Insonning cheklangan aqli mahsuli bo‘lgan konstitutsiyalar o‘zgarishlarga mahkum

266
0

Insonning cheklangan aqli mahsuli bo‘lgan konstitutsiyalar o‘zgarishlarga mahkum

 Qirg‘iziston parlamentida asosiy qonunni muhokama qilish davom etmoqda. Kuni kecha ushbu loyiha Jogorku Keneshning tegishli qo‘mitasi tomonidan ma’qullangan.

 Ko‘plab deputatlar loyiha mualliflarining ismlarini e’lon qilishni so‘rashmoqda.  Ularning so‘zlariga ko‘ra, ularning nomlari na elektron, na qog‘oz hujjatlarda ko‘rsatilmagan. Hozirgi vaqtda 10 nafar deputat yangi konstituttsiyadan norozi ekanligini bildirgan.

 Deputatlar so‘zlariga ko‘ra, konstitutsiyaning yangi tahriri prezident vakolatlarini kuchaytiradi.  Bosh vazir vakolatlari prezidentga nisbatan ancha kam etib ko‘rsatilgan bo‘lib, hukumatni prezident ma’muriyati rahbari boshqarishi va prezident ijro etuvchi hokimiyat uchun javobgar ekanligi ta’kidlangan.

 Parlament spikeri Talant Mamitov konstitutsiya loyihasini muhokama qilmaslikka, balki referendum kunini belgilashga chaqirgan. Referendumni 11 aprelda o‘tkazish taklif qilinmoqda.

 Izoh: Kommunizmning Yaratuvchi borligini tan olmaydigan, demokratiyaning Yaratuvchining dunyo ishlariga aloqadorligini inkor qilish asosiga qurilgan mafkurasida, qonunlar uchun manbaa hisoblangan konstitutsiyani tuzish va qonunlar ishlab chiqish huquqi insonga berildi. Har ikki tuzumda ham konstitutsiya insonning cheklangan aqli mahsuli bo‘lgani sababli doimiy o‘zgartirish, qo‘shimchalar kiritish, ziddiyatlarga mubtalo bo‘lib keldi. Bu tuzumlarda konstitutsiya har doim biror etakchi guruh yoki yakka shaxsning xohish-istagiga qarab o‘zgartirildi yoki qo‘shimchalar kiritildi. Qirg‘iziston konstitutsiyasi ham bunday o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishdan holi bo‘lmadi. Qirg‘iziston “mustaqillik”ni qo‘lga kiritganiga 30 yil to‘layotgan bo‘lsa, shu vaqt mobaynida “asosiy qonun” 10 marta o‘zgartirish va yangilanishlarga duchor bo‘ldi. Dastlab, “afsonaviy parlament”1993-yil 5-mayda mamlakatni sotsializmdan kapitalizmga olib o‘tgan konstitutsiyani qabul qildi.

  Qirg‘iziston konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar birinchi bor 1994-yili kirgizildi. Bu orqali prezident Akaev o‘z salohiyatlarini kengaytirib, 105 odamdan iborat “qo‘lbola” qo‘shpalatali parlamentni olib kelishga yo‘l ochdi (bunga qadar 350 deputatdan iborat bo‘lgan “afsonaviy parlament” tarqatib yuborildi).

 Ikkinchi o‘zgartirish 1996-yili bo‘ldi. Bu orqali prezident vazirlar, mahalliy hukumat rahbarlarini o‘zi tayinlaydigan bo‘ldi va parlamentni tarqatib yuborish huquqiga ega bo‘ldi.

 Uchinchi o‘zgartirish 1998-yili amalga oshirildi. Bu o‘zgartirishda er xususiy mulk sifatida beriladigan bo‘ldi. Bu sotsializmdan kapitalizmga bosqichma-bosqich o‘tish loyihasi doirasida ishga oshdi.

  To‘rtinchisi; 2001-yilgi o‘zgartirishlarda, asosan, rus tili rasmiy til bo‘lib kiritildi. Bu Rossiyaning bevosita xo‘jayin sifatida tan olish va uni rozi qilish ilinjida bo‘ldi.

 Beshinchisi; 2003-yilgi o‘zgartirishlar bo‘yicha, fuqarolarning namoyishlar o‘tkazishlariga cheklovlar kiritildi, sobiq prezidentga nisbatan daxlsizlik qabul qilindi, sobiq prezidentning yaqinlari davlat byudjetidan ta’minlanadigan bo‘ldi. Bundan tashqari, prezident qatorasiga ikki martadan ko‘p saylanish imkoniga ega bo‘ldi. Bu esa Akaev prezidentligi uzluksiz davom etishini bildirar edi. Shuningdek, parlament 90 deputatdan iborat bo‘lib bir palataga aylantirildi va partiyaviy tizimda saylanadigan bo‘ldi. Bu o‘zgartirishlar ham Akaev oila a’zolarining hukmronligiga xizmat qilar edi. Xalq bunga qarshi chiqib, 2005-yilgi to‘ntarishda Akaevni quvib yubordi, hokimiyat tepasiga Bakiev keldi. 

