Rossiya hukumati dunyoga nurni olib chiqayotgan Hizb ut-Tahrir a’zolariga zulm qilib, ularni qiynoqqa solmoqda

317
0

Rossiya hukumati dunyoga nurni olib chiqayotgan Hizb ut-Tahrir a’zolariga zulm qilib, ularni qiynoqqa solmoqda

Uning xatti-harakatlari bizga fashizm va natsizmni eslatadi

Rossiya Jazoni ijro etish federal xizmati (FSIN) erto‘lalarida mahbuslarga qo‘llangan dahshatli qiynoqlar tafsilotlari 2021 yil boshidan buyon jamoatchilikka ma’lum bo‘la boshladi. 2021 yil 23 fevralda «Novaya gazeta» qiynoqlar aks etgan video lavhani e’lon qildi. Video lavhalar orasida 2017 yilda Yaroslavl qamoqxonasida tasvirga olingan ikkita mahbusning video lavhasi bor. Bu ikki mahbusning biri musulmon, ikkinchisi nasroniydir.

Videolardan birida mahbuslardan biri yalang‘och echinishga va oyoqlarini kerib egilishga majbur qilingan. Bu holatni ko‘plab politsiyachilar kuzatib turgan. Kuzatib turganlar orasidagi politsiyachi ayol qo‘lidagi «orqa teshikni kengaytiruvchi» moslamani mahbusga qo‘llamoqchi bo‘lgan! Mahbus bu xunuk xatti-harakatni qo‘llanishidan bosh tortganida, ular uni stolga majburan yotqizib, tayoqlar bilan kaltaklashgan. Jurnalistlarning aytishicha, mahbus ko‘p o‘tmay ichki qon ketishdan kasalxonada vafot etgan.

Boshqa bir videoda 15ga yaqin politsiyachi qamoq muddati tugab, ozodlikka chiqish arafasida bo‘lgan musulmon mahbusni shafqatsizlarcha kaltaklagan. Mahbusning qiynoqqa solinishining sababi shundaki, u shaxsiy buyumlarini, shu jumladan Muqaddas Qur’onni erga uloqtirgan qamoqxona xodimlarining xatti-harakatlaridan g‘azablangan. U bunday qiynoqlardan omon qolish baxtiga muyassar bo‘ldi. Biroq, ozod qilinganidan keyin u ikki hafta davomida kasalxonada yotgan.

Mahbuslarning «Jazoni ijro etish federal xizmati»da shafqatsiz ravishda qiynoqqa solingani to‘g‘risida oshkor etilgan tafsilotlardan biri shuki, mahbuslar qamoqxona ma’muriyati bilan hamkorlik qiladigan «faollar» deb nomlangan ba’zi mahbuslar orqali qiynoqqa solingan. Gulagu.net inson huquqlari loyihasi Irkutsk qamoqxonalaridan birida mahbuslarning qiynoqqa solingani va zo‘rlangani to‘g‘risida hujjatlashtirilgan faktlarni e’lon qildi. «Faollar» Xavfsizlik xodimlarining talabi asosida mahbuslardan kerakli ko‘rsatmalarni shu yo‘l bilan olishgan.

Bu erda biz Gulagu.net tomonidan ochiqlangan shafqatsiz qiynoqlar haqidagi barcha faktlarni sanab o‘tmoqchi emasmiz. Biz «Jazoni ijro etish federal xizmati» direktori Aleksandr Kalashnikovning 2021 yil 25 fevralda Federal qo‘mita yig‘ilishida bildirgan Irkutsk viloyati qamoqxonasidagi tergov natijalarini keltirib o‘tamiz. Unga ko‘ra, mahbuslarning 41 nafari qiynoqqa solinganligi aniqlangan. 47 kishining zo‘rlash qurboni bo‘lganini tan olgan. Bundan tashqari, mahbuslarni zo‘rlaganlarning uchtasi OITS ekanligi rasman isbotlangan.

