Musulmon yurtlaridagi kurashayotgan tomonlar bu kurashlarining naqadar xavfli ekanini qachon anglab etadilar?!

317
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Musulmon yurtlaridagi kurashayotgan tomonlar bu kurashlarining naqadar xavfli ekanini qachon anglab etadilar?!

Al-Jazira net veb-sayti (hijriy 1442 yil 2 rabiussoniy, milodiy 2020 yil 17 noyabr seshanba kuni) nashr qilgan xabarda bunday deyiladi:

«Oksfam tashkiloti dunyodagi yirik davlatlarni Saudiyaga Yamanga qarshi urushi asnosida milliardlab dollar qiymatidagi qurol-aslahalarni eksport qilayotganlari uchun va buning muqobilida davlatlar dunyoda eng katta inqirozni boshdan kechirayotgan yamanliklarga yordam sifatida ayni mablag‘ning atigi uchdan bir qismini ajratishayotgani uchun tanqid qildi.

Oksfam tashkilotining ta’kidlashicha, katta yigirmalik davlatlari 2015 yilda Yaman urushi boshlangandan buyon Saudiyaga 17 milliard dollardan ziyod qiymatida qurol-aslaha eksport qilishgan. Ammo mana shu urush sababli dunyoda eng katta gumanitar krizisni boshdan kechirayotgan yamanlik xalqni qo‘llab-quvvatlashga bu mablag‘dan atigi uchdan bir qismni ajratishgan».

Roya:

Kapitalistik davlatlarning moddiy manfaatiga erishish yo‘lida odamlarni o‘ldiradigan qurollarni sotish uchun islomiy yurtlarda mojarolarni qo‘zg‘ashayotgani bir musibat bo‘lsa, nizolashayotgan tomonlarning o‘zlariga qurol sotgan o‘sha mustamlaka davlatlarning ishonchli vakillari sifatida urushga kirayotganlari eng katta musibatdir. Bundan ham yomon jinoyat bo‘lishi mumkinmi?! Musulmonlar AQSh, Britaniya va Frantsiya kabi mustamlakachi davlatlardan o‘z mablag‘lari evaziga sotib olingan qurollar yordamida o‘ldirilmoqdalar. Bular islomiy yurtlardagi mustamlakachilikning manfaatlariga xizmat qilish va ularning rejalarini amalga oshirish uchun sodir etilyapti. Bu narsa bir tomondan, mustamlakachi G‘arbning jinoyatkorligi va axloqsizligini ko‘rsatayotgan bo‘lsa, boshqa tomondan, islomiy yurtlar hukmdorlarining hamda G‘arb bilan bevosita yoki bilvosita aloqa qiluvchi harakatlarning naqadar ulkan malay ekanini ham namoyon etmoqda.

Roya gazetasining 2020 yil 25 noyabr chorshanba kungi 314-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.