HRW O‘zbekistonni jinoyat kodeksidan gomoseksualizmga oid moddani chiqarib tashlashga chaqirdi

397
0

HRW O‘zbekistonni jinoyat kodeksidan gomoseksualizmga oid moddani chiqarib tashlashga chaqirdi

 “O‘zbekistonda geylar hibs va ta’qiblar bilan bir qatorda gomofoblar hujumiga duchor bo‘lmoqda. Hukumat geylarga teng huquq va erkinlik berishi, gomoseksualizmni jinoyat, deb ko‘ruvchi Sovet davridan qolgan qonunni bekor qilishi kerak!”. Bunday chaqiriq bitilgan bayonotni Human Rights Watch xalqaro tashkiloti 23 martda e’lon qildi.

 Markaziy Osiyo o‘lkalari orasida faqat O‘zbekiston va Turkmanistonda gomoseksualizm uchun jinoiy jazo belgilangan.

 Turkmaniston o‘z qonunini qayta ko‘rib chiqishini aytgan. O‘zbekistonda esa 2021 yil 22 fevralda muhokamaga qo‘yilgan yangi Jinoyat kodeksi loyihasi 154-inchi moddasida gomoseksualizm uchun jinoiy jazo o‘zgarmagan holda saqlanib qolgan.

 HRW bayonoti AQSh prezidenti Jo Bayden butun dunyo bo‘ylab lesbiyanka, gey, biseksual, transgender, kvir va interseks (LGBTQI) odamlarning huquqlari himoyasini kengaytirishga qaratilgan farmonni imzolagan bir paytda aytildi.

 Inson huquqlari xalqaro Human Rights Watch tashkiloti 23 mart kungi bayonotida “O‘zbekiston erkaklar o‘rtasidagi o‘zaro kelishilgan jinsiy hatti-harakatlarni dekriminallashtirishi va shu orqali ularning shaxsiy daxlsizligi, xavfsizligi hamda ularning kamsitilmasligini kafolatlashi kerak”, – deyilgan.

 Bu erda gap O‘zbekiston Jinoyat kodeksidagi bir jinsli seksual munosabatlar uchun uch yilgacha qamoq jazosi nazarda tutilgan 120-modda (Besoqolbozlik) haqida bormoqda.

 “120-modda O‘zbekistondagi gomoseksual va biseksual erkaklarni o‘ta himoyasiz qilib, jamiyatda ularni chetga surib tashlagan. O‘zbekiston gomoseksualizm jinoyat, deb ko‘riladigan sarqitdan voz kechib, Jinoyat kodeksidan geylar huquqlarini buzuvchi bandlarni olib tashlashi kerak”, – deydi tashkilotining Evropa va Markaziy Osiyo bo‘limi rahbari Xьyu Uilьyamson.

 Izoh: Inson huquqlarini himoya qilishni da’vo qiluvchi “Human Rights Watch” tashkiloti bundan avval ham o‘zbek hukumati, jumladan, Mirziyoevga murojaat bilan chiqib, jinsiy ozchiliklar huquqlarini himoya qilishga chaqirgan edi. Tashkilot e’lon qilgan bayonotda: “Prezident Mirziyoev Inson huquqlari bo‘yicha kengashda chiqishidan so‘ng inson huquqlari muammosi islohotlar markazida bo‘lishi kerak, deya va’da berganidan so‘ng, bugungi kunda bor e’tibor O‘zbekistonga qaratilgan”, – degan va o‘z sheriklarini o‘zbek rasmiylariga bosim o‘tkazishga chaqirgan edi.

 Ma’lumki, inson huquqlari AQSh boshchiligidagi G‘arb davlatlarining zaif va o‘z manfaati yo‘liga solmoqchi bo‘layotgan davlatlarga nisbatan bosim o‘tkazish qurolidir. Ular bu qurol vositasida davlatlarga bosim o‘tkazishadi, raqib davlatlarni esa olamiy siyosatda obro‘larini to‘kishda aynan inson huquqlari degan quroldan foydalanadi. Masalan, mushrik Xitoy hukumati o‘nlab yillar mobaynida uyg‘ur musulmonlariga zulm o‘tkazib, ularni millat sifatida yo‘q qilishga harakat qilib kelayotgani bo‘lishiga qaramay AQSh va Evropa davlatlari bunga ko‘z yumib kelishayotgan edi. Ammo Xitoy rivojlanib, olamda Amerikadan keyingi ikkinchi qudratli davlatga aylanib AQSh manfaatlariga tahdidi uyg‘ota boshlagach, Sharqiy Turkistondagi musulmonlar huquqlarini “himoya qilish” G‘arb davlatlari uchun “asosiy masalaga” aylandi.

Demak, mazkur bayonotdan ko‘rinib turibdi- ki, o‘zbek rejimiga bosim o‘tkazish uchun “inson huquqlari” ishga solina boshlandi. Tashkilotning avvalgi bayonotida butun e’tibor O‘zbekistonga qaratilganini urg‘ulashi o‘zbek hukumatining AQSh manfaatlari yo‘lida etarlicha xizmat qilmayotganini anglatadi.

 Islom va musulmonlar masalasida esa insoniyatning eng tuban xolati bo‘lgan besoqolbozlikka berilayotgan e’tiborchalik e’tibor qaratilayotgani yo‘q. To‘g‘rirog‘i atayin beparvolik asosida siyosat olib boriladi. Ular o‘zlarining ko‘p standartlik qarashlaridan kelib chiqib Islom va musulmonlarga bo‘layotgan e’tiborni xar qaysi davlatda xar xil standartlar bilan olib borilayotganiga sukut qilishadi. O‘z navbatida besoqolbozlik va bir jinslik nikohlar masalasida hech qanday ikki xil standartlar bo‘lishiga yo‘l bermasliklarini demokratik haq-huquqlar bilan izohlashadi.

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.