Mahalliy hokimiyat saylovlarida qatnashishning shar’iy hukmi

189
0

Mahalliy hokimiyat saylovlarida qatnashishning shar’iy hukmi

Savol: assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuhu, mahalliy hokimiyat saylovlarida qatnashishning shar’iy hukmi nima?

Javob: va alaykumussalom va rohmatullohi va barokatuh.

a)            Aslini olganda mahalliy hokimiyat odamlarga xizmat ko‘rsatish va ma’muriy ishlarni bajaradi. Mana shu jihatdan olib qaraganda undagi saylovlar joiz ishlardan. Biroq, unga juda ko‘p ishlar bog‘langan bo‘lib, u hatto – ayniqsa bizning yurtlarda – hukumat siyosati bilan shug‘ullanadigan va uni qo‘llab-quvvatlash uchun odamlar ovozini to‘playdigan hukumat organiga aylanib qolgan. Bundan tashqari, u shar’an harom qilingan ishlarga bevosita ruxsat (litsenziya) beradi.

b)           Shahar hokimiyatining asl voqe’ligi shuki, u ma’muriy ishlarni bajaradigan o‘zicha mustaqil boshqarma emas. Balki, u hukumatning ijroiy organi bo‘lib, amalda hukumatga bo‘ysunadi. Hukumat o‘zi istagan har qanday siyosiy faoliyatni unga vazifa qilib yuklaydi. Bundan tashqari, mahalliy hokimiyat pulni noshar’iy yo‘lda tasarruf etadi. Shuning uchun mahalliy hokimiyatni siyosiy hukumatdan mustaqil boshqarma, ya’ni ma’muriy xizmatlarni bajaruvchi bir organ deya tushunib, u to‘g‘rida shar’iy hukm berilmaydi. Chunki u faqat nomdagina emas, balki, amalda ham hukumat organlariga bo‘ysunadi. Hukumat hatto mahalliy kengash tomonidan bir ovozdan qabul qilingan qarorlarni ham bekor qila oladi.

v)            Mana shu jihatdan olib qaraganda mahalliy saylovlarda qatnashish joiz bo‘lmaydi. Agar mahalliy hokimiyat o‘zining asl holatida bo‘lib, muboh ishlar sanalgan xizmat ko‘rsatish va ma’muriy ishlar bilan shug‘ullanganda edi, saylovlarda qatnashish joiz bo‘lgan bo‘lar edi… Boshqacha aytganda, modomiki mahalliy hokimiyat voqeligi yuqorida aytib o‘tilgan sifatlarga ega bo‘lar ekan, biz bu saylovlarda qatnashmaymiz. Ammo, mahalliy hokimiyatlar o‘zicha mustaqil siyosiy muassasa bo‘lib, ishlariga siyosiy hokimiyat aralashmaydigan bo‘lsa, saylovlarda qatnashish joiz bo‘ladi.

                11 muharram 1438h

                12 oktbyar 2016m

Hizb ut-Tahrir amiri olim, shayx Ato ibn Xalil Abu Roshtaning Feysbuk sahifasidagi ziyoratchilarning bergan savollariga javoblaridan (fiqhiy)

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.