G‘azo sektorini bombardimon qilishda qatnashgan yahudiy uchuvchi: G‘azo binolari bombardimoni bizni tushkunlikdan qutqarish uchun qilindi

108
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

G‘azo sektorini bombardimon qilishda qatnashgan yahudiy uchuvchi: G‘azo binolari bombardimoni bizni tushkunlikdan qutqarish uchun qilindi

Anado‘lu axborot agentligi (hijriy 1442 yil 10 shavvol, milodiy 2021 yil 22 may shanba kuni) nashr qilgan xabarda bunday deyiladi:

«Shanba kuni «isroillik» harbiy uchuvchi G‘azoga qilingan havo hujumlari chog‘ida aholi yashovchi binolar nishonga olinganini fosh etdi. «Binolarni bombalashimiz G‘azo sektoridan bizga otilgan raketalarni to‘xtata olmay, tushkunlikka tushgan armiyamiz uchun dalda bo‘ldi», dedi u yahudiylarning xususiy «12 telekanal»i bilan o‘tkazgan suhbati chog‘ida.

Telesuhbatda G‘azoning o‘nga yaqin binolarini bombardimon qilishda qatnashgan bir necha uchuvchilar ishtirok etgan. Ommaviy axborot ofislari joylashgan bino ham o‘sha bombardimon qilingan binolarning biri bo‘lgan.

Telekanal tomonidan ismi faqat bosh harfi bilan «D» deb atalgan zobit o‘zi va hamkasblari sodir etgan havo hujumlarining dahshatliligidan aslo cho‘chimasligini aytgan.

«Ularning ustidan to‘nnalab portlovchi bochkalarni tashladik, bunga hech kim shubha qilmaydi», deya qo‘shimcha qildi zobit «D».

Biroq zobit «D» hamkasblari bilan birgalikda his qilgan tuyg‘usi haqida gapirib, «men havo hujumiga chiqar ekanman, G‘azo binolarini yiqitish biz uchun dalda bo‘lganini his qildim. Chunki o‘sha hodisalardan hamda G‘azodagi guruhlarning bizga yo‘llagan tinimsiz zarbalarida muvaffaqiyat quchishidan tushkunlikka tushib qolgan edik», dedi.

Roya gazetasining 2021 yil 2 iyun chorshanba kungi 341-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.