Falastin ma’muriyatining saylovlar ro‘yxatida soxtakorlik va firibgarlik qilayotgani to‘g‘risidagi xabarlar

291
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Falastin ma’muriyatining saylovlar ro‘yxatida soxtakorlik va firibgarlik qilayotgani to‘g‘risidagi xabarlar

«Arabiy jadid» veb-saytida (hijriy 1442 yil 5 rajab, milodiy 2021 yil 17 fevral chorshanba kuni) nashr qilingan xabarda bunday deyiladi:

«Falastinliklar bo‘lajak umumiy saylovlar ro‘yxatida firibgarlik mavjudligi to‘g‘risida turli xil tanqidlar yo‘lladilar. Bu holat kecha kechqurun Falastin Markaziy saylov komissiyasi saylovlar ro‘yxati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yangilash nihoyasiga etganini e’lon qilishi ortidan boshlandi.

O‘z navbatida, Markaziy saylov komissiyasi bugun chorshanba kuni bayonot berib, uning bir nusxasini «Arabiy jadid»ga jo‘natdi. Bayonotda fuqarolar tomonidan bir nechta shikoyatlar kelib tushgani ta’kidlangan».

Roya:

Bu xabarda aytilgan tanqidlardan tashqari, elektron tarmoq saytlarida ham juda ko‘p odamlar saylov ro‘yxati ularning xabardorligi va tanlovisiz o‘tkazilganini tanqid qildilar.

Agar saylov jarayonida korruptsiya bo‘layotganining ilk belgisi shu bo‘lsa hamda eng oddiy, kundek ayon, oson sezilib turgan jinoyat mana shu bo‘lsa, u holda, sezdirmay parda ortida qilinayotgan jinoyatlar qanday bo‘lishi mumkin, tasavvur qilavering?! Tabiiyki, korruptsiya, firibgarlik va til biriktiruvlarni amalga oshirish uchun kuch va boshqa barcha narsalar etarli. Nega ham etarli bo‘lmasin, axir, saylovlarni rahnamosi ham, kuzatuvchisi ham, raisi ham, ijrochisi ham, o‘sha saylov o‘tkazilishini istaganlarning qo‘lidagi qo‘g‘irchoqlar bo‘lsa?! Aslida bu saylovlar shar’an botil bo‘lib, Falastin ahliga qarshi to‘qilayotgan nopok fitna hisoblanadi!

Ha, bu saylovlar Falastin ma’muriyatini va yaroqsiz muassasalarini qayta qonuniylashtirishga qaratilgan. Undan Xavfsizlikni muvofiqlashtirishga, tinchlik muzokaralarini boshlashga hamda yahudiylar bilan munosabatlarni normallashtirib, yurtni sotishga qayta qonuniylik tusini berish ko‘zlangan. Falastin ma’muriyati va uning ortida turganlar o‘z g‘oyalarini amalga oshirish uchun har ishni qilishga tayyor. Masalan, ro‘yxatdan o‘tganlar sonini, ovozlar foizini va nomzodlarga berilgan ovozlarni soxtalashtirish kabi. Bu ishdan ularni hech kim to‘sa olmaydi. Ular bu bilan Falastin masalasini yo‘q qilishni hamda Islom va Falastin ahliga qarshi kurash vazifasini davom ettirishi uchun rejimni qayta kuchaytirishni ko‘zlashmoqda.

Bas, Falastin ahli orasidagi xolis insonlar bunday nopok saylovlarni boykot qilmoqlari, saylovlarni amalga oshirmoqchi bo‘layotgan rahbarlarning iflos maqsadlarini anglamoqlari darkor. Orzularga va chiroyli gaplarga aldanib qolmasliklari kerak. Chunki bu gaplarni yon beruvchilarga va jinoyatkorlarga sherik bo‘lishni o‘ziga munosib ko‘rgan kimsalar gapirishyapti… Kursilar va ushoqlar evaziga Falastin masalasini yo‘q qilmoqchi bo‘layotgan bu kimsalar albatta bu qilmishlarining yomon oqibatini oxiratdan oldin bu dunyodayoq totajaklar.

Roya gazetasining 2021 yil 24 fevral chorshanba kungi 327-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.