Amerika Falastin saylovlariga asos bo‘luvchi uchta bosh asosni ta’kidlamoqda!

224
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Amerika Falastin saylovlariga asos bo‘luvchi uchta bosh asosni ta’kidlamoqda!

AQSh rasmiy manbalarining ta’kidlashicha, yangi ma’muriyat Amerikaning an’anaviy pozitsiyasiga amal qilmoqda. Bu pozitsiya shundan iboratki, «Falastin masalasi demokratik tanlov bo‘lib, ushbu demokratik jarayonda ishtirok etuvchilar Oslo shartnomasi kabi sobiq kelishuvlarni qabul qilmoqlari, zo‘ravonlik va «terrorizm»dan voz kechib, «Isroil»ning mavjudlik huquqini tan olmoqlari zarur».

O‘z navbatida, Hizb ut-Tahrir – muborak Falastin zamini matbuot bo‘limi o‘z saytida bayonot chiqarib, quyidagilarni ta’kidladi:

«Saylovlarning voqeligi va asosi sobiq shartnomalarga, asosan Oslo shartnomasiga amal qilishga, (Islom va musulmonlarga qarshi kurashishning shioriga aylangan) «terrorizm» va zo‘ravonlikdan voz kechishga hamda «Isroil»ning mavjudlik huquqini tan olishga tayanadi. Mana shu uchta iflos asos Falastin ma’muriyati chaqirayotgan va Falastin ahlini qatnashishga tortayotgan saylovlardagi jinoyatkorlikning siyosiy haqiqatini ko‘rsatmoqda. Yurtdagi har bir siyosatchi yo bilmasdan yoki bila turib adashtirish maqsadida bu uch asosdan ko‘z yumishyapti. Falastin ma’muriyatining, Ozodlik Tashkilotining va saylovlardagi eksklyuziv homiy Misrning tizginini qo‘lda ushlab turgan Amerika mana shunday nopok maqsadlarni ko‘zlagan.

Falastin xalqining ushbu saylovlarda qatnashishdan bosh tortishlari uchun bunday iflos asoslardan atigi bittasi ham etarli. Endi, bu uchala asosning har biri shar’iy ahkomlarga zid kelib, Falastin masalasini yo‘q qilsa va bosqinchi yahudiy vujudini tan olsa, holat nima bo‘lishi mumkin?! Bu narsa qarshilik harakati, degan shiorni ko‘tarib chiqayotgan guruhlarga Falastin masalasida bunday jinoyatlarda ishtirok etmaydigan darajada turishni talab qiladi. Aks holda, xoin Falastin ma’muriyati va uning tashkilotining karvoniga bilgan yoki bilmagan holda ergashib qolishlari turgan gap.

Roya gazetasining 2021 yil 24 fevral chorshanba kungi 327-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.