Fors Ko‘rfazidagi ruvaybiza hukmdorlar bir-birlari bilan yarashib quchoqlashishmoqda

254
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Fors Ko‘rfazidagi ruvaybiza hukmdorlar bir-birlari bilan yarashib quchoqlashishmoqda

Ularni olqishlovchilar va munofiqlarning holiga voy bo‘lsin!

Saudiya Arabistoni shahzodasi Muhammad ibn Salmon Ula shahri aeroportida Qatar amiri Tamim ibn Hamd oli soniyni kutib olib, quchoqlashishdi. Shunday qilib, Amerikaning o‘z qullariga bergan buyrug‘i bilan Saudiya va Qatardagi Ko‘rfaz boykoti nihoyasiga etdi.

Zero, boykot ham, janjallar ham Amerikaning buyrug‘i bilan bo‘lgan. Ummatning bo‘linishini kuchaytirish hamda uning muammolariga xoin hukmdorlar o‘rtasidagi o‘zaro janjallarni sabab qilib ko‘rsatish uchun Amerikaning buyrug‘iga binoan yolg‘onchi axborot vositalari, saroy ulamolari, tog‘ut hukmdorlarga malay jamoalar, shaxslar va tahlilchilar bir safga tizilishdi. Amerikaning Ummatni parchalash, yurtlar boyliklarini talab, xalqlarni adashtirish rejasini amalga oshirish uchun o‘zaro janjallashgan hukmdorlar, uning istagiga muvofiq yarashishdi.

Xo‘sh, Ummatni parchalash hamda Sayks-Piko kelishuviga muvofiq belgilangan chegaralarni mustahkamlash yo‘lida Saudiya yoki Qatarning xandag‘ida saf tortib bir-birini ayblayotgan saroy ulamolari, hukumatparast harakatlar, yollangan jurnalist va tahlilchilar qayoqqa qarab ketishyapti?!

Bas, Islom Ummati uchun uni parchalagan, boyliklarini zoe ketkazgan va mustamlakachilarga yurtlarimiz darvozalarini ochib bergan bu hukmron elitadan qutulmoq vaqti keldi. Qudrat va yordam ahli, armiyalarimiz qo‘mondonlari uchun G‘arbning bunday qul va yaloqxo‘rlaridan xalos bo‘lib, Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini barpo etish vaqti etdi. Ana shunda ushbu davlat insoniyatga risolat ulashuvchi Ummat sifatida uning o‘z hokimiyatini, aqidasi va madaniyatidan balqib chiqqan siyosiy qarorlarini, muhim manfaatlarini qayta olib beradi.

Roya gazetasining 2020 yil 13 yanvar chorshanba kungi 321-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.