston-Tojikiston munosabatlarining ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalarni ko‘rib chiqdilar hamda mintaqaviy hamkorlik yuzasidan fikr almashdilar.

 Suhbatda mintaqada Afg‘oniston yo‘nalishidagi ahvolning yomonlashishi va keskinlikning kuchayishi bilan bog‘liq vaziyatning rivojlanishiga alohida e’tibor qaratildi. Yaqin idoralararo muvofiqlashuvni davom ettirish muhim ekani ta’kidlandi.

 Shuningdek, prezidentlar bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlarni, shu jumladan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvini o‘tkazish rejasini ko‘rib chiqdilar.

 Izoh: Turli xil manbalarga ko‘ra, bugun Afg‘onistonda 10 milliondan 14 milliongacha tojiklar yashaydi. Bu 9 million aholiga ega bo‘lgan Tojikistonning o‘ziga qaraganda ham ko‘pdir. Ular asosan Afg‘onistonning Tojikiston bilan chegardosh hududlarida istiqomad qilishadi. Shuinngdek, hozirgi kunda Afg‘onistonda 2,7-3,5 million atrofida o‘zbeklar yashaydi. Ular asosan mamlakat shimolida, O‘zbekiston, Turkmaniston va Tojikiston bilan chegara hududlarda istiqomat qiladi.

 SSSR Afg‘onistonga bostirib kirgan vaqtda Afg‘onistonni sotsialistik davlat qilish harakatida “Afg‘oniston xalq demokratik partiyasi”ga a’zo bo‘lib kirgan, bosqinchi kuchlar harbiylari bilan hamkorlikda mujohidlarga qarshi jang qilgan Abdurrashid Do‘stum SSSR sharmandali mag‘lubiyatga uchrab afg‘on zaminidan chiqib ketganidan keyin ham mulhid hukumat bilan aloqalarini uzmadi. U SSSR va uning mustamlakasi ostidagi O‘rta Osiyo respublikalari va mujohidlar o‘rtasida “bufer hudud” xavfsizligini ta’minladi. SSSR undan Afg‘onistondagi o‘zbeklari liderini yasadi. SSSR qulaganidan so‘ng Rossiya bilan hamkorlikni davom ettirib keldi. Avval SSSR, keyinchalik Rossiya O‘zbekiston orqali Do‘stumni qurol-yaroq, harbiy texnika va harbiy instruktorlar bilan ta’minlab keldi. 2001-yil sentyabr xodisalaridan so‘ng Afg‘onistonga qo‘shin kiritgan AQSh boshchiligidagi koalitsiya bilan hamkorlikda mamlakatning asosiy qismini koalitsiyaga qaytarib olib berdi… 

 AQSh ham Afg‘onistonda mag‘lubiyatga uchrab chiqib ketar ekan o‘zining harbiy harakatlarini kuchaytirgan Tolibon harakati O‘zbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlari hududlarni ham o‘z nazoritga oldi. Ayrim xabarlarga ko‘ra, Abdurrashid Do‘stum Tolibon bilan bo‘lgan janglarda yaralanib, Afg‘onistonni tark etgan. Agar bu xabr rost bo‘ladigan bo‘lsa, “bufer hudud”ni nazorat qilib kelgan o‘zbeklar etakchisiz qolishgan bo‘ladi. Afg‘on o‘zbeklari ichida esa hozircha Do‘stumni o‘rnini bosadigan lider yo‘q. Bu holat O‘zbekistonga ham, Tojikistonga ham etnik o‘zbek va tojik qochiqinlar o‘tishi ehtimolini yanada kuchaytiradi.

 Garchi Tolibon harakati qo‘shni davlatlar xavfsizligi va ishlariga aralashmaslikni va’da qilishgan bo‘lsa, mahalliy rejimlar afg‘on tahdidini bahona qilib o‘z rejimlarini yanada mustahkamlashga harakat qilishadi. Imomali Rahmon ham tojik rejimi uchun uzoq yillardan beri muammo tug‘dirib kelayotgan Afg‘oniston bilan chegaradosh Tog‘li Badaxshon avtonom viloyatiga tojik-afg‘on chegarasini mustahkamlash uchun 20 ming nafar harbiy xizmatchini safarbar qilish topshirig‘ini berdi.

 Abdurahmon Odilov 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.