AQShdagi vaziyat Hizb ut-Tahrirning saylov oqibatlariga doir taxminlarini tasdiqlamoqda

210
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

AQShdagi vaziyat Hizb ut-Tahrirning saylov oqibatlariga doir taxminlarini tasdiqlamoqda

2021 yil 6 yanvar kuni AQSh prezidentining tarafdorlari Kongress binosiga bostirib kirib, uning raqibi Baydenning saylovdagi g‘alabasini tasdiqlash bo‘yicha o‘tkazilayotgan yig‘inni to‘xtatib qo‘yishdi. Tramp bu yig‘inni qonun va sud orqali buzishga muvaffaq bo‘lolmagach, zo‘ravonlik bilan buzmoqchi bo‘lgan edi. Bu hodisada to‘rt kishi halok bo‘ldi. Yig‘in to‘rt soat to‘xtab qoldi. So‘ng Tramp o‘z tarafdorlarini uylariga qaytishga chaqirgandan so‘ng qayta boshlandi.

Darhaqiqat, Hizb ut-Tahrir amiri ulug‘ olim Ato ibn Xalil Abu Roshta 2020 yil 20 noyabrda nashr qilingan «AQShdagi prezidentlik saylovi natijalari» nomli savolga javob varaqasida Amerikadagi vaziyatni o‘zining o‘tkir yorqin nazari bilan yoritib, bunday degan edi:

«Amerika har doim qadrlab kelgan demokratiya – prezident Trampning hokimiyatda qolish uchun qilayotgan sharmandali ishlarini yumshatish uchun olib borilayotgan sud va qonuniy bahonalar bilan buzib tashlanmoqda. Amerikada har xil stsenariy va o‘ch olish harakatlari har lahzada yuz berishi mumkin. Keyingi prezident g‘olib nomzod Bayden bo‘lishi ham, mag‘lubiyatini tan olishni istamaydigan va ikkinchi muddatga borishni istagan amaldagi prezident Tramp bo‘lishi ham mumkin. Kim bo‘lajak prezidentga aylansa, u raqibidan qattiq o‘ch olishga kirishadi, bu esa qo‘llarni qayrishdan ko‘ra ko‘proq suyaklarni sindirishga o‘xshaydi. Shunday qilib, Amerika betartiblik va xavotir va ichki muammolarga botish yoqasida. Amerikaning bo‘linish holatiga yuz tutishini ham istisno qilib bo‘lmaydi. Bunda Texas Tramp va respublikachilar va uni qo‘llab-quvvatlovchi kompaniyalar uchun markaz bo‘ladi, Kaliforniyada esa Bayden, demokratlar va uni qo‘llab-quvvatlovchi kompaniyalar uchun yana bir markaz bo‘ladi. Ushbu janjal Trampning qolgan ikki oy prezidentlik davri bilan cheklanmay, bundan keyin ham davom etishi mumkin». Yana bunday deyiladi:

«Nuqsonlar – demokratik kapitalistik tizimning ajralmas xususiyatidir. Har bir aqli raso kishi buni nihoyatda aniqlik bilan payqamoqda. Demokratik kapitalistik tizimning eng yorqin qadriyatlari manfaatparastlik va moddiy manfaat. Shuning uchun bu narsalar prezident tomonidan uning vakolatlariga muvofiq hamda o‘z partiyasining vakillar palatasidagi ta’siriga muvofiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita belgilanadi. Shu sababli, prezidentlarning ushbu manfaatparastlik va moddiy manfaat darajasini belgilashdagi qarorlari biriniki ikkinchisinikidan farq qiladi. Shunday qilib, bitta prezident o‘z xohishiga ko‘ra foydali narsani ko‘rib chiqadi va ijobiy qaror qabul qiladi, boshqa prezident esa, buni nafaqat foydasiz, balki aksincha, zararli deb hisoblaydi va prezidentning avvalgi qarorini bekor qiladi. Ularning har biri demokratik kapitalistik tuzumni va xalq tomonidan qabul qilingan konstitutsiyaga rioya qilganligini e’lon qiladi, lekin aslida har biri o‘z xohish-istagiga muvofiq ish tutadi».

Savolga javob so‘ngida bunday deyildi:

«Xulosa qilib shuni ta’kidlashni istardimki, garchi botil ba’zida ustunlikni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ladigan bo‘lsa ham, haqiqat har doim hammadan ustun turadi. Ayniqsa, «Hizb ut-Tahrir» Islom Ummati orasida kunni tunga ulab faoliyat olib borar ekan, Xalifalik tongi yana otadi, Sharqu G‘arbdagi tog‘utlar taxti qulaydi. Alloh Taolo aytadi:

وَتِلْكَ الْأَيَّامُ نُدَاوِلُهَا بَيْنَ النَّاسِ وَلِيَعْلَمَ اللَّهُ الَّذِينَ آمَنُوا وَيَتَّخِذَ مِنكُمْ شُهَدَاءَ وَاللَّهُ لَا يُحِبُّ الظَّالِمِينَ وَلِيُمَحِّصَ اللَّهُ الَّذِينَ آمَنُوا وَيَمْحَقَ الْكَافِرِينَ

«(Biz) bu kunlarni (ya’ni g‘alaba va mag‘lubiyat kunlarini) odamlar orasida aylantirib turamiz. Toki, Alloh haqiqiy imon keltirgan kishilarni bilib, orangizdan shahidlarni saralab olsin. Alloh zolim kimsalarni sevmas. Va toki, Alloh imon keltirgan zotlarni (gunohlaridan) poklab, kofirlarni halok qilsin»       [Oli Imron 140-141]

Roya gazetasining 2020 yil 13 yanvar chorshanba kungi 321-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.