Bishkekda namoz, iftorlik va da’vatga cheklovlar kiritish taklif qilindi

321
0

Bishkekda namoz, iftorlik va da’vatga cheklovlar kiritish taklif qilindi

Bishkek shahrida koronavirus bahonasi bilan masjidlarda jamoat bilan namoz o‘qish, juma namozi va hayit namozi uchun to‘planish, Ramazon oyida musulmonlarni iftorlikka chaqirish hamda da’vatga chiqish uchun vaqtincha cheklovlar kiritish taklif qilindi. Mazkur taklif Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy rivojlanish vazirligi tomonidan davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markaziga yuborilgan. Markaz mutaxassislarining bildirishicha ushbu taklif 23 aprel kuni muftiyotga yuborilgan

Muftiyotning matbuot kotibi Maqsat Atabaev hozirda ushbu masala ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qildi.

Sanitariya-epidemiologiya nazorati markazining ta’kidlashicha, to‘y va anjumanlar kabi ommaviy tadbirlarni taqiqlash yoki cheklash masalasi koronavirusga qarshi respublika shtabining qaroriga muvofiq hal qilinadi.

Ma’lumki, o‘tgan yili ham saylovlar arafasida hokimiyat manfaatlariga muvofiq pandemiya tahdidlari bo‘rttirib ko‘rsatilgan edi. Hatto rasmiylar pandemiyaning ikkinchi to‘lqini haqida mish-mishlar tarqatishgan edi.

Bugungi kunga kelib mahalliy kengashga kira olmagan partiyalarning alami, muxolifatning yangi konstitutsiya va chegara masalalariga hujumi, kazinolarning ochilishi va elektr energiyasi bahosiining ko‘tarilishidan odamlarning noroziligi hukumatga tahdid tug‘dirmoqda. Bunday holatda, hukumat xalqning bir joyda to‘planishiga qarshi choralar ko‘rishni musulmonlarning odatdagidek ibodatlariga cheklovlar kiritish bilan boshlamoqchi bo‘lyapti.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.