Yillab miq etmayotgan Roshid G‘annushiyning tili chiqdi-yu, ammo munkar gapni gapirdi!

242
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Yillab miq etmayotgan Roshid G‘annushiyning tili chiqdi-yu, ammo munkar gapni gapirdi!

Al-Jazira net (hijriy 1442 yil 6 shavvol, milodiy 2021 yil 18 may seshanba kuni) nashr qilgan xabarda bunday deyiladi:

Tunis parlamenti deputati, Nahza harakati raisi Roshid G‘annushiy – Falastin qarshilik harakatining qahramonligi yangi kelajak yaratadi, yaqinda ishlarning o‘z o‘rniga tushishiga, shu orqali Falastin masalasi yana o‘zining to‘g‘ri yo‘lini topib olishiga butun arab olami va Shom mintaqasi guvoh bo‘ladi, dedi.

Al-Jaziraning to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiluvchi kanaliga seshanba kuni bergan intervьyusida G‘annushiy ozodlik yo‘li Falastin qarshilik harakatidir, muzokara emas, muvaffaqiyatning siri ham mana shunda, dedi. Ayni nuqtai nazarda, Aqso masjidi va G‘azo sektori boshdan kechirgan so‘nggi hodisalar ortidan, nusrat alomatlari ochiq ko‘ringanini ta’kidladi».

Roya:

Mana, yillab gapirmayotgan G‘annushiyning tili chiqdi-yu, ammo munkarni gapirdi. Buning o‘rniga, armiyalar va hukmdorlarni Falastin va uning ahliga nusrat berishga da’vat qilsa bo‘lardi. U bo‘lsa, qarshimizga chiqib olib, jarangdor, lekin ichi to‘la fitnali gaplarni gapiryapti. Chunki u Falastin masalasini Falastin ahliga xoslamoqda, vaholanki, bu zaminning ozodligini shaxs va harakatlarga bog‘lab qo‘yayotgan kimsalarning barchasi til biriktiruvchilar hisoblanadi. Ular Falastinni bosqinchilik ostida qolishni istashyapti, mana shunday balandparvoz bayonotlari bilan musulmonlar va ularning armiyalarini Falastinni ozod etish imkoniyatlarini puchga chiqarishga urinishyapti.

Bu G‘annushiy deganlari «qahramon qarshilik harakati», deya artistlik qilyapti, ammo bu bilan u o‘zining shuncha vaqt Falastin ahlini yordamsiz qoldirganligini oqlolmaydi. Zotan, kimda-kim Falastinga nusrat berish uchun armiyalarni harakatga keltirishga da’vat qilmas ekan, u yahudiylar bosqinchiligining mustahkamlanishiga bevosita yoki bilvosita hissa qo‘shgan bo‘ladi, buni jimjimador gaplari va jarangdor shorlari bilan yopa olmaydi.

Roya gazetasining 2021 yil 2 iyun chorshanba kungi 341-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.