Falastin masalasi xalqaro, regional va mahalliy o‘zgarishlar manzarasida

318
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Falastin masalasi xalqaro, regional va mahalliy o‘zgarishlar manzarasida

(Birinchi qism)

Doktor Ibrohim Tamimiy

Hizb ut-Tahrirning muborak Falastin

zaminidagi matbuot bo‘limi a’zosi

Donalьd Tramp ma’muriyatining ketishi hamda Jo Bayden ma’muriyatining oq uyga kelib, o‘z vazifalarini bajarishga kirishganiga ikki oyga yaqin vaqt o‘tishi bilan, Falastin masalasida ko‘plab savollar ko‘tarila boshladi. Ulardan eng muhim savollar: sodir bo‘lgan o‘zgarishlar hamda Jo Baydenning AQSh tashqi siyosatini yurgizishi Falastin masalasiga qanchalar ta’sir qiladi? Xususan, Tramp o‘zining boshqaruvi davomida «Asr kelishuvi»ga muvofiq Falastin masalasini yo‘q qilish uchun amaliy qadamlar tashlaganidan, Jo‘lonni yahudiy vujudiga annektsiya qilinganini e’lon qilganidan va bu vujud bilan musulmon yurtlaridagi malay rejimlar o‘rtasida munosabatlarni normallashtirish kelishuviga rahnamolik qilganidan so‘ng endi Bayden ma’muriyati ichki ko‘plab muammolar paytida bu masalalarga oid qanday pozitsiyani egallaydi? Shuningdek, Bayden Falastin masalasini kun tartibiga qo‘yib, kurashni eski yoki yangi siyosiy qarashlarga binoan davom ettiradimi? U Trampning ikki davlat echimidan iborat eski yo‘lidan uzoq ravishda qabul qilgan rejalarini bekor qilib, yahudiy vujudiga real bosimlar o‘tkazadimi? Falastin rejimi bilan fraktsiyalarning Bayden hokimiyat tepasiga kelgan bir paytda saylovlar o‘tkazishlariga AQShning yangi ma’muriyati qanday qayraydi? Misrning Falastindagi saylovlar yakunini nazorat qilish roli qanday mohiyatga ega? Yahudiy vujudining bu saylovlarga munosabati qanday, ularga to‘sqinlik qilishga harakat qilyaptimi? Quddusi Sharif ahlining saylovlarda qatnashishining siyosiy voqeligi qanday?

Ushbu savollarga javob berishdan avval quyidagilarni eslatib o‘tish lozim: Amerika dunyoda birinchi davlat. U o‘zining real raqibi bo‘lgan Sovet Ittifoqi parchalangandan so‘ng olam ustidan kekkayib, o‘zini uning egasi va raqobatchisiz etakchisi, deb bilmoqda. U dunyoning yirik masalalariga, shu jumladan, asosan Falastin masalasini o‘z ichiga olgan Yaqin Sharq masalasiga o‘zini javobgar, deb hisoblab, ayni masalalarning qo‘lidan chiqib ketishi uning dunyo markazidan ayanchli ravishda qulashiga, siyosiy, iqtisodiy va harbiy darajada yutqazishiga olib borishini yaxshi biladi. Shuning uchun Amerika bu masalalarni qo‘ldan chiqarmaydi, boshqa davlatning ularga aralashishiga yo‘l qo‘ymaydi, faqat o‘zi istagandek aralashishiga yo‘l berishi mumkin. Bu narsa Evropaning, ayniqsa, Britaniyaning mintaqadagi qolgan siyosiy vositalari orqali Amerikaga muammolar tug‘dirmasligini anglatmasa-da, lekin bu muammolar mustaqil loyihalarni tiqishtirish va Amerika loyihalariga qarshi chiqish darajasida bo‘lmaydi. Amerikaning dunyoga hukmronlik qilish tuyg‘usi hanuz mavjud, xususan, Evropa zaiflashib, Amerikaga real raqobatchi topilmayotgan va o‘tgan o‘nlab yillar davomida uning siyosiy vositalari ko‘paygan bir paytda, Amerikada xalqaro yirik masalalarni o‘z qo‘lidan chiqarmaslik fikri hamon amalda mavjud bo‘lib turibdi.

