Falastin rejimi bosqinchi yahudiy vujudi jinoyatlarini qo‘llab-quvvatlamoqda

250
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Falastin rejimi bosqinchi yahudiy vujudi jinoyatlarini qo‘llab-quvvatlamoqda

«Arabiy 21» veb-sayti (hijriy 1442 yil 25 Ramazon, milodiy 2021 yil 7 may juma kuni) nashr qilgan xabarda bunday deyiladi:

«Faollar ijtimoiy tarmoqda Falastin ma’muriyati xavfsizlik kuchlari tomonidan «Xalil shahri markazida bosib olingan Quddusdagi Shayx Jarroh aholisiga birdamlik bildirish hamda bosqinchi kuchlarning Aqso masjidi maydoniga bostirib kirishlarini rad etish» uchun uyushtirilgan namoyish kuch bilan bostirilayotgani aks etgan videolavhani tarqatishdi.

Videolavhada Falastin ma’muriyatiga qarashli xavfsizlik kuchlarining namoyishni bostirish maqsadida tinch namoyishchilarga ayovsiz hujum qilayotgani aks etgan.

Shuningdek, videolavhada xavfsizlik kuchlarining og‘zidan Allohni tahqirlovchi so‘zlar chiqqani, namoyishchilarni haqorat qilishgani ham eshitiladi. Ayni paytda, bir necha namoyishchini hibsga olishga uringan xavfsizlik kuchlariga aholining qarshilik qilgani ham tasvirlangan.

Sano Shabliy xonimning Falastin ommaviy axborot vositalariga aytishicha, uning Ramallohdagi Tarmus Ayyo shahrida joylashgan uyiga Falastin xavfsizlik kuchlari bostirib kirishgan va Sano xonimni bir necha kun avval uch nafar «isroillik»ka hujum qilinib, ularni yaralagan hodisa bo‘yicha tergov qilishgan… Tergov chog‘ida, xonimning ayni hodisadan mutlaqo xabari yo‘qligiga qaramay, ayni hodisaga uni bog‘lashga urinishgan. Falastin xavfsizlik kuchlarining bostirib kirishidan bir-ikki kun o‘tib, uning uyiga yahudiy xavfsizlik kuchlari ham bostirib kirishgan.

Yana bir intervьyusida Sano xonim Falastin rejimini bosqinchilar bilan til biriktirib, ularga ma’lumot berganlikda aybladi».

Roya gazetasining 2021 yil 12 may chorshanba kungi 338-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.