Aqso Masjidi Islomiy o‘lkalardan armiya kelishini kutmoqda

563
0

Aqso Masjidi Islomiy o‘lkalardan armiya kelishini kutmoqda

Aqso Masjidida taxminan 20 mingdan ortiq musulmonlar namoyishlar uyushtirib, “Biz bu erdamiz, Erdo‘g‘an sen qaerdasan?” shiori ostida Turkiya hukumatini faqat tanqid bilan kifoyalanmay, amaliy chora ko‘rishga chaqirdi. Chunki Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an yahudiy bosqinchiligiga qarshi chiqishida “Aqso Masjidiga va musulmonlarga qarshi uyushtirilayotgan hujumlar darhol to‘xtatilishini talab qilamiz. Aks holda zolimlarni loyiq bo‘lgan oqibatga duchor qilish uchun bor kuchimizni sarflaymiz va qo‘limizdan kelgan harakatni qilamiz”, deya keskin bayonot bergan edi. Natijada ko‘pchilik musulmonlarda “turk askarlari Aqso Masjidiga kelib, yahud bosqinchilarining tanobini tortib qo‘yishi” haqida umid uyg‘ongan edi.

Turkiya prezidenti Falastin masalasida Eron prezidentlari kabi balandparvoz gaplarni gapirishi va katta-katta va’dalarni berishi mumkin. Ammo AQShning iznisiz bir qadam ham tashlay olmaydi. Bu uning so‘nggi bayonotlaridan ham ko‘rinib turibdi. U so‘nggi video murojaatida yahudlar hujumining to‘xtatilishi AQShga tobe BMT xavfsizlik kengashi va Islom hamkorlik tashkilotiga havola qilinishini bildirdi.

“BMT xavfsizlik kengashi kengash qarorlariga muvofiq zudlik bilan Quddusda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlaydigan qadamlar tashlashi shartdir. Islom hamkorlik tashkiloti ham darhol aniq munosabat birdirmasa, o‘zining mavjudligini inkor qilgan bo‘ladi. BMT bu masalada boshlagan har bir harakatni Turkiya sifatida faol qo‘llab-quvvatlashga va tinchlik uchun mas’uliyatni o‘z zimmamizga olishga tayyormiz” dedi Erdog‘an.

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavushog‘lu ham Saudiya tashqi ishlar vaziri Faysal bin Farxon bilan uchrashuvi chog‘ida “Biz har doim (Isroil)ning G‘azo va Aqso Masjidiga qilgan hujumlarini qoralab kelganmiz, ammo Ummat bizdan qadam tashlashimizni kutmoqda” dedi. Biroq u uchrashuvidan so‘ng bergan bayonotida “Favqulodda yig‘iladigan BMT Bosh assambleyasida (Isroil)ning hujumlari to‘g‘risida inshaAlloh bir qaror qabul qilamiz” deya Aqso Masjidi masalasini BMTga havola qildi.

Aytib o‘tish lozimki, Mevlud Chavushog‘lu bundan 3 yil avval 2018 yil 22 may kuni Antalyada bergan bayonotida “Haqiqatni qachon aytamiz, o‘lgandan keyin aytamizmi, qachongacha qo‘rqib yashaymiz, inson bir marta o‘ladi, ming marta o‘lmaydi”, “falastinlik birodarlarimiz va Quddusni himoya qilish uchun u erga xalqaro kuch yuboramiz. Bundan so‘ngra (Isroil) istagan paytda Falastinga hujum uyushtira olmaydi”, “Bundan so‘ngra faqat baqir-chaqir qilib tanqid qilmaymiz, amaliy qadamlar tashlaymiz”, “Faqat tanqidlar bilan masala hal bo‘lmaydi, aniq qadamlar tashlashimiz lozim”, degan gaplarni aytgan edi. Ammo bugungi kunda (Isroil) o‘z jinoyatlarini avvalgidan ham kuchliroq davom ettirayotganiga butun dunyo guvoh bo‘lib turibdi.

Darvoqe, Ummat Islom o‘lkalari rahbarlaridan o‘z armiyasini Falastinga xalqaro tinchlikparvar kuch sifatida yuborishi so‘ramayapti. Balki bosqinchi (Isroil) kuchlarini yanchib tashlaydigan armiya yuborishini talab qilmoqda. Chunki u erda urush bo‘lmayapti, bosqinchi (Isroil) kuchlari qurolsiz oddiy xalq ustida qirg‘in o‘tkazyapti. Bunday paytda – Suriyada bo‘lgani kabi – xalqaro qonunlar bahonasida kufr manfaatlarini himoya qilib beradigan tinchlikparvar kuchga ehtiyoj yo‘q. Balki takbir sadolari ostida muborak zaminni ozod etib, bosqinchi yahudiylardan tozalaydigan jangavor kuch lozimdir. Islom Ummati Turkiyadan va undan boshka Misr, Pokiston kabi Islomiy o‘lkalaridan mana shunday armiya yuborishini talab qilmoqda.

Qiyomuddin Sharif

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.