Aholi qashshoq, narxlar esa osmonda

435
0

Aholi qashshoq, narxlar esa osmonda

2020-2021 yillar dunyo xalqlari, shu jumladan bizning mamlakatimiz uchun ham og‘ir kechmoqda. Karantin, ishsizlik va davlatlar o‘rtasidagi aloqalarning uzilishi shundoq ham nochor ahvolda qolgan iqtisodimizni inqirozga uchratdi. Ushbu inqirozning oqibatlari to‘g‘risida turli xil taxminlar mavjud. Masalan, Jahon banki 2021 yilga kelib Qirg‘izistonda qashshoqlik darajasi 35%ga etishiini bildirdi, aniqrog‘i, Qirg‘izistonning qariyb uchdan bir qismi qashshoqlikka tushib qolishi kutilmoqda. Jahon bankining ta’kidlashicha, 2020 yilda iqtisodimiz 8,6%ga pasaygan va so‘m dollarga nisbatan 19%ga qadrsizlangan. Ushbu omillar oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining ko‘tarilishiga sharoit yaratdi, hatto ba’zi tovarlarning narxi 50%dan oshib ketishiga sabab bo‘ldi. Milliy statistika qo‘mitasining ma’lumotiga ko‘ra, o‘simlik yog‘i 54,6%, kartoshka 46,3%, tuxum 35,4%, go‘sht 27,5%, un 16,5% qimmatlagan, shuningdek, sut, shakar, tovuq go‘shti va ichimliklarning ham narxlari ko‘tarilgan. Yoqilg‘i narxlari esa davomli kutilib, yozda benzinning narxi 60 so‘mgacha etishi aytilmoqda. Bu ham o‘z navbatida, oziq-ovqat narxlarining oshishiga ta’sir qiladi.

Kambag‘allikning global darajasiga nazar soladigan bo‘lsak, pandemiya boshlangan paytda qashshoqlik chegarasida yashagan milliardlagan odamlar o‘z daromadlaridan mahrum bo‘lgan, ularning inqirozni engib o‘tishlariga umid yo‘q. Bundan tashqari, ish o‘rniga ega aholining daromadi 40%ga kamaydi. Ammo boylarning daromadlari, aksincha o‘sib bormoqda. 2020 yil mart oyidan boshlab dunyodaggi eng boy 10 kishining boyligi 540 milliard dollarga ko‘paygan. Oksfam ma’lumotlariga ko‘ra, pandemiyaga qaramay, dunyodagi eng boy 10 kishining umumiy boyligi 1,12 trln dollarga etgan. BMTining savdo va taraqqiyot agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyodagi eng boy sanalgan bir foiz odamlar yana ham boyishda davom etadi.

Bunday holat yuzaga kelishining yagona sababi hozirgi kapitalizm tuzumidir. Xalqaro va mintaqaviy qonunchilik bilan mustahkamlangan ushbu tuzum boylarning yanada boyishiga va kambag‘allarning yanada qashshoqlashishiga yo‘l ochadi. Buning sababi shundaki, ushbu tizim boshqa erkinliklar qatorida mulk erkinligini ham o‘z ichiga oladi, ya’ni har kim xohlagan yo‘l bilan mulkka egalik qilish huquqiga ega. Bunday sharoitda sayyoramizning 90%boyliklariga egalik qiluvchi 10% boylar xohlagancha boyib, qolgan 90% aholi esa, ularning daromadlarini oshirish uchun ekspluatatsiya qilinadi.

Ushbu pandemiya Allohning sinovi bo‘lib, buning ham bir hikmati bor. Chunki, ilgari kapitalistlar ma’lum darajada odamlarni uxlatib, kapitalizmning bu zulmini yashirib kelgan bo‘lsa, ammo hozirgi pandemiya sharoitida kapitalizmning haqiqiy basharasi ochilib qoldi. Shunday og‘ir bir vaziyatda – hatto odamlar ochlikdan yoki sog‘liqni saqlash xizmatidan foydalanish imkoniyati yo‘qligidan o‘layotgan bo‘lsa ham – dunyo boyligini egallab olgan boylar o‘z bizneslarini takomillashtirish va katta daromad olish bilan ovora bo‘layotganiga insonlar o‘z ko‘zlari bilan guvoh bo‘lishdi. Ushbu kapitalizm tuzumi, o‘z nomidan ma’lum bo‘lib turganidek, kapitalistlarning (boylarning) tuzumidir. Shuning uchun ular o‘zlari uchun bunday daromadli tuzumning qulashiga qat’iy qarshi chiqmoqdalar. Demak kapitalizm yo‘q qilinmaguncha, dunyo boyliklarining adolatsiz taqsimlanishi to‘xtamaydi, aksincha kuchayib boraveradi. Yuqoridagi ma’lumotlardan ko‘rinib turganday, bir hovuch boylar boyigancha boyib, oddiy xalq yanada qashshoqlashib boraveradi.

Allohning ushbu hikmatidan saboq olish hamda dunyo boyliklarini faqat bir tarafga oqishini taqiqlovchi Islom iqtisodiyotiga va odamlarning farovonligi va xavfsizligini ta’minlaydigan Islom tuzumiga qaytish vaqti kelmadimi?!

Alloh Taolo Toha surasining 123-124 oyatlarida shunday marhamat qiladi:

إِمَّا يَأْتِيَنَّكُمْ مِنِّي هُدًى فَمَنْ اتَّبَعَ هُدَايَ فَلَا يَضِلُّ وَلَا يَشْقَى وَمَنْ أَعْرَضَ عَنْ ذِكْرِي فَإِنَّ لَهُ مَعِيشَةً ضَنكًا

«Bas, sizlarga Men tarafdan hidoyat kelganida kim Mening hidoyatimga ergashsa, yo‘ldan ozmas va baxtsiz bo‘lmas. Kim Mening eslatmamdan yuz o‘girsa, bas, albatta uning uchun tang – baxtsiz hayot bo‘lur».

Horun Abdulhak

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.