Erdogan va Ruhoniy Falastin xiyonati bilan to‘lib toshgan o‘zlarining jinoyatlari ro‘yxatiga navbatdagi sharmandalik jinoyatini qo‘shmoqda

196
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Erdogan va Ruhoniy Falastin xiyonati bilan to‘lib toshgan o‘zlarining jinoyatlari ro‘yxatiga navbatdagi sharmandalik jinoyatini qo‘shmoqda

Turkiya prezidenti Erdogan xalqaro muassasalardan yahudiylarning falastinliklarga qarshi hujumlarini to‘xtatish uchun zudlik bilan harakatga kelishni talab qildi. U Islom Hamkorlik Tashkilotini bunday hujumlarni to‘xtatish uchun darhol harakat qilishga chaqirdi. Erdogan shuningdek, yahudiylarning G‘azo sektoriga, Aqso masjidi va falastinliklarga qarshi ko‘r-ko‘rona amalga oshirayotgan hujumlariga nisbatan Turkiya o‘z munosabatini juda keskin tarzda bildirishini aytib, «Xalqaro hamjamiyat «Isroil»ga kuchli va keskin saboq berishi zarur»ligini ta’kidladi. U Falastinliklarni mudofaa qilish uchun mintaqaga xalqaro tinchlikparvar kuchlarni kiritishga harakat qilishga chaqirib, bu narsa Turkiyaning 1918 yildan beri qilib kelayotgan taklifi ekanini urg‘uladi. Erdogan mana shu barcha masalalarda Turkiya bilan Rossiyaning BMTda yaqin hamkorlik qilishlariga ishonchi komil ekanini ma’lum qildi.

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy ham «Falastin xalqiga qarshi qilinayotgan sionistik hujumlarni» qattiq qoraladi. U «Barcha mazlumlarni, ayniqsa, falastinlik xalqni himoya qilish bizning islomiy va insoniy burchimizdir», dedi. So‘ng «Bu xalq oldida qat’iylik va jihoddan o‘zga yo‘l yo‘q», deya ta’kidladi.

O‘z navbatida, Hizb ut-Tahrir – muborak Falastin zamini matbuot bo‘limi o‘zining saytida bayonot nashr qilib, bunday dedi:

«Erdogan va Ruhoniyning og‘zidan chiqayotgan bu bayonotlar quruq-soxta bo‘lish bilan birga, ularda Falastin va uning ahliga qarshi qilingan til biriktiruv aks etib turibdi. Bu til biriktiruvlar Falastin ahli duch kelayotgan mana shunday manzarada, ya’ni G‘azo bombardimon qilinayotgan, uning ahli qirg‘in qilinib, ko‘chirilayotgan, muborak Quddus oyoq osti etilib, bosib olingan erlarda vahshiylarcha qamoqqa olish ishlari olib borilayotgan bir paytda bo‘lmoqda.

Erdogan va Ruhoniy kechayu kunduz «Falastin, Aqso va G‘azo», deya jar solishar ekan, yordamsiz tashlab qo‘yish va soxtakorlik bilan to‘lib toshgan o‘zlarining jinoyatlari ro‘yxatiga navbatdagi sharmandalik jinoyatini qo‘shishmoqda. «Isroilga o‘lim», deya hayqirishdan charchamaydigan va ramziy qarshilikdan boshqa narsani bilmaydigan Eron qoralash va norozilik bildirishdan nariga o‘tmadi. U o‘zining raketalari, tanklari, «Quddus gvardiyasi»ni harakatga keltirib, Falastin, Aqso va G‘azoga nusrat berish o‘rniga, Falastin ahlidan qat’iylik ko‘rsatish va jihod qilishni talab qilmoqda! Bunday soxta pozitsiya bu dunyo va oxiratda albatta sharmandalik keltiradi. Erdoganga kelsak, Falastin ahliga do‘stlik izhor qilishdan hamda «Quddusga qilingan hujum har bir musulmonning sharafiga qilingan hujumdir», deyishdan charchamayapti, qattiq so‘zlar bilan qoralash va norozilik bildirish bilan kifoyalanyapti. U Yaqin Sharqdagi eng kuchli hisoblangan turk musulmon armiyasini harakatga keltirish o‘rniga, xalqaro kuchlarni harakatga keltirishga chaqirib yotibdi. Vaholanki, bu narsa Falastin, G‘azo va Aqsodagi bosqinchilikka navbatdagi bosqinchilikni qo‘shish bo‘ladi. Erdogan bu ishni xuddi Shom va Liviyada qilgani kabi, jinoyatkor Rossiya bilan hamkorlikda qilar emish… Axir, Falastin va uning ahliga qarshi bundan ham yomon jinoyat bo‘lishi mumkinmi?!».

Bayonot so‘nggida yana bunday deyildi:

«Bugun har bir aqli raso insonga oydek ravshan bo‘lib qolgan haqiqat shuki, Ummatning hamda Ummat masalasining dushmanlari musulmon yurtlardagi mana shu hukmdorlar bo‘lib turibdi. Bu hukmdorlar orasidagi o‘zlarini qarshilik harakati ekanini da’vo qilayotganlari bilan do‘stlik izhor qilayotganlari va yahudiylar bilan munosabatlarni normallashtirayotganlari o‘rtasida hech qanday farq yo‘q bo‘lib, barchalari mustamlakachilarga xizmat qilayotgan malaylardir. Falastin va Aqsoga nusrat berishning birdan-bir yo‘li esa, mana shu hukmdorlarni taxtdan ag‘darish va ozodlik sari armiyalarni harakatga keltirishdan iborat. Bu – barchamizning ovozlarimizni baralla ko‘tarib, sa’y-harakatlarimizni birlashtirishimizni talab qiladi».

Roya gazetasining 2021 yil 19 may chorshanba kungi 339-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.