Yuz yil avval himoya qiluvchi qalqon va xalifamizdan ayrilib, etimlarga aylanib qoldik

171
0

Yuz yil avval himoya qiluvchi qalqon va xalifamizdan ayrilib, etimlarga aylanib qoldik

Hijriy 1442 yil rajab oyida Xalifalik qulatilganiga yuz yil to‘ldi. Musulmonlar ming yildan ko‘proq vaqt mobaynida hayotning siyosiy, harbiy, iqtisodiy va ta’lim sohalarida olam etakchisi bo‘lib kelgan edilar. Biroq, salibchi Evropa davlatlari jiddiy urinishlardan keyin bir qator arab va turk xoinlari yordamida ishlarimizning boshqaruvchisi bo‘lgan xalifani qulatdi.

Bas, ey musulmonlar, shundan keyin qanday ahvolda qoldik? Nega shunday bo‘ldi?!

Biz etakchisiz qolib, bitta davlatda Islomni tatbiq qilish o‘rniga ellikdan ortiq davlatlarga bo‘linib ketdik. Ustimizdan mustamlakachi davlatlarga sodiq hukmdorlar o‘rnatib qo‘yildi. Qo‘shinlarimiz bitta armiya bo‘lish o‘rniga bo‘linib, mustamlakachi chizib bergan chegaralarda bir-biri bilan jang qiladigan bo‘ldi. Aqso masjidini va Kashmirni ozod qilish uchun kuchlarni safarbar qilish o‘rniga, jihod bekor qilindi. Natijada, kofirlarning qo‘shinlari yurtlarimizda – xuddi o‘zlariga meros bo‘lib qolgandek – bemalol izg‘ib yuradigan bo‘lishdi. Yuz minglagan musulmonlar shahid bo‘lib, musulmonlarning millionlab go‘daklari etim qoldi, yana minglagan iffatli muslimalar nomusi toptaldi. Yurtlarimiz mustamlakachi kofir davlatlarning jang va o‘lja maydoniga aylandi. Biz esa, o‘lganlarimizni sanab, ko‘mib tomosha qilardik. Mustamlakachilar ulkan boyliklarimizni o‘zlashtirib, G‘arb iqtisodini tiklashdi. Biz esa, qashshoqlik ummoniga sho‘ng‘idik. Xalifalik zamonida bugungi kabi iqtisodiy qashshoqlikni ko‘rmagan edik. Zero, zakot, ushr va xiroj boylardan baytulmolga to‘planib, kambag‘allarga tarqatilar va  Islom davlatida birorta ham faqir qolmagan edi.

Ey Pokiston musulmonlari! G‘arb bizni iste’molchi xalq ekanligimizga va uning buzuq xalqaro nizomiga qarshi kurasha olmasligimizga ishonishimizni, shuningdek, xalqaro nizom va mustamlakachilar hazoratiga quldek bo‘ysunib yashashga majburmiz deb o‘ylashimizni xohlaydi. Lekin Alloh Taolo islomiy yurtlarni bitmas tuganmas boylik, strategik o‘rin hamda nusrat va shahidlikka tayyor yigit va qo‘shinlar bilan ta’minlagan. Bu qo‘shinlar qo‘lida zamonaviy qurollar va eng muhimi sof Islom aqidasi mavjud. Biz Xalifalik qayta barpo etilishi bilangina o‘zimizning haqiqiy imkoniyatlarimizni ishga solamiz va Alloh nozil qilgan ahkomlar bilan hukm yuritamiz. O‘z ahliga yolg‘on gapirmaydigan Hizb ut-Tahrir Allohning izni ila yaqinda barpo etiladigan Xalifalik uchun to‘liq dasturni tayyorlab qo‘ygan. Hizb barchamizni o‘sha dasturga qo‘shilishga da’vat qilmoqda.

Islomiy yurtlardagi haqiqiy o‘zgarish bugungi rejimlarni ag‘darib tashlash bilangina amalga oshadi. Pokiston Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalikni barpo etish sharafiga eng munosib joydir. Kun sayin G‘arbning bizga bo‘lgan hujumlariga va unga ergashishning achchiq mevasi chuqurlashib borayotganiga guvoh bo‘lar ekanmiz, buning qo‘lansa hidi bizni bo‘g‘moqda. Shunday ekan, Islom va Islomiy boshqaruv nizomini qayta tiklash vaqti kelmadimi?! Kelinglar, qalqonimiz va qal’amiz bo‘lmish Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalikni barpo etish orqali yo‘qotgan azizlik va hurmatimizni qayta tiklashga harakat qilaylik. Rosululloh ﷺ aytadilar:

«إِنَّمَا الْإِمَامُ جُنَّةٌ يُقَاتَلُ مِنْ وَرَائِهِ وَيُتَّقَى بِهِ»

«Imom qalqondir, uning ortida turib jang qilinadi va u bilan himoyalaniladi». Muslim rivoyati.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.