Falastin musulmonlarning e’tiqodiy masalasidir

372
0

Falastin musulmonlarning e’tiqodiy masalasidir

 Quddusi Sharif va Aqso masjidining Islomda tutgan o‘rni beqiyosdir. Chunki, Aqso masjidi musulmonlarning ilk qiblasi, shuningdek, Nabiy solallohu alayhi va salamning Isro maskanidir. Bu haqda Alloh Subhanahu va Taolo shunday marhamat qilgan:

سُبْحَانَ الَّذِي أَسْرَى بِعَبْدِهِ لَيْلاً مِنَ الْمَسْجِدِ الْحَرَامِ إِلَى الْمَسْجِدِ الْأَقْصَى الَّذِي بَارَكْنَا حَوْلَهُ لِنُرِيَهُ مِنْ آيَاتِنَا إِنَّهُ هُوَ السَّمِيعُ الْبَصِيرُ

 “(Alloh) bir kecha, O‘z bandasi (Muhammad)ni – unga oyat-mo‘’jizalarimizdan ko‘rsatish uchun (Makkadagi) Masjidul-haromdan (Quddusdagi) Biz atrofini barakotli qilib qo‘ygan Masjidul-Aqsoga sayr qildirgan (barcha aybu nuqsondan) pok Zotdir. Darhaqiqat, U eshitguvchi, ko‘rguvchi Zotdir”. [Isro 1]

 Bu zamin asrlar davomida musulmonlar uchun muqaddas maskanlardan bir bo‘lib keldi. Bu zamin yuz minglab shahidlar qoni bilan sug‘orilgan bo‘lib, musulmonlar uning himoyasi uchun jang olib borishdi. Dastlab mo‘g‘illar bosqini, keyinchalik salbchilar ishg‘oli musulmonlar tomonidan mardonavor daf qilindi. Bu zamin ozod bo‘lgunga qadar kulishni o‘ziga harom qilgan Salohiddin, yahudlar bir parcha er so‘rab, evaziga katta mablag‘ va’da qilganida “Men Falastinning bir qarich tuprog‘ini ham sotmayman. Zero u mening emas, Islom Ummatining mulkidir” deya rad etgan xalifa Abdulhamid ikkinchi tomonidan ozod va himoya qilingan zamindir…

 Buyuk Britaniya 1924-yili asr jinoyatchisi Mustafo Kamol qo‘li bilan Xalifalik davlatini qulatishga muvaffaq bo‘lganidan so‘ng, 2-jahon urushidan keyingina yahudiylar muborak zaminda “davlat” barpo etishga erishdi. Buzg‘unchi yahudiylar o‘z tabiatiga mos holda “davlati” barpo bo‘lgan dastlabki kundan boshlab mintaqada fitna tarqatish va o‘z vujudini kengaytirishga kirishdi. G‘arb davlatlari va ayrim islomiy yurt rahbarlari ham uni davlat sifatida tan olishdi. Holbuki, uni davlat sifatida tan olish shar’iy jihatdan harom edi. Ammo malay rejimlar nafaqat tan olishdi, balki sohta mag‘lubiyatlari bilan uni engilmas kuch sifatida namoyon qilishga ham hissa qo‘shishdi. Mana, 70 yildan oshdi, o‘z payg‘ambarining tilida la’natlangan yahud qavmi muborak yurtda fasod tarqatmoqda. Al-Aqso masjidini oyoqosti qilib, falastinlik birodarlarimizni o‘ldirmoqda.

 Alloh taolo shu yahudiylar tomonidan fasod kelishini xabar qilgan:

وَقَضَيْنَا إِلَى بَنِي إِسْرَائِيلَ فِي الْكِتَابِ لَتُفْسِدُنَّ فِي الْأَرْضِ مَرَّتَيْنِ وَلَتَعْلُنَّ عُلُوّاً كَبِيراً

“Biz Banu Isroilga ushbu Kitobda – sizlar albatta (Shom) zaminida ikki marta buzg‘unchilik qilursizlar va katta tug‘yonga tushursizlar, deya xabar berdik” [Isro 4]

 Islomiy yurtlar rahbarlari esa bu fasodga qarshi armiyalarni ishga solish o‘rniga, tashvish bildirish, tanqid qilishdan boshqasiga yaramayaptilar. Aksincha, ular mustamlakachi kofir belgilab bergan bir qarich er uchun armiyalarni jalb qilib, o‘zaro birodarkushlik urushlariga kirishishmoqda. Muborak Ramazon oyida qirg‘iz-tojik chegarasida yuzaga kelgan qurolli mojaro natijasida har ikki tomondan o‘nlab tinch aholi qurbon bo‘ldi, bir necha yuz kishi turli darajada jarohatlandi, yuzlab uy-joy, ijtimoiy obьektlar vayron qilindi. Har ikki davlat mojaroda bir-birini ayblashga shoshildi. Oradan o‘n kun o‘tmay bosqinchi yahud vujudi musulmonlar uchun muqqadas bo‘lgan Aqso masjidini toptab, dindosh birodalarlarini qirg‘in qilishni boshlaganida esa har ikki davlat rahbarlari, go‘yoki bu ish ularga taalluqli emasdek, hech bo‘lmaganda norozilik bildirishga, yahud tajovuzini tanqid qilishga ham yarashmadi. Holbuki, ular ikki dindosh, qo‘shni xalqlarga qarshi jalb qilgan harbiylarini Falastinni ozod qilish, yahud vujudini yanchib tashlash uchun oyoqqa turg‘izishdan javobgar edilar. Hozir ham kech emas, davlat rahbarlar qirg‘iz-tojik adovatini bir chetga surib qo‘yib, zimmalaridagi asl vazifa mazlum musulmonlarga nusrat berish uchun armiyalarini jalb qilishlari zarur. Chunki, Qiyomatda bu davlat rahbarlari o‘z imkoniyati va salohiyati doirasidan so‘ralishadi. Ana shu kunda o‘z foydalariga hujjat bo‘lishi uchun hozir harakat qilib qolishlari shart. Musulmonlarning bosib olingan yurtlarini, muqaddas zamini bo‘lmish Quddus bilan muborak Aqsoni ozod etishning shar’iy yo‘li duo qilib, namoz o‘qishda emas. Balki islomiy yurtlar o‘z armiyalarini ishga solishlaridadir. Bu salohiyat esa ushbu qo‘shinlarning oliy bosh qo‘mondonlari bo‘lmish davlat rahbarlari qo‘lidadir. Biz sizlarni shu imkoniyatdan foydalanib qolishga chaqiramiz. Zero, Falastinni ozod bo‘lishi vaqt masalasi va sizlar yordam bersangizlar ham, bermasangizlar ham albatta ozod bo‘ladi. Masala – biz o‘z tomonimizni aniqlab olishimizda!

 Rosululloh sollallohu alayhi va sallam bashorat qilgan haqqi-rost va’dadir:

«لَتُقَاتِلُنَّ الْيَهُودَ فَلَتَقْتُلُنَّهُمْ، حَتَّى يَقُولَ الْحَجَرُ يَا مُسْلِمُ هَذَا يَهُودِيٌّ فَتَعَالَ فَاقْتُلْهُ»

“Sizlar yahudiylarga qarshi jang qilib, ularni o‘ldirasizlar. Hatto tosh ham: ey musulmon, mana yahudiy, kel uni o‘ldir, deydi” (Muslim rivoyati).

Turkiston

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.