Xalifalik muammolarni eng go‘zal suratda xal qilgan

495
0

Xalifalik muammolarni eng go‘zal suratda xal qilgan

 Hozirgi kapitalizm davrida xalq manfaatlari bir chetga surib qo‘yilib, faqat boylarning manfaatlari ta’minlanadi. Ijtimoiy sohada aholiga bepul xizmat ko‘rsatadigan (odamlarga g‘amxo‘rlik qiladigan) tarmoq yo‘q. Kapital – hamma narsa pulga bog‘liqligini anglatadi. 

Musulmonlar Islomni to‘liq qabul qilib, hokimlar Islomni mahkam ushlashgan davrda ko‘plab tarmoqlarda, ayniqsa, inson manfaatlari, boyligi va xavfsizligi sohasida ulkan muvaffaqiyatlarga erishdilar. Bu Islomning oltin davri deb ataldi. Ushbu muvaffaqiyat dunyo xalqlari uchun inkor etib bo‘lmaydigan namunaga aylandi. Musulmonlar dunyoga hokimlar xalqqa qanday g‘amxo‘rlik qilish kerakligini ko‘rsatdilar. Davlat o‘z fuqarolarining muammolarini xal qilish kerak va bu – davlatning asosiy vazifalaridan biridir. Uzoqqa bormay o‘z yurtimizning olib ko‘raylik, boylar gektarlab erlarni egallab olib, foydali bo‘lgan vaqtda sotib tobora boyib borishmoqda. Oddiy odamlar esa bir parcha erga zor. Islom bu muammoni qanday xal qilgan? Masalan, o‘lik erga egalik qilish masalasida Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam: “Kim o‘lik erni tiriltirsa, u unikidir. Uch yil (qarovsiz) o‘tganidan so‘ng, o‘rab oluvchininghaqqi qolmaydi”, deganlar. Shunga ko‘ra, kim biror o‘lik erni tiriltirib, so‘ng uch yili uni qarovsiz tashlab qo‘ysa, davlat bu erni olib boshqa odamga berishga haqli. “Sunanul Kubro”da shunday deyiladi: “Bilol ibn Horis Muzaniy Rasululloh sollallohu alayhi va sallam huzurlariga kelib, o‘ziga er bo‘lib berishlarini so‘radi, Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam unga keng, uzun erni bo‘lib berdilar. Hazrati Umar xalifa bo‘lgach, unga dedi: Ey Bilol, sen Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamdan keng, uzun er so‘raganding, uni senga berdilar, chunki Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam so‘ralgan narsani qaytarmas edilar. U erga bir o‘zingning kuching etmaydi-ku. Bilol: Ha, to‘g‘ri, dedi. Hazrati Umar: Chamalab turib kuching etadigan erni olib qol. Kuching etmaydiganini bizga qaytar, biz uni musulmonlarga taqsimlab beraylik. Bilol dedi: Ollohga qasamki, hech narsa qilmayman, uni menga Rasululloh bo‘lib berganlar-a. Hazrati Umar dedi: Ollohga qasamki, albatta qilasan”, deb undan obod qila olmagan erlarni olib, musulmonlarga taqsimlab berdi.  (Bayhaqiy, “As-Sunan al-Kubro”).

