Afg‘onistonda Avstraliya maxsus kuchlari sodir etgan jinoyatlarning fosh etilishi

259
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Afg‘onistonda Avstraliya maxsus kuchlari sodir etgan jinoyatlarning fosh etilishi

Avstraliya Mudofaa vaziri Angus Kempbell afg‘on xalqidan kechirim so‘radi. Bu – harbiy jinoyatlar bo‘yicha tergov-surishtiruv olib borilib, Avstraliya maxsus kuchlarining Afg‘onistondagi urush paytida mahbuslar yoki tinch aholidan kamida 39 nafar insonni noqonuniy ravishda o‘ldirgani fosh etilishi ortidan bo‘ldi.  U bunday jinoyatlar afg‘onlarning avstraliyalik kuchlardan yordam so‘rab, bildirgan ishonchlariga putur etkazadi, dedi. Vazirga ko‘ra, o‘ldirilgan mahbuslar, dehqonlar va boshqa afg‘on mahalliy aholisidan iborat bo‘lgan. Ulardan aksari mahbuslarni tashkil qilgan bo‘lib, o‘ldirilgan paytda ular hibsda bo‘lganlar, binobarin, xalqaro qonun himoyasi ostida hisoblanganlar.

Bunga nisbatan Hizb ut-Tahrir – Avstraliya matbuot bo‘limi bayonot chiqarib, unda quyidagilarni ta’kidladi:

«Avstraliya Afg‘onistonni agressiya qilgan koalitsiyaning a’zosi bo‘lib, afg‘on xalqining qirg‘in etilishiga javobgar. Bu tergov-surishtiruv parchalangan obro‘ni tiklash uchun bir ramziy manyovrlardan boshqa narsa emas. Chirkin haqiqat shundaki, Avstraliya o‘zining urush mashinasini to‘xtatmaydi, bu qilmishiga ezgulik ulashish vazifasi, degan niqobni kiydirib, unga nosoz-buzuq sud tizimi tomonidan qonuniylik tusini bergan holda davom ettiradi… Biz Avstraliyaning sobiq bosh vaziri Jon Govardning Iroq bosqinchiligining ofat keltirib chiqargani uchun uzr so‘raganini ham, kichik Jorj Bushning razvedka ma’lumotining «xato» bo‘lganini tan olganini ham unutganimiz yo‘q. Biroq bu uzrlar quruq so‘zlardan boshqa narsa emas. Chunki uning muqobilida millionlab jonlar, vayron bo‘lgan xalq va shaharlar turibdi. Hech kim buning javobgarligini yoki oqibatlarini o‘z zimmasiga olmayapti. Zotan, tergovni qo‘llari qon jinoyatchilarning o‘zlari olib borishyapti».

Matbuot bayonoti so‘nggida bunday deyildi:

«Butun dunyo yangi bir tuzum va mexanizmga juda muhtoj. Chunki bu jinoyatkor davlatlar Sharqu G‘arba haddan oshgandan oshishyapti, ulardan na hisob so‘rovchi bor, na ularni tiyib qo‘yuvchi. Ular o‘zlarini uzoq-uzoq vaqtgacha amal qiluvchi daxlsizlik bilan ta’minlab olishgan. Ikkinchi Jahon urushidan so‘ng tuzgan xalqaro qonun faqat o‘zlari uchun, nufuzlarini kengaytirib, bu davlatlar ustidagi hukmronliklarini mustahkamlashlari uchun xizmat qiladi. Urushdan keyin o‘nlab yillar davomidagi istibdod va boyliklarni talon-toroj etish kabi sodir etilgan va hamon sodir etilayotgan qilmishlar insoniyat tarixida sodir etilgan eng vahshiy qilmishlar bo‘lib, ularning qurboni faqat kambag‘al va qashshoqlar bo‘ldi.

Roya gazetasining 2020 yil 25 noyabr chorshanba kungi 314-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.