Xo‘sh, Bayden yana Falastin masalasini kun tartibiga qo‘yib, kurashni eski yoki yangi siyosiy qarashlarga binoan davom ettiradimi?

Bunga javob berishdan oldin shuni ta’kidlash lozimki, yirik masalalar bilan bog‘liq siyosiy ishlarni, ayniqsa, Yaqin Sharq masalasini qayta kun tartibiga qo‘yish Amerika ularni tark etganini yoki ulardan voz kechib, boshqa yirik davlatlardan birortasi to‘ldirishi mumkin bo‘lgan siyosiy bo‘shliqni paydo qilganini anglatmaydi. Chunki Amerika bu masalalardan voz kechsa, xalqaro darajada pastlab, global qulashga yuz tutadi. Balki Amerikaning ayni masalalarni kun tartibiga qo‘yishi shuni anglatadiki, AQSh siyosatida o‘ziga xos ustuvor yo‘nalishlar hamda krizis va tashvishlar mavjud. Shu bois ba’zi ishlarni ustuvor vazifa sifatida kun tartibiga qo‘yishiga, yana ba’zilarini tokchaga tashlab, ularni ustuvor vazifalardan bo‘shagan paytda qayta qo‘lga olishiga to‘g‘ri kelyapti. Bu hol Falastin masalasi kabi ustuvor va diqqatni talab qiladigan murakkab masalalarda bo‘ladi. Hozirda Amerikaning o‘zida ichki krizislar mavjud, amerikalik xalqlar o‘rtasida bo‘linish va siyosatchilarining o‘zaro yoqalashish holatlari va bundan boshqa katta masalalar bor. Amerika mana shularning barchasidan aziyat chekib, ular bilan alohida e’tibor qaratib shug‘ullanishi kerak bo‘lyapti, masalan, Yaqin Sharq masalasi kabi. Chunki ehtimolga ko‘ra, Falastin masalasi kun tartibidan olib tashlanib, bu masalani yo‘q qilishga jiddiy harakat qilinmagan holda, Bayden ma’muriyati tomonidan shu xususda ruxsat berilgan doiraga muvofiq olib borilishi mumkin. Shuning uchun ham biz Baydenning Davlat departamenti tomonidan bergan bayonotida Falastin masalasiga umuman to‘xtalmaganini ko‘rdik va bu odatdan tashqari hol. Davlat kotibi Blinken bunday bayonot berdi: «Prezidentning va shaxsan mening fikrimiz shuki, falastinliklarga huquqiy davlat berish barobarida, «Isroil»ning kelajagini yahudiy davlati sifatida ta’minlashning yagona yo‘li ikki davlat echimidir. Lekin, menimcha, aslida qisqa vaqt ichida bu borada biror narsaga erishish qiyin bo‘ladi». Blinken ikki tomonni «ushbu jarayonni murakkablashtiradigan qadamlar tashlashdan saqlanish»ga chaqirdi. Shuningdek, Bayden avvalroq qilgan bayonotida ham bu masalani yaqin kelajakda hal etishni istisno etgan.

Amerikaning bu holati o‘zgarishi ham mumkin. Ya’ni, Bayden ma’muriyati vayronalar, inqirozlar va ichki bosimlar ostidan chiqib, oyoqqa turib, ba’zi tashqi masalalar va muammolarni hal qilish orqali muvaffaqiyatga erishadigan bo‘lsa, Falastin masalasini eski yo‘l bo‘yicha, ikki davlat echimiga muvofiq qayta jiddiy ravishda qo‘zg‘atishi mumkin. Buni Bayden o‘zi ketib, o‘zi bilan ma’muriyati ham tamom bo‘lgan Trampning «Asr kelishuvi» asosida bo‘lmasligini bir necha bor ta’kidladi.

Bayden Trampning ikki davlat echimidan iborat eski yo‘lidan uzoq ravishda qabul qilgan rejalarini bekor qilib, yahudiy vujudiga real bosimlar o‘tkazadimi?

