AQL FAQAT O‘Z O‘RNIDA IShLAShLIGI FARZ

324
0

AQL FAQAT O‘Z O‘RNIDA IShLAShLIGI FARZ

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ

Hukmga aloqador bahslarning eng muhimi, eng afzali va bayon qilinishi zarur bo‘lgani — bu hukm chiqarish huquqiga kim egaligini, ya’ni, kim hukm chiqaruvchi ekanini bilib olishdir. Chunki, hukm chiqaruvchining kimligi bilib olingach, hukm va uning turlari bilinadi. Bu erda hukm chiqaruvchidan murod o‘zining qo‘l ostidagilariga o‘z hukmini o‘tkazuvchi saltanat sohibi emas, balki, fe’llar va narsalarga hukm chiqarish huquqiga ega bo‘lgan zot kim ekanligidir. Chunki, borliqda his qilingan narsalar faqat insonning fe’llari yoki shu fe’llariga aloqador narsalar bo‘ladi halos. Inson shu koinotda yashovchi jonzot sifatidagi bahs mavzusi ekan, hamda hukm chiqarish ham inson uchun va unga aloqador ekan, demak, hukm insonning fe’llariga va unga aloqodor narsalarga chiqarilishi kerak. Chunki inson har bir narsaga yoki har bir ishga qanday munosabatda bo‘lishidan avval o‘sha voke’likni to‘g‘ri echib olishi, hamda to‘g‘ri yondoshishida ihtiyorli va ikki dunyo bahti ham, halokati ham shu tanlashda to‘g‘ri hulosa chiqarishiga bog‘liq. Aks holda u adashib, olish kerak narsani olmaydi, tashlash kerak bo‘lgan narsaga yaqinlashadi. Endi, bu narsalarga hukm chiqarishga yagona haqli zot kim? Allohmi, insonning o‘zimi? Boshqacha aytganda, shariatmi, aqlmi? Chunki, Allohning hukmini shariat bayon qilsa, insonni hukm chiqaruvchi qilgan narsa aqldir. Xullas, hukm chiqarguvchi kim? Shariatmi, aqlmi?

Ammo ushbu hukmning mavzusi, ya’ni fe’llar va narsalar ustidan hukm chiqariladigan narsa chiroyli (yaqinlashish) va hunuk (qochish)likdir. Chunki hukm chiqarishdan maqsad biror ish qarshisida insonning munosabatini aniqlashdan iborat; inson shu ishni qilsinmi yoki qilmasinmi? Yoki qilish, qilmaslikda ixtiyorlimi? Hamda insonning o‘z fe’llariga aloqador narsalar qarshisidagi munosabatini ham tayinlab berish lozim; u bu narsalarni oladimi yoki tark etadimi? Yoki olish, olmaslikda ixtiyorlimi? Insonning bunday munosabatini tayinlash uning narsaga chiroylimi, xunukmi yoki chiroyli ham, xunuk ham emasmi degan qarashiga bog‘liq. Shuning uchun, bu o‘rinda talab etilgan hukm chiroyli va xunuklikdir. Demak, “chiroyli” yoki “xunuk” deb hukm chiqarishda bu ikkisi(aql va shariat)dan tashqari uchinchisi yo‘q bo‘lganligi bois, bu aqlning ishimi yoki shariatnikimi? – shuni yaxshi echib olish asosiy masala bo‘lib qolmoqda. Buning javobi shuki, fe’llar va narsalarga hukm chiqarish uch jihatdan bo‘ladi:

Ularning voqe’si nima ekanligi tomonidan:
Ularni inson tabiatiga va fitriy mayllariga mos kelishi, mos kelmasligi tomonidan:
Shu ishni qilganiga maqtov, qilmaganiga mazammat, yoki maqtov ham, mazammat ham qilinmasligi, ya’ni shu ishga savob yoki jazo borligi yoki savob ham, jazo ham yo‘qligi tomonidan:
Bu — narsalarga hukm chiqarishning uch jihatidir; birinchisi, ularning voqe’si nimaligi. Ikkinchisi, ular inson tabiatiga mos kelishi yoki kelmasligi. Uchinchisi, savob va jazo yoki maqtov yo mazammat jihati.

