Tolibon harakati: Milliy birlik hukumati AQShning qo’g’irchog’idir

556
0

Afg’onistondagi Tolibon harakati mamlakatda bir necha oy o’tib, bir qancha talash-tortishlardan so’ng tashkil qilingan Milliy birlik hukumatini tan olmasligini ma’lum qildi.

Tolibon harakati Afg’onistonda prezidentlik uchun musobaqalashgan sobiq moliya vaziri Ashraf G’ani va sobiq tashqi ishlar vaziri Abdulla Abdulla o’rtasida kelishilgan Milliy birlik hukumatining o’zlari uchun hech qanday qadr-qimmatga ega emasligini ochiqlar ekan, bu hukumatni “AQShning qo’g’irchog’i” sifatida baholashini bildirdi.

Afg’onistonni dushman bosqinidan ozod qilish uchun jihod olib borayotgan va G’arb tarafidan “Radikal Islomchi” deya baholangan Tolibon harakati dushanba kuni jurnalistlarga yo’llagan elektron maktubda Ashraf G’ani boshchiligida tashkil qilingan hukumatni aslo tan olmasligi bildirilganligi ochiqlandi.

“Qo’shma shtatlar tuproqlarimizni va o’lkamizni bizga tegishli ekanligini va olinadigan qaror hamda imzolanadigan bitimlar tashqi ishlar vaziri yoki Qo’shma shtatlar tarafidan emas, afg’onistonliklar tarafidan belgilanishi lozimligini tushunib etmog’i zarur”, deyiladi Tolibon tarafidan chiqarilgan bayonotda.

Xususan bayonotda Afg’onistondan bosqinchilarni quvib chiqarish va mamlakatda Islom shariatini hukmron qilish uchun Tolibon harakati o’z faoliyatlarini davom ettirishi ta’kidlanadi.

Turkiston:

Ashrof G’ani va 21 sentyabrda prizidentlikka o’z nomzodini qo’ygan ikkinchi tarafdor Abdullo Abdullo o’rtalarida “milliy birlik” nom ostida bitim imzolandi. Ashrof G’ani shu kuni prizident deb e’lon qilingan edi.

Bu AQShning navbatdagi eski uslublaridan biri bo’lib, Afg’onistonni bir necha bo’laklarga bo’lib yuborish uchun zamin yaratadi. Maqsadi tinchlik o’rnatish emas, balki vaziyatni o’zgartirish. Ya’ni kufrga qarshi islom va musulmonlar olib borishayotgan urushni, musulmonlar aro urushga aylantirib, o’zi ularning o’rtalarida yana qozi, ko’makchi, nazoratchi ittifoqchi… pozitsiyalariga qaytmoqchi. Bu ishga Rossiya balki Xitoy xam tortilishi mumkin. Lekin xammasi yuqoridagi kabi ma’lum tomonlarga ittifoqchi… bo’lib. Chunki yuqoridagi AQSh tomonidan tuzilgan yasama tandemdan tashqari, Tolibon, Xudoyberdiev singari xaqiqiy quvvat egalari xam bor. AQSh juda katta siyosiy iflos nayrang boshlamoqchi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.