Irkutsk viloyatidagi «Jazoni ijro etish federal xizmati» markazlarida qiynoqqa solingan diniy mahbuslarning kelib chiqishi bizga ma’lum emas. Biroq Rossiyada mahbuslarga nisbatan g‘ayriinsoniy munosabat haqida ushbu faktlar shu yil boshidan beri e’lon qilinmoqda. Ular Rossiya bo‘ylab qamoqxonalar faoliyatining mohiyati haqida tasavvur beradi. Biz Rossiyadagi musulmonlar qonuniy asoslarsiz sud qilinayotganini va og‘ir sharoitlarda yakka tartibda qamoqqa tashlanganini bilardik. Bu terrorizm va fundamentalizm singari uydirma ayblovlar bilan hibsga olingan musulmonlarning yashash sharoitlari to‘g‘risida tasavvur beradi. Bundan tashqari, qamoqxona ma’muriyati ularga cho‘chqa go‘shti bergani sababli musulmon mahbuslar och qolmoqdalar.

«Memorial» inson huquqlari markazi o‘zining veb-saytida 297 nafar siyosiy mahbus ro‘yxatini o‘z ichiga olgan hisobotni e’lon qildi. Hisobotda ro‘yxatdagi ismlarning deyarli barchasi musulmon ekanligi aytilgan. Ta’kidlanishicha, mahbuslarning aksariyati (191 mahbus) Hizb ut-Tahrir a’zolari, shuningdek, Tablig‘ jamoati va Said Nursiyning izdoshlari kabi boshqa musulmonlardir. Hisobotda ushbu ro‘yxat to‘liq emasligi ta’kidlangan. Ro‘yxatda keltirilgan ismlar faqatgina ishlarini o‘rganib chiqish mumkin bo‘lgan shaxslardir. «Memorial» inson huquqlari markazining bildirishicha, mazlumlar soni kamida uch-to‘rt baravar ko‘p. Ammo ular haqida talab qilingan ma’lumotlar hali etib kelmagani yoki to‘liq o‘rganib chiqilmagani uchun ularning nomlari bu ro‘yxatda ko‘rsatilmagan. Memorial markazining bildirishicha, ro‘yxatda ko‘rsatilgan raqamlar markaz tomonidan o‘rganib chiqilgan mahbuslar sonidir.

Hisobotda ta’kidlanishicha, Rossiyada asossiz ravishda terroristik tashkilot deb topilgan Hizb ut-Tahrirga a’zolikda ayblanayotganlar bir necha yil oldin boshqa modda bo‘yicha ayblanganlar. Ya’ni jinoyat kodeksining ekstremistik tashkilotlar faoliyatida ishtirok etganligi uchun 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishni nazarda tutgan moddasi bo‘yicha ayblanganlar.

Qonunchilikning qattiqlashishi shunga olib keldiki, bugungi kunda Hizb ut-Tahrir a’zolariga qonunning yangi «Terroristik tashkilot tuzish va uning faoliyatida ishtirok etish» moddasi bo‘yicha ayblov qo‘yiladigan bo‘lib qoldi. Ushbu moddada umrbod qamoq jazosi, shuningdek, 24 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanishi mumkin.

Ma’lumki, mamlakat va dinlar o‘rtasida qonunlar bir-biridan farq qiladi. Ammo, nohaq ayblov barcha qonun va shariatlarda qoralanadi. Chunki, biron bir narsani unga teskarisi bo‘lgan narsa bilan sifatlash aqliy aksiomalarga zid keladi. Shu jihatdan, Hizb ut-Tahrirni «terroristik» harakatlarni sodir etganlikda ayblash asl haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Chunki, Hizb ut-Tahrirning da’vatdagi tariqati fikrga asoslanishi va Hizb o‘z a’zolarining ushbu tariqatdan uzoqlashishlariga yo‘l qo‘ymasligi barchaga ma’lum. Dunyo xalqlari orasida Hizb olib borayotgan siyosiy, saqofiy va fikriy tadbirlar bunga dalildir. Shunga qaramay, Hizb ut-Tahrir a’zolariga soxta ayblovlar asosida jazo berilishi hali ham davom etmoqda.