Ammo, narsalarga hukm chiqarishda birinchi va ikkinchi jihatdan, ya’ni ularning voqe’si nima ekanligi va ular inson tabiatiga mos kelishi, kelmasligi, bularning barchasida hukm chiqarishga inson haqli, ya’ni bu shariatning emas, aqlning ishidir. Ushbu ikki jihatda fe’llar va narsalarga aql hukm chiqaradi. Bu ikki jihatning birortasida shariat hukm chiqarmaydi. Chunki bu ishlarga shariatning daxli yo‘q, negaki ilm chiroyli, jaholat xunuk. Ularning voqesidan ya’ni ilmdan kamolat va jaholatdan ojizlik ko‘rinib turadi. Shuningdek, boylik chiroyli, kambag‘allik xunuk. Cho‘kayotgan odamni qutqarish chiroyli va birovning molini nohaq olib qo‘yish xunuk kabi. Chunki inson tabiati zulmdan nafratlanadi, halokatga yuz tutganga yordam berishga moyil bo‘ladi. Shuningdek, shirin narsa chiroyli, achchiq narsa xunuk va hokazo. Bularning barchasi inson his qiladigan narsaning voqe’iga bog‘liq bo‘lganligidan aqli ularni idrok etadi yoki insonning fitrati va tabiatiga bog‘liq bo‘lib, inson undan tuyg‘ulanadi va aqli idrok etadi. Shuning uchun bu narsalarga shariat emas, balki aql chiroyli va xunuk, deb hukm chiqaradi ya’ni mazkur ikki jihatda fe’llarga va narsalarga hukm chiqarish huquqi insonga beriladi. Bu o‘rinda insonni aqli ishlaydigan o‘rinlar, aqlini ishlatish farz bo‘lgan mavzulardir. Bu o‘rinlarda aql ishlashi bilan Alloh Taolo yaratgan narsalarni inson uchun qanchalar zarur ekanini tushunib etadi. Demak, bu ikki jihatda hukm qiluvchi insondir. Alloh Taolo aqlini ishlatmaganlarni shunday sifatlaydi:

وَمَثَلُ الَّذِينَ كَفَرُوا كَمَثَلِ الَّذِي يَنْعِقُ بِمَا لَا يَسْمَعُ إِلَّا دُعَاءً وَنِدَاءً صُمٌّ بُكْمٌ عُمْيٌ فَهُمْ لَا يَعْقِلُونَ

Kufr yo‘lidagi kimsalarni misoli xuddi faqat ovoz va chaqiriqni eshitadigan hayvonlarning misolidir. Ular kar, soqov, ko‘rdirlar. Demak, ular aql qilmaydilar. [2:171] .

Ammo, fe’llar va narsalarga dunyoda maqtov va mazammat, oxiratda esa, savob va jazo jihatidan hukm chiqarish inson uchun emas, bu mavzu’ shubhasiz, yolg‘iz Allohning haqqi. Ya’ni, bu huquq aqlniki emas, shariatnikidir. Masalan, iymon chiroyli, kufr xunuk, toat chiroyli, ma’siyat xunuk, urushda yolg‘on gapirish chiroyli, tinchlik xolatda kofir hokimga ham yolg‘on gapirish xunuk va hokazo. Bu boradagi aql emas, yagona hukm chiqaruvchi shariat ekanligining boisi shundaki, aql his, voqe’, sobiqi ma’lumot va miyadan iborat bo‘lib, his aqlning yuzaga kelishidagi asosiy omildir. Chunki, aql narsalarga(savob yoki jazo jihatidan) hukm chiqarishi uchun o‘sha narsalarni his etishi shart. Agar inson narsani his qilmasa, unga hukm chiqara olmaydi. Xis etilmagan narsalarga aqlning hukm chiqarishi amri maholdir. Zulmning maqtaladigan yoki mazammat etiladigan narsa ekanligini aql his qila olmaydi. Chunki, bu his etiladigan narsa emas. Shuning uchun ham unda aql ishlamaydi, ya’ni aql unga hukm chiqarishi mumkin emas. Zulmni maqtash yoki mazammat qilish, garchi, inson o‘z fitrati bilan undan nafratlansa yoki unga nisbatan moyil bo‘lsa-da, biroq, bu tuyg‘uning o‘zi biror narsaga hukm chiqarishida aqlga yordam bermaydi. Balki, aql ishlab, unga hukm chiqarishi uchun his qilinishi shart. Shuning uchun aql ish yoki narsaga chiroyli yoki xunuk(savob yoki jazo) deb hukm chiqara olmaydi. Shundan ma’lumki, aqlning ularga(savob yoki jazo jihatidan) hukm chiqarishga imkoni bo‘lmaganligi uchun ham, u fe’llarga yoki narsalarga maqtov va mazamat bilan hukm chiqara olmaydi. Bu ish aql uchun amri maholdir.

