Qanday qilib dushmanlarimiz uchun o‘z yurtlarimizda harbiy bazalar qurishlariga ruxsat berish mumkin?!

253
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Qanday qilib dushmanlarimiz uchun o‘z yurtlarimizda harbiy bazalar qurishlariga ruxsat berish mumkin?!

Putin Rossiya hukumatining Sudanda harbiy dengiz floti bazasini qurish taklifini ma’qulladi va Mudofaa vazirligiga ayni taklifni amalga oshirish uchun kelishuv imzolashni buyurdi. Reyter axborot agentligiga ko‘ra, Sudan ushbu baza uchun erni tekinga beradigan bo‘ldi, Moskva esa yangi inshootni qo‘llab-quvvatlash uchun Sudandagi aeroport va portlar orqali qurol-aslaha, zaxira va boshqa kerakli narsalarni tashish huquqini qo‘lga kiritadigan bo‘ldi.

O‘z navbatida bunga nisbatan Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati matbuot bo‘limi bayonot nashr qilib, unda quyidagilarni ta’kidladi:

«Sudan hukumatining o‘z erlarida harbiy baza qurilishi to‘g‘risidagi rus hukumati talabini qabul qilishi uyat va sharmandalik bo‘lib, Allohga, Rosuliga va mo‘minlarga xiyonatdir. Chunki Rossiya Islom va musulmonlar dushmanidir. U ayni bazadan musulmonlarga zarba yo‘llashda foydalanadi. Xuddi Suriyada asr jinoyatchisi Bashar Asadni mudofaa qilish uchun Shom ahlini qariyalar, yoshlar va ayollarni ajratmay qatli om qilgani kabi».

Bayonotda «qanday qilib dushmanlarimizga o‘z erlarimizda harbiy bazalar qurishlariga ruxsat berish mumkin?! Nahotki, bu G‘arbu Sharq malaylarining likillab qolgan taxtlarini himoya qilish uchungina bo‘lsa?!», degan savol o‘rtaga tashlandi. Keyin bayonotda Sudan ahlini quyidagicha ogohlikka chaqirildi:

«Ushbu bazalar qurilishiga yo‘l qo‘ymang. Barchamiz birgalikda anavi hukmdorlarni ag‘darishga va buyuk Islom Qo‘rg‘onini barpo etishga harakat qilaylik. Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikda mujassam bo‘lgan ushbu qo‘rg‘on musulmon o‘lkalarining suv va quruqliklarini mustamlakachi kofirlarning harbiy bazalaridan tozalaydi va butun olamga ezgulik, adolat va nur ulashadi.

Roya gazetasining 2020 yil 25 noyabr chorshanba kungi 314-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.