Qonunlarning kuchaytirilishi bilan Tatariston, Boshqirdiston, Moskva, Peterburg, Chelyabinsk, Tyumen va boshqa shaharlarda Hizb ut-Tahrir a’zolariga qarshi keng qamoqqa olish ishlari olib borildi. Qrim bosib olingandan keyin u erdagi musulmonlar ham hibsga olingan. Xavfsizlik kuchlarining ishi mahkama jarayonini nazoratga olib, musulmonlarni ozodlikdan mahrum qilishgagina cheklanib qolgani yo‘q, balki qamoqxonalarda ham ayblovlarni to‘qib chiqara boshladilar. Mana shu shafqatsiz sahnalardan ba’zilari:

Mirzobarot Mirzosharipov Peterburgda Hizb ut-Tahrirga a’zoligi uchun 5 yillik qamoq jazosini oldi. 2019 yil 21 martda qamoqqa tashlanganida, uni «faollar» shafqatsizlarcha kaltaklashgan. U qamoqdagi «jazoni ijro etish» ma’muriyati xonasiga kirganida, bir zobit uning tomog‘iga pichoq taqagan. Keyin ular Hizb ut-Tahrir haqida boshqa yollangan mahbus bilan birga savollar berishni boshlaganlar. Mirzobarot zobitlarning savollariga javob berib, ularga Hizbning fikriy faoliyat olib borishini, zo‘ravonlikka tayanmasligini va Hizbni terrorizmda ayblash uchun soxta ayblovlar to‘qib chiqarilganligini ta’kidlagan. Mirzobarotga Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 205-moddasi 2-qismining 1-bandiga binoan ayb qo‘yildi. U besh yillik qamoq jazosini o‘tab bo‘lganidan keyin, yana uch yilga ozodlikdan mahrum etildi. U ikki yilni qamoqxonalarda va bir yilni qattiq tartibli qamoqxonada o‘tkazdi.

Galiullin Rinat Chelyabinskda istiqomat qiladi. Galiullin Hizb ut-Tahrirga a’zoligi uchun 5 yillik qattiq tartibdagi qamoq jazosiga hukm qilindi. U ozodlikka chiqqan kuni yangi uydirma ayblovga duch keldi. Keyin u yana hibsga olinib, qamoqdan chiqarilmagan va tergovga yuborilgan. 2018 yil 17 avgustda – Hizb ut-Tahrir «terroristik» tashkilot emasligiga hamda uni bunday deb ta’riflab bo‘lmasligiga qaramay – u «terroristik tashkilot faoliyatida ishtirok etish» ayblovi bilan 205-modda 5-qismining 2-bandiga binoan 8 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Raxmonxo‘djaev Zikrulloxon Hizb ut-Tahrirga a’zoligi uchun Moskvada 7 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi. Jazo muddatini o‘tash davomida mahbuslarni Hizb ut-Tahrir g‘oyalariga chaqirishda ham ayblanib, 2018 yil 13 dekabrda Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 205-moddasi 5-qismining 2-bandiga binoan 14,5 yillik qamoq jazosi tayinlandi. Shunday qilib, Zikrulloxon Hizb ut-Tahrirda faoliyat qilgani uchun ikki marta uzoq muddatli qamoq jazosini oldi. Birinchisida 7 yilga ozodlikdan mahrum qilingan bo‘lsa, keyingisida 14,5 yillik qamoq jazosi tayinlandi.

