Joriy yilgi Ramazon oyi hilolini kuzatish

185
0

Joriy yilgi Ramazon oyi hilolini kuzatish

 Joriy yilning 11-aprel kuni hijriy Sha’bon oyining 29-siga to‘g‘ri kelmoqda. Demak, shu kuni kun botishida Ramazon oyining hiloli kuzatiladi. Agar yangi oyning shar’iy ko‘rinishi tasdiqlansa, u holda 12-aprel muborak Ramazon oyining birinchi kuni bo‘ladi. Ammo, agar yangi oy ko‘rinmasa yoki oyning shar’iy ko‘rilgani o‘z tasdiqini topmasa, Sha’bon oyi to‘liq oxiriga etkazilib, o‘ttiz kun qilinadi. Ertasi, 13-aprel Ramazon oyining birinchi kuni bo‘ladi.

 Buxoriy o‘zining sahihida Muhammad ibn Ziyod orqali ushbu hadisni keltirdi. Muhammad ibn Ziyod aytadi, men Abu Hurayra roziyallohu anhuning bunday deganlarini eshitgandim: Nabiy sollallohu alayhi va sallam yoki Abu Qosim sollallohu alayhi va sallam aytdilar:

«صُومُوا لِرُؤْيَتِهِ وَأَفْطِرُوا لِرُؤْيَتِهِ فَإِنْ غُبِّيَ عَلَيْكُمْ فَأَكْمِلُوا عِدَّةَ شَعْبَانَ ثَلاَثِينَ»

“Oyni ko‘rib ro‘zani boshlanglar, oyni ko‘rib ro‘zani tugatinglar. Agar havo bulut bo‘lsa, sha’bon oyining sanog‘ini to‘la o‘ttiz kun qilinglar”.

 Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, Nabiy sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Uni (hilolni) ko‘rib ro‘za tutinglar va oyni ko‘rib og‘iz ochinglar, agar bulutlar sababli u ko‘rinmasa, sanoqni to‘liq (sha’bon oyini o‘ttiz kun) qilinglar.

 Ramazon ro‘zasini orziqib kutayotgan qadrli musulmon birodarlarimizga

NASIHAT

 Avvalo, Ramazon oyining savoblariga erishishimizga imkon bergan Alloh taologa hamdu sanolar aytamiz

 Ro‘za tutish namunasini mukammal ko‘rsatib ketgan Allohning Rasuliga salotu salomlar, Taqvoda Rasulullohga ergashgan musulmonlarga Allohning tinchligini tilaymiz

 Bismillahir-Rohmanir-Rohiym

 Qadrli dindosh birodarlar!

 Ramazon oyi ro‘zasi boshlanishi munosabati bilan sizlarga bir nasihat yo‘lashni lozim topdik.

 Ma’lumki, oy hisobi bo‘yicha ba’zi oylar 29-kuni yangilansa, ba’zilar 30-kuni yangilanadi. Shu sababli yakunlanib borayotgan sha’bon oyi ham 29-sida yoki 30-sida yangilanishi mumkin. Shuning uchun ham ushbu kun “shak” deb ataladi. Joriy yilda sha’bon oyining 29-si 11-aprelga to‘g‘ri kelmoqda. Shuning uchun, musulmonlar 11-aprelda, kechqurun ramazonning yangi oyi (hiloli)ni kuzatishlari zarur. Shu sababli, imkoniyati bor musulmonlar shu kuni oyni kuzataylik. Eslatib o‘tamiz, yang oy ko‘ringani haqidagi xabar adolatli (fosiq bo‘lmagan) musulmondangina qabul qilinadi.

 Agar bizning diyorda oyni ko‘ra olmasak, dunyoning qolgan erlarida oy ko‘ringani to‘g‘risidagi xabarlarni kuzatamiz. Agar biron bir mamlakatdan, adolatli bir musulmonning oyni ko‘rganligi shar’iy tasdiqini topsa, u holda biz uchun ham ro‘za boshlanadi. Ammo, bunday xabar kelmasa, unda sha’bon oyini o‘ttiz kun qilib to‘liqlaymiz.

 Buni aytayotganimiz sababi, agar oy ko‘rinmasdan ro‘za tutsak, gunohkor bo‘lamiz. Bu o‘rinda “bir kun oshiqcha tutsak yaxshi emasmi” deyilmaydi. Chunki, bu kuni oyni ko‘rmay turib ro‘za tutishdan qaytarilganmiz. Shu bilan birga, oy ko‘rinsa ham ammo shu kuni ro‘za tutmay, ro‘zani ramazonning 2-kuniga qoldirib qo‘yish gunohidan ham saqlanaylik. Masalan, 11-aprelda oy ko‘rinsa ro‘za 12-aprel kunidan boshlanadi, uni 13-aprelga qoldirish mumkin emas. Shuningdek, Ramazon hiloli Qadr kechasi va Hayt kunini to‘g‘ri belgilashga ham taalluqli.

 Bu o‘rinda, “astronomik hisob-kitoblarga ko‘ra”, “mintaqamizning geografik joylashuviga muvofiq” yoki “Saudiya shunday belgilapti”, “Turkiya bunday belgilapti” yohud “Muftiyot shunday fatvo chiqaripti” degan bahonalar uzrga o‘tmaydi. Bunda faqat haqiqiy shar’iy kuzatish bilan oy ko‘rilgani o‘z tasdiqini topilishi shart qilinadi.

 Barcha musulmonlar mana shu shar’iy hukmni mahkam ushlasak, butun dunyo musulmonlari bir xil ro‘za tuta olamiz va bu butun dunyo musulmonlari birligining bir ko‘rinishi bo‘ladi. Buni bilgan kufr boshchilari – birligimizni buzish uchun – ro‘zani turli kunlarga belgilanishiga alohida e’tibor qaratishadi. Bunday makkor niyatlarini bizlarning malay rahbarlarimiz va ularning “saroy ulamolari” orqali amalga oshirishadi. Shu tufayli, musulmon yurtlari hisoblanmish turli mamlakatchalarda Ramazon ro‘zasi turli kunlarda boshlanib qelmoqda.

 Bunday qora niyatning oldini olishning yagona yo‘li ushbu masalada shar’iy hukmga qat’iy rioya qilishdan iborat.

Allohim sizlarga oyni ko‘rib ro‘za tutishni va oyni ko‘rib og‘iz ochishni nasib qilsin

Allohim sizlarni ro‘zaning barcha yaxshiliklariga erishtirsin.

 Turkiston

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.