Al-Va’y guruhi Najoh universitetida kitoblar ko‘rgazmasi o‘tkazdi

91
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Al-Va’y guruhi Najoh universitetida kitoblar ko‘rgazmasi o‘tkazdi

Hizb ut-Tahrirning talabalar qanoti bo‘lgan Al-Va’ay guruhi Falastinning Najoh universitetida 2021 yilning 13-14 oktyabr chorshanba-payshanba kunlari kitoblar ko‘rgazmasi o‘tkazdi. Ko‘rgazmada asosan, Sanoat siyosati, Ta’lim asoslari, Xatarli tushunchalar, Ayol va oila xavf ostida kabi kitoblar namoyish qilindi. Kitoblarda talabalar diqqatini tortgan va ular munosabat bildirgan fikrlardan biri G‘arb o‘zining xotin-qizlar jamiyatlari vositasida Falastinda va musulmon yurtlarida targ‘ib qilayotgan «tenglik» mafkurasi bo‘ldi. Mazkur Ayol va oila xavf ostida nomli kitobda «Erkak va ayol o‘rtasidagi tenglik Islom mezonida» sarlavhali alohida mavzu berilgan.

Al-Va’y guruhi ko‘rgazmada qatnashganlarga kitoblar, jurnallar va «Ayol xavfsiz va tinch yashashi uchun Islomga muhtoj, tenglikka emas» nomli otkritkalar tarqatdi.

Ushbu guruh talabalar bilan suhbatda ularga quyidagilarni ta’kidladi:

«Bu «tenglik» mafkurasi jamiyatimizga begona va buyuk dinimiz ahkomlariga zid. U G‘arbning xotin-qizlarga zulm qilishi oqibatida paydo bo‘lgan g‘ayritabiiy mafkura. Islomning esa, bu fikrlarga aloqasi yo‘q. Chunki Islom o‘z tuzumini ayolni haq-huquq va baxt-saodat bilan ta’minlaydigan asosda barpo etgan…».

«Tenglik, degan mafkura yaltiroq shiordan iborat bo‘lib, uni G‘arb mafkurasi targ‘ibotchilari odamlarni adashtirish va tenglik bilan adolat o‘rtasini aralashtirish maqsadida tarqatishyapti. Ya’ni, tenglik adolat ma’nosini anglatmaydi…».

Ko‘rgazmaga universitetning talaba va o‘qituvchilarining kelishi sezilarli darajada bo‘ldi. Ular o‘rtaga tashlangan fikrlarni qo‘llab-quvvatladilar. Al-Va’y guruhidan bu kabi tadbirlarni ko‘paytirishni, universitet o‘quvchilari o‘rtasida Islom fikrlarini tarqatishda davom etishni talab qilib, o‘zlarining Islomga begona har qanday fikrga norozi ekanliklarini ta’kidladilar.

Roya gazetasining 2021 yil 20 oktyabr chorshanba kungi 361-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.