 Bugungi kunda er osti boyliklarimiz ham katta muammo tug‘dirmoqda, boshqacha aytganda, xalqimiz bu boyliklardan foydalana olmayapti. Xorijiy kompaniyalar er osti boyliklarimizni qazib olib, tashib ketishmoqda, buning evaziga arzimas soliq to‘lab qutulishmoqda. Islom qazilma boyliklarni umumiy mulk qilib belgilagan, hech kim, yakka shaxsni ham, davlatni ham bu boylikka egalik qilishga haqqi yo‘q. Agar qazilma boyliklar biror yo‘l bilan yakka shaxslarga berib yubrilgan bo‘lsa, uni qayta umumiy mulkka qaytarilishi shart. Imom Termiziy Abyaz ibn Hammoldan rivoyat qiladi: “Bir kuni u Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning oldilariga vakil bo‘lib kelganida u kishidan tuz (koni)ni ajratib berishni so‘radi. Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam ajratib berdilar. U qaytib ketgach, o‘tirganlardan biri, nimani bo‘lib berganingizni bilasizmi, Siz unga oqar suvni bo‘lib berdingiz , dedi. Shunda Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam undan qaytarib oldilar”. Bu rivoyatda tuz tugamaganligi bois oqar suvga o‘xshatilyapti. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam u tuganmas kon ekanligi, aniqrog‘i, tuz tog‘i ekanligini bilganlaridan so‘ng darhol o‘z qarorlarini bekor qilib, ajratib berilgan narsani qaytarib oldilar va yakka shaxslarga bunday narsalarga egalik qilishni taqiqladilar. Bu hukm faqat tuzgagina taalluqli emas, balki barcha er osti va usti boyliklarini o‘z ichiga oladi.

 Xalifalik erlarni sug‘orishga, odamlar va xayvonlar uchun quduq qazishga, suvni tozalashga hamda kanallar qurishga alohida e’tibor qaratgan. Tarix kitoblarida kelishicha, Umar inb Hattob roziyallohu anhu Misrdan tushgan daromadning uchdan birini ko‘prik, kanal qurish va sug‘orish tarmoqlarini yaxshilashga sarflagan. (Abdulhay Kataniy, “At-Taratib al-Idariya”). Xalifa Yazid ibn Valid davrida Iroq volisi Abdulloh ibn Umar ibn Abdulaziz xalq talab qilgan kanalni qurdi, hozir bu kanal “Amr” deb nomlanadi, Xorun ar-Rashidning vaziri Yahyo Barmakiy “Abu Jund” deb nomlangan kanalni qurish uchun 20 million dirham sarflagan. Xalifalik davrida Xijoz, Aqiq shahrida, Nil daryosi va boshqa joylarda ko‘plab to‘g‘onlar qurilgan, bularning ayrimlaridan hozir ham foydalanilmoqda. Valid ibn Abdulmalik davrida esa Xalifalik davlatining barcha yo‘llariga tosh yotqizib chiqilgan, yo‘l belgilari o‘rnatilgan va dam olish joylari qurilgan. Davlat sahro yo‘llariga katta ahamiyat berib, ularga tosh yotqizib chiqilgan. (Yusuf Ibrohim Yusuf, “An-Nafakat al-Aamma Fi-l-Islam”).

 Bugungi muammoli tibbiyot sohasida ham musulmonlar ilg‘or bo‘lishgan. Taniqli Islom olimi Makriziy aytadi: “Sulton Salohuddin Yusuf ibn Ayub kasal va zaif odamlar uchun shifoxona qurishga buyruq berdi. Buning uchun u o‘zining saroyi yonidan imorat ajratib, xodimlarga ikki yuz dinor maosh belgiladi va oziq-ovqat bilan ta’minladi. Shuningdek, bu shifoxonaga mashxur tabiblar, taniqli jarroxlar va xodimlarni tayinladi”. (Makriziy, “Katab al-mavaiz va-l-itibar bi zikr al-xitat val-asar”). Har bir nogironning yonida unga yordam beradigan bir xodim bo‘lgan, har bir ko‘r odamga hamrox biriktirilgan. (Tabariy, “Tarix at-Tabariy”). Xorun ar-Rashid Bag‘dod shahrida shifoxona qurib, bir farmatsevtni bosh shifokor qilib tayinlagan. Xalifalar hijriy uchinchi asrning oxiridan to hijriy to‘rtinchi asr boshlariga qadar (milodiy 9-10-asrlar) ko‘plab shifoxonalar qurishdi. Muqtadiriy shifoxonasida ishlaydigan shifokorning maoshi 220 dinor, Sayyida shifoxonasida ishlaydigan shifokorning maoshi 600 dinorga etgan. (Ibn Abu Usayba, “Tabakat ul-Atibba”).

