Turkmanistonda politsiya soqollilarga aroq ichirmoqda

316
0

Turkmanistonda politsiya soqollilarga aroq ichirmoqda

 Turkmanistonning Lebop viloyatida mahalliy politsiya “islomiy ko‘rinishdagi shaxslar”ni ta’qib qilmoqda, ularni soqolini olishga va aroq ichishga majburlamoqda. Ozodlik radiosi turkman xizmatining ma’lum qilishicha, bu yo‘nalishda politsiya muntazam reydlar o‘tkazmoqda va o‘z chaqimchilaridan foydalanmoqda.

 Radio muxbirlarining bildirishlaricha, o‘tgan haftada asosan Farop va Chorjo‘ etraplarida o‘tkazilgan reydlar davomida yoshi 55 yoshdan oshgan, an’anaga ko‘ra soqol qo‘ygan va namoz o‘qiydigan odamlar mahalliy hokimiyatlarga chaqirtirilib, ular bilan “tushuntirish ishlari” o‘tkazilgan.

 Politsiya reyd davomida ko‘chada borayotgan bir nechta soqolli shaxsni to‘xtatib, ularni “diniy ekstremistlik” va “vahobiylik”da gumonlab politsiya bo‘limiga olib borgan. Shundan so‘ng soqollilar aroq ichishga majburlangan.

 Faropdagi reyd davomida politsiya xususiy uylardan birida namoz o‘qishga yig‘ilgan 10 kishini qo‘lga olgan. Ularning barchasiga “karantin qoidalarini buzish” ayblovi bildirilgan.

 Izoh: Turkman prezidentlari “mustaqillikka” erishganidan buyon boshqa Markaziy Osiyodagi mustabid rejimlar qatorida Islom dini va uning qadriyatlariga qarshi to‘xtovsiz kurashini davom ettirib kelmoqda. Turkmanistonning birinchi prezidenti, marhum Saparmurod Niyozov qalamiga mansub “Ruhnoma” kitobi nashr qilinganidan so‘ng ommaviy axborot vositalarida “Turkmanboshi”ni payg‘ambar deb atash boshlandi. Niyozov tomonidan tez-tez e’lon qilinuvchi amnistiyaga tushish shartlaridan biri – mahbuslar “Ruhnomaga” imon keltirishi, uni to‘liq yod olishi shart edi. Bunga qarshi chiqqan turkmanistonlik diniy ulamo Xojaahmad O‘rozqilichev “Bu musulmonlar e’tiqodiga zid” ekanligini aytgan edi. Ulamoning shu so‘zlaridan so‘ng turkman hukumati O‘rozqlichev tarjimasidagi turkman tilida chop etilgan 40 ming nusxa Qur’onni yoqishga buyruq berdi. O‘rozqlichev Niyozovning o‘ziga xos ko‘rsatmalarini keskin tanqid qilib kelgani bois unga qarshi tovlamachilik, xizmat vazifasini suiste’mol qilish, pora olish kabi qator ayblovlar bilan jinoiy ish ochildi. Rasmiy hukumat poytaxt Ashxoboddagi masjidlarni teng yarimini buzib tashladi va o‘z e’tiqodida sobit turgan musulmonlarni turli xil ayblovlar bilan qamoqqa tashlay boshladi.

 “Turkmanboshi”dan so‘ng hokimiyat tepasiga kelgan Gurbanguli Berdimuhammedov ham Islom va musulmonlarga qarshi kurashni davom ettirdi. Nafaqat davom ettirdi, balki yanada kuchaytirdi. Berdimuhammedov boshchiligidagi rejim nafaqat ulamo va masjidlarga qarshi, balki jamiyatda islomiy ko‘rinishlarga qarshi kurashni boshlab yubordi. 2015-2016 yillarda ham hukumat buyrug‘iga binoan Dosho‘g‘iz viloyatida kuch organlari soqol qo‘ygan musulmonlarga qarshi “ov” olib borishgandi. Milliy xavfsizlik boshqarmasi va yo‘l politsiyasi xodimlari soqol qo‘ygan va 50 yoshga to‘lmagan musulmon erkaklarni ushlab, maxsus suhbatdan o‘tkazish ortidan, soqollarini majburan olib tashlashgan va hatto ularni aroq ichib, cho‘chqa go‘shti eyishga majburlashgan edi. Kuch organlari talabini bajarmagan e’tiqodli musulmonlar esa hech qanday sud va tergovsiz 7-8 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi.

 2017-yilda turkman hukumati namozxon musulmonlarga qarshi kurash doirasida namoz o‘qigan qurolli kuchlar harbiy xizmatchilar va namoz o‘qishni tashlash talabini bajarishdan bosh tortgan davlat xizmatchilari ishdan bo‘shatilib, ularga qarshi turli moddiy va jismoniy tazyiqlar o‘tkazish keng tus olgan edi. Harbiylar namoz o‘qishni tashlash talabini rad etgani sababli qurolli kuchlar safidan bo‘shatib yuborilgan, uylarida tintuv o‘tkazilib, Qur’on kitobi va boshqa islomiy kitoblar “musodara” qilingan edi…

 Musulmonlari birlashib o‘zlarini himoya qiluvchi qalqonlari – Xalifalik davlatini barpo etmagunlariga qadar har qanday razil va tuban kimsalar Islom va uning qadriyatlari, musulmonlarga qarshi kurashni davom ettiraveradi. Musulmonlar esa o‘z dinlariga emin-erkin amal qilish imkonidan mahrum bo‘lib qolaveradilar.

 Sahihi Buxoriyda Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda Rosululloh sollallohu alayhi va sallam:

الإِمَامُ جُنَّةٌ يُقَاتَلُ مِنْ وَرَائِهِ وَيُتَّقَي بِهِ

“Xalifa qalqondir, uning ortida turib jang qilinadi va u bilan himoyalaniladi”, deganlar (Imom Muslim rivoyati).

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.