Lekin ahmoqlar bu borada ham o‘zimiz yoki o‘zimizga o‘hshagan insonlar aniqlab beradi degan xayollarga borishadi, ya’ni to‘g‘ri-savobli ishlarni ham, noto‘g‘ri-jazolanadigan ishlarni ham bilish imkonimiz bor deb, ba’zi ishlarni qilishga kirishadilar, ba’zi ishlarni qilmaslikka qaror qiladilar va boshqalarni ham o‘zlari bilan birga adashtiradilar. Aqlli insonlar ishni mohiyatini bilganliklaridan bu boradagi hukmlarni, nimalarni qilish kerak, nimalarni qilishdan tiyilish kerakligini faqat shariatdan izlaydilar. Mujtahidlar o‘zlari etib borgan hukmlarini qaysi asoslardan olganliklarini dalillari bilan keltiradilar. Alq egalari bo‘lgan omilar esa, o‘shandek ishlari bilan tanilgan mujtahidlarning hukmlariga ergashadilar. Bu ishni qilish joiz emas, chunki falon mujtahid bu ishni qilish joiz emas degan yoki bu ishni so‘zsiz bajarishimiz kerak, uni bajarmaslikda bizda ihtiyor yo‘q, chunki Alloh Taolo buni farz qilganini falonchi mujtahid o‘z kitobida keltirgan qabilida ish tutadilar.

Maqtov va mazammat bilan hukm chiqarishni insonning fitriy mayllariga tashlab qo‘yish mumkin emas. Chunki, bu mayllar o‘ziga mos keladigan narsani maqtab, mos kelmaydigan narsani mazammatlab hukm chiqarib qo‘yadi. Insonning fitriy mayllariga mos kelgani uchun zino, bachchabozlik, odamlarni qul qilish kabi ba’zi amallarni G‘arb maqtab, hamma joyda targ‘ib qilib yuribdi. Bizlarda ham ommalashtirishga bor kuchlari bilan intilmoqdalar, o‘zimizdan chiqqan malaylar ham mohirlik bilan ularning rejalarini ishga oshirishib kelmoqda. Aslida bu ishlar mazammat etiladigan ishlardan eng jirkanchlilaridandir. Yoki eng zarur farzlardan, ikki dunyo saodatiga erishtiradigan, maqtalgan ishlar jumlasidan bo‘lgan va yaralish mayllariga zid bo‘lgan: dushmanga qarshi kurashish, qiyinchiliklarga sabr qilish, boshiga musibat tushishi aniq bo‘lib turgan holatda ham haqni gapirish kabi ba’zi amallardan esa, insonlarni to‘sib, bu ishlardan hammani nafratlantirishmoqda. Insonni tabiatida bu ishlarni xohlamaslik borligi uchun ular bu sohada katta yutuqlarga: bizlarga ega chiqib, o‘z maqsadlariga majburlashlarida, haqdan nafratlanishimizga, Islomni o‘rganmaslikka rozi bo‘lishimizga erishib kelmoqdalar. Demak, bu o‘rinda hukm chiqarishni mayl va hohishlarga topshirish ularni maqtov va mazammat uchun o‘lchov qilishni anglatadi va bu aniq xato o‘lchovdir. Shuning uchun, bu borada haqiqatga zid ravishda hukm chiqarib qo‘yishligi sababli mayllarni bu ishlarda hakam qilish ochiq xato bo‘ladi. Bundan tashqari, maqtov va mazammat sohasida hukm qilish aslida qanday bo‘lishi vojibligiga emas, havoi-nafs va shahvoniy xirslarga asoslanib qoladi. Shuning uchun fitriy mayllar maqtov va mazammat borasida hakamlik qilishi joiz emas. Modomiki, aql maqtov va mazammat bobida hukm chiqara olmas ekan va bu borada fitriy mayillarga ham yo‘l berish mumkin emas ekan, demak, maqtov va mazammat borasida hukm chiqarish huquqini insonga berish durust bo‘lmaydi. Shuning uchun bu boradagi yagona hukm chiqaruvchi inson emas, Alloh Ta’olo, ya’ni aql emas, shariatdir.