 Bu haqiqatni hatto, g‘arbliklar ham tan olishgan. Napaleon olimlaridan biri Falьmisso Gomar Misrdagi harbiy bosqinchilik vaqtida olti asr avval qurilgan shifoxona haqida shunday deydi: “Shifoxonaga bemorlarning barchasi, kambag‘ali ham, boyi ham kelgan. Ularga Sharqdagi eng yaxshi tabiblar tayinlangan va sovg‘alar berilgan. Shifoxonada salqin ichimliklar joyi, turli jihozlar va dori-darmonlarga to‘la dorixona mavjud bo‘lgan. Har bir bemorga bir dinor ajratilgan, ikki xodim uning xizmatida bo‘lgan. Ruhiy kasallar uchun alohida bo‘lim ajratilgan va maxsus tayinlangan xodim ularga turli xil hikoyalar aytib turgan. Tuzala boshlagan bemorlar boshqa bemorlardan ajratilgan. Shifoxonadan chiqib ketayotgan har bir bemorga – shifoxonadan chiqiboq ishlashga majbur bo‘lmasligi uchun – besh oltin tanga berilgan”.

 Umar roziyallohu anhu davridagi ijtimoiy ta’minotni ko‘ring. Umar roziyallohi anhu devon ul-Jund, devon ur-Rasoil, devon ul-Jibaya, devon ul-Ato bo‘limlarini tashkil etgan. Bulardan devon ul-Ato ayollar va bolalarga yordam puli bergan. Xalifa Umar roziyallohi anhu ayollar nafaqa olish uchun bolalarini erta ko‘krakdan ajratishayotgani eshitib: “Bolalaringni erta sutdan chiqarmanglar, Islomda tug‘ilgan har bir bolaga yordam puli ajratiladi”, – deb jar soldirdi. Shu kundan boshlab butun Xalifalik hududidagi har bir tug‘ilgan bolaga yuz dirhamdan, bola katta bo‘lgach ikki yuz dirhamdan berila boshlandi va bola maktab yoshiga etganida yordam puli miqdori ko‘paytirildi. (Mavardiy, “Axkam as-Sultoniya”; Balazari, “Futuh al-Buldan”).

 Beshinchi roshid xalifa deb atalgan Umar ibn Abdul Aziz Iroqdagi Abdulhamid ibn Abdurrahmonga maktub yo‘llab, odamlarga haqlarini berishni buyuridi. Abdulhamid: “Odamlarga haqlarini berdim, baytulmolda mablag‘ ortib qoldi”, – deb javob xati yubordi. Umar unga: “Qarab ko‘r, kim isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymay qarz bo‘lgan bo‘lsa, uning qarzini to‘la”, deb xat jo‘natdi. Abdulhamid: “Qarzlarini to‘lab qo‘ydim, baytulmolda yana mablag‘ oshib qoldi”, deb yozdi. Umar: “Qara, uylanmoqchi bo‘lgan, biroq, puli yo‘q bo‘ydoqlar bo‘lsa ularni uylantirib qo‘y”, deb xat yozdi. Abdulhamid: “Bunday odamlarning hammasini uylantirdim, baytulmolda yana mablag‘ ortib qoldi”, deb xat yubordi. Umar: “Qara, agar jizya to‘lay olmayotganlar bo‘lsa, ishiga yordam bo‘lishi uchun ularga qarz berib tur. Chunki, ular bizga faqat bir yoki ikki yilgagina kerak emaslar”, – dedi. (“Al-Amval”).

 Xalifalarning odamlarga shu tarzda g‘amxo‘rlik qilgani tarix sahifalariga oltin xarflar bilan yozib qoldirilgan. O‘sha vaqtlari biz qanday edik, hozir qanday holga tushdik. Biz Islomga mukammal amal qilgan, boshliqlarimiz Islom bayrog‘ini ko‘targan zamonlarda shunday aziz edik, olamga o‘rnak edik. Shuning uchun, agar yana qayta o‘sha azizlik va buyuklikni istasak, manbamizga – Islomimizga qaytishimiz kerak. Faqatgina Xalifalik bizni bu xorlikdan qutqaradi!

Xorun Abdulhaq

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.