Muborak Ramazonda yana bir Uyg‘ur Muslima hibsga olindi!

450
0

Muborak Ramazonda yana bir Uyg‘ur Muslima hibsga olindi!

Muborak Ramazon oyining birinchi kuni saharlik paytida Sharqiy Turkistonlik Zaynab Solih Istanbulda hibsga olindi! Qaramog‘ida voyaga etmagan yosh bolalari va 76 yoshli onasi bo‘lgan Zaynab Solih Turkiyada qonuniy yashash huquqiga ega bo‘lishiga qaramay, hali ham ma’muriy hibsda qolmoqda. Uning qamoqxonada uzoq muddat ushlab turilishi keksa onasi va yosh bolalar uchun qiyinchilikning kundan kunga kuchayishiga sabab bo‘lishi aniq.

Bir tomondan “Sharqiy Turkistonlik birodarlarimizdan hech biri Xitoyga topshirilmagan,  topshirmaydi ham”, deyilar ekan, boshqa bir tarafdan turmush o‘rtog‘i vafot etgan hamda to‘rtta etim farzandi va 76 yoshli keksa onasining ta’minotidan javobgar bo‘lgan Muslima ayolni Xitoyga topshirish uchun aynan muborak Ramazon oyining birinchi kuni saharlik paytida qamoqqa olish nimani anglatadi? Agar u butparast Xitoy hukumatining qo‘liga tushsa, boshiga ne hollar kelishini bir tasavvur qilib ko‘ring.

Bu ishga loqayd bo‘lmagan doiralar va advokatlarning ekstraditsiyani to‘xtatishga qaratilgan urinishlaridan deyarli bir natija chiqmayotgani Turkiya hukumatining “Uyg‘ur Musulmonlarini Xitoyga topshirmaslik” haqidagi da’volarini shubha ostiga qo‘yadi.

Turkiya xalqining 98 foizi musulmon bo‘lsa-da, biroq Erdogan hukumati davlatni Islom mafkurasi asosida emas, kapitalizm mafkurasi asosida boshqarib keladi. Bunday holatda kapitalizmning asosi bo‘lgan manfaat Islomning talabi bo‘lgan uxuvvat (birodarlik)dan ustun qo‘yilishi tabiiy. Shuning uchun Erdogan hukumati Uyg‘ur musulmonlarini Xitoyga topshirmasligini tinmay takrorlasa ham, ammo uning uchun Uyg‘ur musulmonlaridan ko‘ra Xitoydan keladigan manfaat muhimdir. Masalan bundan avval Turkiyaning Izmir shahrida hibsga olingan 59 yoshli qashqarlik muslima ayolni Anqara hukumati Xitoyga ekstraditsiya qilmasligini ma’lum qilgan edi. Biroq oradan hech qancha vaqt o‘tmay, daraksiz g‘oyib bo‘lgan ayol Tojikistonga ekstraditsiya qilingani ma’lum bo‘ldi. Vaholangki uning Tojikistonga hech qanday aloqasi yo‘q edi. Keyin nima bo‘lgani haqida o‘ylab o‘tirishga hojat yo‘q. Agar ba’zi musulmonlarni ekstraditsiya qilmay qo‘yib yuborgan bo‘lsa, albatta uning ortida ham bir manfaat bo‘ladi.

Azizlikni Allohning huzuridan emas, aksincha boshqalardan kutgan Islom o‘lkalarining rahbarlari harbiy yoki iqtisodiy jihatdan kuchli bo‘lgan davlatlarni o‘zlari uchun azizlik manbai qilib olishgan. Ojiza bir ayolni aynan muborak Ramazon oyining birinchi kuni saharlik paytida qamoqqa olish – bu Xitoyga qarata “Biz siz istagan har bir ishga tayyormiz”, degan bir ishoradir. Kapitalizm mafkurasiga asoslangan davlatdan bundan boshqasini kutishning o‘zi nodonlik. Chunki manfaatni har narsadan ustun qo‘yish kapitalizmning tabiatidir.

Qiyomuddin Sharif

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.