Bishkek “qizil” zonaga kirdi

344
0

Bishkek “qizil” zonaga kirdi

 Epidemiolog Zuridin Nurmatovning aytishicha, COVID-19 kasalligi ko‘payganligi sababli Bishkek “qizil” zonaga kiritilgan:

 “Poytaxt uch kundan beri “qizil” zonaga kiritilgan. Chuy viloyati “sariq” zonada joylashgan. Boshqa mintaqalarda vaziyat barqaror”, -dedi Nurmatov.

 Sog‘liqni saqlash vazirligida hisob-kitoblar bemorning atrofida qancha odam potentsial koronavirusni yuqtirganligini hisobga olgan holda olib boriladi. Agar bu ko‘rsatkich 50 kishidan oshsa, unda aholi punkti “qizil” zonaning toifasiga kiradi.

 Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy taraqqiyot vaziri Alimqodir Beyshenalievning aytishicha, Qirg‘izistonda koronavirus infektsiyasining uchinchi to‘lqini may-iyun oylarida boshlanishi mumkin.

 Kasalxonalarda 648 bemor ushbu kasallikdan davolanmoqda, ulardan 34 nafarining ahvoli og‘ir.

 Shu bilan birga, Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy taraqqiyot vazirligi allaqachon “COVID-19”ni yuqtirganlarning “qayta yuqtirish holatlari juda kam bo‘lganligi” haqida ogohlantirdi.

 Shu bilan birga, vazirlik tomonidan 29 martda boshlangan emlash hali rejaga muvofiq ketmayapti. Garchi 15 aprelga qadar 75 ming fuqaro immunizatsiya qilinishi kerak bo‘lsada, sakkiz kun ichida faqatgina 545 kishi COVID-19ga qarshi emlandi.

 Ilova: Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov MXDQ raisi Kamchibek Tashievga mamlakat janubida yuz bergan, yuzlab fuqarolar halok bo‘lgan va minglab odamlar yaralangan va jarohatlangan 2010-yilgi fojiali iyun voqealariga oid materiallarni o‘rganishni topshirdi. Bu haqda prezident ma’muriyatining axborot siyosati bo‘limi xabar qildi.

 Xabarda aytilishicha, amalga oshirilgan ishlar natijalariga ko‘ra davlat organlari tomonidan qabul qilingan qarorlar to‘g‘risida to‘liq ma’lumot berish, shuningdek, qonuniylik va xolislikka rioya qilgan holda tegishli qarorlar qabul qilish to‘g‘risida ko‘rsatma berildi.

 Tahlil: Avvalroq, Japarov MXDQ raisi Kamchibek Tashievga 2010-yilgi iyun voqealarini qayta tekshirish vazifasini topshirgan edi. Chunki, Japarov tomonidan ilgari surilgan yangi konstitutsiya loyihasi ko‘plab bahsu munozaralarga va qarshiliklarga sabab bo‘ldi. Yangi konstitutsiyani “xonstitutsiya” deb nomlab olgan g‘arbparast siyosatchilar Rossiyani rozi qilish ilinjida yangilanayotgan va prezident vakolatlarini kengaytiradigan ushbu o‘zgarishlarga jiddiy qarshilik qilib kelishmoqda. Ammo g‘arbparast kuchlar talablariga quloq solmagan Japarov Rossiya qo‘llovini umid qilgan holda konstitutsiya bo‘yicha referendumni 11-aprelga belgiladi. Referendumdan keyin g‘arbparast siyosatchilar tomonidan bo‘lishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy qarshiliklar va xalqni hokimiyatga qarshi ko‘tarishga bo‘lgan urinishlarining oldini olish maqsadida Japarov iyun voqealarini tekshirishni topshirdi. Sababi, 2010 yil iyun voqealarini tashkillishtirishda asosiy rolni g‘arbparast “muvaqqat hukumat” a’zolari o‘ynagan edi. Ushbu qayta tekshirishlar orqali Japarov ularning har biriga qarshi “kompromat” tayyorlab qo‘ymoqchi.

 Qolaversa, Japarov prezidentlikka kelishdan oldin bergan va’dalarini hozirga qadar birortasini bajarmadi. O‘zini “Qumtor” himoyachi sifatida taqdim qilib xalq mexrini qozongan bo‘lsa, prezidentlikka kelgach “Jeruy” oltin konini suvtekinga Rossiyaga berib yuborishi va iqtidorga kelgandan beri narx-navoning kundan-kunga oshib borishi xalqning unga va yangi hukumatga nisbatan bo‘lgan ishonchini yo‘qqa chiqarmoqda. Bundan tashqari, Japarov may oyiga borib “svet” narxini arzonlashtirishni ham va’da qilgan. Biroq, Sadir Japarov “Kazinform”ga bergan intervьyusida: “To‘qtagul suv ombori bilan bog‘liq vaziyat hozirgidek davom etsa, “halokatli holatga kelib qoladi”. Shu sababli qo‘shni mamlakatlardan elektr energiyasi importiga oid masalalar ko‘rib chiqilayotganini, Qozog‘iston 0,9—1 milliard kVt/soat elektr energiyasini eksport qilishga tayyorligini bildirdi”, – degan edi. Bundan hulosa qilish mumkinki, Japarovning bu va’dasi ham bajarilmasligi aniq. Tabiiyki, bunday vaziyatdan g‘arbparast kuchlar o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanib qolishga harakat qilishadi. Ular referendum va bajarilmagan va’dalarni ro‘kach qilib xalqni hokimiyatga qarshi ko‘tarishlari mumkin. Shu vaqtga qadar bo‘lgan barcha davlat to‘ntarishlarida Bishkek asosiy rol o‘ynadi. Aslida ham o‘zgarishlar poytaxtdan boshlanadi va mamlakatning boshqa hududlariga tarqalishi tabiiy. Shu sababli ham rasmiy hukumat ehtimoliy norozilik va mitinglar oldini olish maqsadida Bishkekni hozircha “qizil” zonaga aylantirdi. Agar vaziyat qaltislashadigan bo‘lsa koronavirus bahonasida poytaxt to‘lik karantin holatiga olinadi. Bunga hozirdan tayyorgarlik ko‘rish boshlandi. 12 apreldan boshlab Bishkek shahridagi maktablar va bolalar bog‘chalarida o‘quv jarayoni yana onlayn formatga o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.