Shuningdek, agar fe’llarga va narsalarga maqtash yoki mazammat qilish, ya’ni savob-jazo borasida hukm chiqarishni insonning o‘ziga qo‘yib berilsa, hukmga aloqador shaxs va zamonlarning o‘zgarishi bilan hukmlar ham o‘zgarib ketishi tabiiy. Chunki, inson bu narsalarga o‘zgarmas, barqaror hukm chiqarishga qodir emas. Shuning uchun ham bunday ishlarga aql emas, yolg‘iz Alloh Ta’olo hukm qiladi, ya’ni bunday hukmga aqlning daxli yo‘q ekan, aql emas, shariat hukm chiqaradi. Inson bugun bir narsani yaxshi deb bilsa, ertasiga uni yomon deb hukm chiqarishiga va kecha qabohat deb atayotgan narsasining aynan o‘ziga bugun yaxshilik deb hukm qilayotganiga guvohmiz. Shu sababli, bitta narsaga bo‘lgan hukm subutsiz, bir necha xil bo‘ladi. Natijada hukmda xato sodir bo‘ladi. Bu borada aqlini hukm chiqaruvchi qilib olganlar ham subutsiz insonlar bo‘lishi tabiiy, bir narsaga bugun targ‘ib qilsa, ertaga o‘sha narsadan qaytaradilar. Kecha qattiq qaytarayotgan narsalarini bugun targ‘ib qililayotganlariga o‘zimiz guvohmiz. Shuning uchun maqtov va mazammat borasida hukm chiqarishni na insonga va na aqlga topshirib bo‘lmaydi.

Shunga ko‘ra, bandalarning fe’llariga va ularga aloqodor narsalarga maqtov va mazammat(savobli yoki jazolanadigan ishlar) jihatidan hukm chiqaruvchi inson emas, balki Alloh Taolo, ya’ni aql emas, shariat bo‘lishi zarur.

Bu chiroyli va hunukka aqliy dalil jihatidan. Ammo shar’iy dalil jihatidan esa, albatta shariat chiroyli va xunuk sanashda Rosululloh(s.a.v)ga ergashishga bo‘lgan amrini vojib qilib, havoi-nafsni mazammatladi. Alloh Taoloning muhabbatiga erishish uchun quydagicha shart qilingan:

قُلْ إِنْ كُنْتُمْ تُحِبُّونَ اللَّهَ فَاتَّبِعُونِي يُحْبِبْكُمْ اللَّهُ وَيَغْفِرْ لَكُمْ ذُنُوبَكُمْ وَاللَّهُ غَفُورٌ رَحِيمٌ

Ayting (ey Muhammad): «Agar Allohni sevsangiz, menga ergashinglar. Shunda Alloh sizlarni sevadi va gunoxlaringizni mag‘firat qiladi. Alloh (gunohlarni) mag‘firat qilguvchi, mehribondir». [3:31]

Shuning uchun shar’an qat’iy narsa shuki, mazammat va maqtov jihatidan shariat nimani chiroyli desa, u chiroyli, nimani xunuk desa, u xunukdir.

Fe’llar va narsalarga maqtov yoki mazammat bilan hukm chiqarishdan maqsad bularga nisbatan insonning munosabatini belgilashdir. Chunki, narsalarga nisbatan bu hukm: ularni olishi mumkinmi yoki olish harom ekanligini insonga bayon qilib berishdir. Haqiqati bundan boshqacha bo‘lishi tasavvur qilinmaydi. Insonning fe’llariga nisbatan esa, insondan bu fe’llarni bajarish talab etiladimi yo tark etishmi yoki bajarish va tark etishda unga ixtiyor beriladimi. Ushbu(savob-jazo) jihatdan olib qaralganda hukm qilishga shariat haqli ekan, inson fe’llarining hamda ularga aloqador narsalarning hukmlarini aql emas, faqat shariat chiqarishi zarur. Demak, faqat shariatning hukmigina bandalarning fe’llariga va ularning fe’llariga aloqador narsalarga hakam bo‘lishi vojib bo‘ladi.

Qolaversa, narsalarga — halol, harom deb hukm chiqarish, bandalarning fe’llariga — vojib, harom, mandub, makruh yoki muboh deb hukm chiqarish, hamda ishlarga, bitimlarga — sabab, shart, mone’, sahih, botil, fosid yoki azima va ruxsat ekanligi xaqida hukm chiqarish, bularning barchasi insonning tabiatiga mos kelishi, mos kelmasligi jihatidan yoki bularning voqe’lari jihatidan emas, balki faqat bu narsalarga dunyoda maqtov-mazammatni va oxiratda esa, savob-jazoni belgilash jihatidan bo‘ladi. Shuning uchun, bu borada hukm qilish aqlga emas, faqat shariatga xosdir. Demak, fe’llarga va ularga aloqador narsalarga hamda ishlarga, bitimlarga hukm chiqaruvchi haqiqiy hakam yolg‘iz shariat bo‘ladi. Bu borada aql uchun mutlaqo o‘rin yo‘q.

G‘arib Muslim.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.