 Bakiev hokimiyatga kelganida uning dastlabki davri “konstitutsiyaviy kurash” yillari bo‘ldi. 2006-yilning ikki oyi ichida (noyabr-dekabr) konstitutsiyaga ikki marta (oltinchi va ettinchi bor) o‘zgartirishlar kiritildi. Bunga bakievchilar bilan uning muxoliflari kelishmovchiliklari sabab bo‘ldi. Bir yildan keyin, 2007-yili yangi konstitutsiya qabul qilindi va shu sababli 2005-yilda saylangan partament tarqatib yuborildi. Bo‘lib o‘tgan parlamentga saylovlarida Bakievning “Oq yo‘l” partiyasi g‘olib bo‘ldi.

 2010-yili Bakiev ag‘darilganidan so‘ng yana yangi konstitutsiya qabul qilindi. Bu konstitutsiya Rossiya mustamlakachiligiga qarshi, Qirg‘izistonga G‘arb mustamlakachilarining kirib kelishi doirasida bo‘ldi. Chunki, G‘arb mustamlakachilari Rossiyaga qarshi kurashda “demokratiyalashuv”, “oshkoralik”, “so‘z erkinligi”, “inson huquqlari”, “parlamentlik boshqaruv” va shu kabi fikrlarni ishga solib keladi. Bular orqali Rossiyaning mustamlakalariga qarata olib borayotgan zulmlarini ochib tashladi. Shunday qilib, Qirg‘izistonda 2010-yili hukumat tepasiga G‘arbga moyil siyosatchilar kelib, konstitutsiyani shular tuzishdi. Bu konstitutsiyaga o‘sha vaqtdagi Rossiya prezidenti Medvedev qarshi chiqqan, Venetsiya komissiyasi esa olqishlagan edi.

 2010-yilgi konstitutsiyada 2020-yilga qadar o‘zgartirishlar kiritilishiga taqiqlangan edi. Biroq, bu moratoriy 2016-yilga qadar tura oldi. Atambaev 2016 yili asl nusxasi yo‘qotib qo‘yilgan konstitutsiyaga yana (o‘ninchi bor) o‘zgartirishlar kiritdi.

 2020-yil, oktyabr oyidagi parlament saylovlari natijasidan norozi bo‘lgan xalq ko‘tarilishi natijasida Jeenbekov “taxtdan” ag‘darildi. Uning o‘rniga kelgan va bir vaqtda ham prezident, ham bosh vazir vazifalarining bajarishni o‘z zimmasiga olgan Sadir Japarov konstitutsiyaga yana o‘zgartirishlar kiritish tashabbusini ko‘tardi. Yanvar oyida bo‘lib o‘tgan prezident saylovi va mamlakatda boshqaruv shaklini o‘zgartirish bo‘yicha referendumda “ko‘pchilik ovoz” bilan Japarov prezident bo‘ldi va prezidentlik boshqaruvi tanlandi. Zudlik bilan “asosiy qonun” loyihasi ishlab chiqildi va o‘zgartirishlar referendum orqali qonunlashtiriladigan bo‘ldi.

 Yuqorida aytib o‘tilganidek, dunyoviy konstitutsiyalar birorta etakchi guruh, yakka shaxs yoki mustamlakachi kuchlarning manfaatlarini kafolatlash uchungina tuziladi. Vaqt o‘tishi bilan ular o‘rtasida vujudga kelgan kelishmovchilik, shaxs o‘zgarishi yoki manfaatlar kurashi doirasida konstitutsiya o‘zgartirib borilaveradi. Qirg‘izistonda boshqaruv shaklini parlamentlikdan prezidentlikka o‘zgartirilishi ham Rossiya istagi va uni rozi qilish ilinjida qilinmoqda.

 Amaldagi hukumat konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritishi yoki kiritmasligidan qat’iy nazar, bu konstitutsiya kufr konstitutsiyasi hisoblanadi. Chunki, uning asosi – demokratiya kufr aqidasi, undan kelib chiqqan qonunlar esa – demokratik-kapitalistik qonunlardir.

 Musulmon odam uchun bunday konstitutsiyalarga amal qilish, o‘zgartirish bo‘yicha referendumlarda ishtirok etish harom. Musulmon bunday konstitutsiyalarni rad qilishi, konstitutsiyalarni ham, ular uchun asos bo‘layotgan kufr tuzumlarini qulatib, uning o‘rniga ikki dunyo saodatiga olib boruvchi Allohning qonunlari asosida hukm yurituvchi Xalifalik davlatini barpo etishi vojib. Hizb ut-Tahrir Allohning Kitobi, Rasulining Sunnati va shu ikki asosidagi sahobalar ijmosi va qiyosga tayanilgan Xalifalik davlati dusturi (konstitutsiya) loyihasini ishlab chiqqan. Biz sizlarni Xalifalik qulatilganining alamli 100 yilligida Hizb bilan elkadosh bo‘lib shu davlatni qayta barpo etish yo‘lida harakat qilishga chaqiramiz! 

 Turkiston

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.