2021 yil 27 yanvarda Qozon shahrida yashovchi Ismanov Zokirjon xuddi shunday qamoq jazosiga hukm qilindi. 2017 yilda u 205-modda 5-qismining 2-bandiga muvofiq 6 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi. 2020 yil oktyabr oyida Birinchi Sharqiy harbiy okrug sudi Zokirjonni «terroristik tashkilotga chaqirish» ayblovi bilan 205-moddasi 1-qismining 1.1-bandigi binoan hamda «terrorizmni ochiqchasiga oqlash» ayblovi bilan 205-moddasi 2-qismining 1-bandiga binoan 9 yillik qattiq tartibdagi qamoq jazosiga hukm qildi.

Asgat Xafizov 2017 yil dekabr oyida 17,5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan. Ular terrorizm faoliyatiga (Jinoyat kodeksining 205-moddasi 5-qismining 1-bandiga) hamda ekstremizm faoliyatiga (Jinoyat kodeksining 282-moddasi 2-qismining 1-bandiga) boshqa yana ikki ayblovni, ya’ni terroristik tashkilot faoliyatida ishtirok etish (205-moddasi 5-qismining 2-bandi) ayblovini hamda terroristik tashkilotga a’zolar yollash (205-moddasi 1-qismining 1.1-bandi) ayblovini qo‘shishdi.

Shuningdek, 16 yilga ozodlikdan mahrum qilingan Hizb ut-Tahrir a’zosi Xamid Igamberdievning ishi bor. U Belgorod qamoqxonasidan Moskvadagi bir kishilik kameraga o‘tkazildi.

Bu holatlarning har biri ochiqdan-ochiq zulmdir. Biroq, bular musulmonlarga, xususan, Hizb ut-Tahrir a’zolariga nisbatan qo‘llangan g‘ayriinsoniy muomalalar ko‘lamini etarli darajada ifoda etmaydi.

Rossiyaning eng keksa huquq himoyachisi Lev Ponomaryovning aytishicha, rejimning shafqatsizligi to‘g‘risida indamaslik qiyin. Xalqaro Memorial markazi tomonidan tashkil etilgan konferentsiyada Lev Ponomaryov so‘zga chiqib: «Hizb ut-Tahrir musulmonlari terroristik harakatlarni sodir etganlik yoki unga tayyorgarlik ko‘rishda ayblanmaydilar. Biror bir hukmda bunday ayblov mavjud emas. Shunday bo‘lsa-da, ular 24 yil, 20 yil, 18 yillik favqulodda qamoq jazosiga hukm qilinishmoqda. Har bir burchakda bu masala haqida gapirish kerak… Zero, sud jarayonlari muntazam davom etmoqda, yuzlab odamlar qamoqqa olinmoqda. Ayrimlari ikkinchi bor qamoq jazosiga hukm qilingan. Mening nazarimda bu haqiqiy fashizmdir».

وَمَا نَقَمُوا مِنْهُمْ إِلَّا أَنْ يُؤْمِنُوا بِاللَّهِ الْعَزِيزِ الْحَمِيدِ

«Ular (mo‘minlardan) faqat u (mo‘min)lar qudrat va maqtov egasi bo‘lgan Allohga imon keltirganlari uchungina o‘ch oldilar» [Buruj 8]

Hizb ut-Tahrir «terrorchi» tashkilot emas. Unga qarshi bunday ayblovlar juda katta yolg‘ondir. 1953 yilda Hizbning tashkil topganidan beri uning tarixi va faoliyatiga nazar tashlasak, bu yolg‘onni osongina rad etish mumkin.

Lev Ponomaryov va «Memorial» inson huquqlarini himoya qilish markaziga musulmon siyosiy mahbuslarga e’tibor qaratgani va Hizb ut-Tahrir a’zolariga ochilgan ishlarda ularni himoya qilgani uchun tashakkur bildiramiz. Shuningdek, Musulmon siyosiy mahbuslar himoyasiga hissa qo‘shgan barcha inson huquqlari tashkilotlari, advokat va faollarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Mahbus musulmonlarga va ularning oilalariga Allohdan sabr tilaymiz. Alloh sabr qiluvchilar bilan birgadir.

Muhandis Salohiddin Azoza

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot bo‘limi raisi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.