Hizb ut-Tahrir – Indoneziyaning «Falastinni jihod va Xalifalik orqali ozod eting» shiori ostida namoyishlari

104
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hizb ut-Tahrir – Indoneziyaning «Falastinni jihod va Xalifalik orqali ozod eting» shiori ostida namoyishlari

Bosqinchi yahudiy vujudi muborak Falastin zaminida Aqso masjidiga tinimsiz hujumlar qilayotgan, G‘azoni esa, 15 yildan beri to‘xtovsiz bombardimon qilayotgan bir muhitda, Hizb ut-Tahrir – Indoneziya yurtning bir necha shaharlarida qator namoyishlar uyushtirdi. Muborak Falastin zaminini himoya qilishga qaratilgan ushbu namoyishlar «Falastinni jihod va Xalifalik orqali ozod eting» shiori ostida bo‘lib, joriy yil may oyining ikkinchi va uchinchi haftalari mobaynida o‘tkazildi. Namoyishlarda musulmonlarning ulamolari, etakchilari, siyosiy shaxslari va faollari ma’ruzalar qilishdi. Ma’ruzalarda Falastin masalasining real echimi jihod va Xalifalik ekanini, chunki u erdagi siyosiy muammo yahudiylarning bosqinchiligidan iborat muammo bo‘lib, musulmon armiyalarni harakatga keltirish orqali bosqinchilarni quvib chiqarmasdan bu muammoni aslo hal qilib bo‘lmasligini, armiyalarni harakatga keltirish uchun esa, albatta Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlatini barpo etish shartligini ta’kidladilar. Shuningdek, baland ovozlari bilan islomiy yurtlar armiyalarini muborak Falastin zaminini bosqinchi yahudiylardan ozod etish uchun harakatga kelishga chaqirdilar.

Roya gazetasining 2021 yil 2 iyun chorshanba kungi 341-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.