Bu erda Trampning rejalari-qadamlaridan murod elchixonani ko‘chirish, Jo‘lonni annektsiya qilinishi, munosabatlarni normallashtirishdir. Bunga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz:

AQSh elchixonasini Quddusga ko‘chirish Bill Klinton prezidentligi davrida Kongress tomonidan qabul qilingan. Qaror tasdiqlanishni kutib muzlatilgan edi, Tramp kelib uni 2017 yil amalga oshirdi. Aslida, shaklan tushunarsiz bo‘lgan bu qaror Amerikaning ikki davlat echimiga zid kelmaydi. Chunki uning matnida faqatgina elchixonani Quddusga ko‘chirish aytilgan. AQSh loyihasiga ko‘ra, G‘arbiy Quddus Quddusning va yahudiy vujudining bir qismidir. Shuning uchun noaniq va umumiy ravishda aytilgan elchixonani ko‘chirish to‘g‘risidagi bu qarorni AQShning ixtiyori bilan amalga oshadi hamda amerikacha klassik versiyadagi ikki davlat loyihasiga muvofiq bo‘ladi, degan ma’noda tushunish mumkin. Shu bois biz Demokratlar va Respublikachilar doxil Senatning 2021 yil 5 fevralda elchixonani Quddusda qoldirishni bir ovozdan tasdiqlaganini guvohi bo‘ldik, bunda Tramp ketib, Bayden kelgani e’tiborga olinmadi hamda bu ish tanqid ham qilinmadi. Shuning uchun ko‘chirish qarori Bayden ma’muriyatida garchi o‘zgarmasa-da, biroq yangi ma’muriyat bu ishni ikki davlat echimi va yakuniy loyiha nuqtai nazari bo‘yicha amalga oshirmoqchi, Trampning «Asr kelishuvi» bilan emas. Buni Blinkenning «CNN» teleradiokompaniyasi savoliga bergan javobi ham tasdiqlab turibdi. O‘shanda undan Sharqiy Quddusning maqomi qanday bo‘lishi va vazirning Quddusni Falastin davlatining poytaxti, deya tasavvur qilishi haqida so‘ralganda bunday javob qilgan edi: «Biz ikki tomonning to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchrashuv o‘tkazib, yakuniy maqom masalalari bo‘yicha muzokaralar olib borishlarini kutib qolamiz. Maqsad mana shudir». Bundan oldin u «Quddusning «Isroil» poytaxti bo‘lib, elchixona saqlanib qolishi»ni ta’kidladi. Shu sababdan, bu qaror o‘zgarmaydi, ammo Bayden uni ikki davlat echimi bo‘yicha amalga oshiradi.

Jo‘lonni annektsiya qilish qarorini Tramp 2019 yil 25 mart kuni qabul qilib, yahudiy vujudining bosib olingan Jo‘lon ustidan to‘liq suverenitetini tan oldi. Buni Tramp oldingi ma’muriyatlarning ayni masalada qo‘llab kelgan siyosatlaridan yiroq ravishda amalga oshirdi. Bu qaror AQShning Jo‘lon masalasi bilan bog‘liq klassik qarashlariga batamom zid. Chunki bu qarashlar Jo‘lon masalasini real voqelik talabi asosida emas, balki muzokaralar orqali hamda yahudiy vujudi bilan Misr o‘rtasidagi Kemp-Devid shartnomasi doirasida hal etishga tayangan. Shu bois, Bayden ma’muriyati Davlat kotibi Blinken orqali ayni qarorni tanqid qilganiga guvoh bo‘ldik. Blinken «CNN»ga g‘oyat diplomatik ohangda bunday dedi: «Amaliy ma’noda olganda, men bugungi vaziyatda Jo‘lonni nazorat qilish «Isroil» xavfsizligi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib qoladi, degan fikrdaman. Huquqiy savollar esa boshqa masala. Agar Suriyadagi vaziyat o‘zgarsa, Jo‘lon masalasini ko‘rib chiqishimiz mumkin. Ammo biz hozir buni hech qanday tarzda ko‘rib chiqishga yaqin emasmiz». Ya’ni, Bayden qarorni tan olmagan holda yo‘q qilish variantini tanladi. Ayniqsa, bu qarorning Jo‘londa hech narsani o‘zgartirmaganini e’tiborga olganda, Baydenga shuning o‘zi kifoya. Zero, Jo‘lon 1967 yildan beri yahudiylar tomonidan bosib olingan holda turibdi. Ular Jo‘lonni 1981 yil annektsiya qilganini e’lon qilishgan. (Davomi bor).

Roya gazetasining 2021 yil 10 mart chorshanba kungi 329-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.