Qirg‘iziston 1,5 milliard, “Tsenterra” 11,5 milliard dollar foyda oldi

427
0

Qirg‘iziston 1,5 milliard, “Tsenterra” 11,5 milliard dollar foyda oldi

 Qumtor oltin konidan Qirg‘iziston 1,5 milliard dollar, “Tsenterra” 11,5 milliard dollar foyda olgan. Bu haqda “Kumtor Gold” kompaniyasi faoliyatini tekshirgan davlat komissiyasi tomonidan tayyorlangan filьmda aytib o‘tildi. Filьm 17-may kuni parlamentning navbatdan tashqari yig‘ilishida namoyish etildi.

 Jogorku Kenesh 17-mayda Qumtor bo‘yicha masalani ko‘rib chiqish uchun navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazdi. Yig‘ilishda vazirlar kabineti raisi Ulukbek Maripov boshchiligidagi hukumat a’zolari ishtirok etdi.

 16-may kuni “Tsenterra” kompaniyasi qirg‘iz hukumatiga qarshi Xalqaro arbitirajda tergov boshlanganini e’lon kildi.

 12-mayda Qumtor faoliyatini tekshirish davlat komissiyasi raisi Akilbek Japarov “Qumtor Gold” kompaniyasida vaqtinchalik boshqaruv joriy etish va may oyidan boshlab oltinni Qirg‘izistonda qoldirishni taklif qilinayotgani”ni ma’lum qilib, kompaniya Qirg‘izistonga soliq va ekologik sanktsiyalar shaklida 4 milliard 252 million dollar to‘lashi kerakligini aytdi.

 Izoh: “Qumtor” oltin koni bo‘yicha erishilgan kelishuv ham Qirg‘iziston hukumati yo‘l qo‘ygan xatolardan biri bo‘lib, shu vaqtga qadar bu kelishuv asoratidan qutula olmay kelyapti. Hukumat bir necha bor oltin konidagi davlat ulushini oshirishga, konni milliylashtirshga harakat qilib ko‘rdi, ammo uddasidan chiqa olmadi.

 2013-yili Kanadaning “Centerra Gold Inc” kompaniyasi bilan olib borilgan so‘ngi muzokaralar natijasi ko‘rib chiqilgan parlament yig‘ilishida o‘sha vaqtdagi Bosh vazir Jonto‘ra Satbaldiev “Qumtor qo‘shma korxonasi loyihasini amalga oshirish bo‘yicha Qirg‘iziston ulushini 67 foiz qilib oshirish uchun hukumatni kuchi etmadi. Biz sudlasha olmaymiz, chunki yaxshi natijalarga erishish murakkab bo‘ladi. Ammo, parlament bizdan so‘raganidek, qo‘shma korxonaning 67 foizlik ulishiga erishish uchun kuchimiz etmadi”, – degan edi.

 Chunki, xalqaro sudlar faqat yirik mustamlakachi davlatlar manfaatlarini himoya qilish asosiga qurilgan. Masalan, 2015-yili qirg‘iz parlamenti “Qumtor” masalasini qayta ko‘targanidan bir hafta o‘tmay Kanada sudi “Centerra Gold Inc” kompaniyasidagi Qirg‘izistonga tegishli bo‘lgan 6,5 million dona aktsiyani hibsga olish haqida hukm chiqardi. Sababi, 2014 yilning 24 oktyabr kuni Parij arbitraj sudi Belokonning arizasi asosida qirg‘iz hukumati tadbirkorga 16,5 million dollar to‘lashi haqida hukm chiqargan edi. Mana shu hukm asosida Kanada sudi aktsiyalarni vaqtinchalik muzlatib turish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

 2009-yili imzolangan shartnomaga muvofiq “Qumtor”ga qo‘shimcha qazish ishlarini olib borish uchun qo‘riqxona hisobidagi 26 ming gektar er ajratilgan edi. Biroq, 2012- yili hukumat bu qarorni bekor qilgan va ajratilgan er maydoni 10 ming gektar bo‘lib qolgandi. Ushbu shartnoma qisman bajarilmagani uchun “Centerra Gold Inc” kompaniyasi Qirg‘izistonni xalqaro sudga berdi. Bu sudda Qirg‘iziston yutib chiqmasligi yuz foiz aniq bo‘lgani sababli ham qirg‘iz hukumati avvalgi shartnomaga qaytishga qaror qildi va 2019-yili kompaniyaga qolgan 16 ming gektar er qaytarib berganidan so‘ng tomonlar o‘rtasidagi sud jarayoni to‘xtatildi…

 Hukumatning “Qumtor” masalasi bo‘yicha boshlagan navbatdagi harakatiga qarshi Xalqaro arbitiraj tergov boshlagani va ish sudgacha etib borishini hisobga oladigan bo‘lsak, rasmiy hukumatning sudda yutib chiqish imkoniyati deyarli nolga teng. Kompaniyaga to‘lash uchun yuklatilgan 4 milliard 252 million dollarlik jarima ham “ertak”, xalqni umidvor qilishdan boshqa narsa emas. Agar qirg‘iz hukumati konni xorijiy kompaniya qo‘liga topshirmay, belkurak va lom bilan qazib olganida ham hozirgidan ko‘ra ko‘proq daromad qilgan, mustamlakachi davlat kompaniyasiga foyda ko‘rinishida ketgan oltinlar esa kelajak avlod uchun zahira bo‘lib qolgan bo‘lar edi.

 Ey musulmonlar, Islomni tuzum sifatida hayotga olib kelish vaqti kelmadimi? Faqat Islom davlatigina bizlarning boyliklarimizni bu achofatlardan saqlab qolishi mumkin. Kapitalistik-demokratik tuzumda xatto haq bo‘lib turib ham g‘olib bo‘la olmasak, bu tuzumni bizga nima keragi bor? Bu botil tuzumning o‘rnini egallashi va uni mag‘lub etish quvvatiga ega bo‘lgan yagona tuzum esa Islomdir. Agar biz Islomga qaytmas, uni hayotga tatbiq qilmas ekanmiz mustamlakachi davlatlar kompaniyalari bizlarni pisand ham qilmay, boyliklarimizni tashib chiqib ketishda davom etaverishadi.

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.