AQSh Turkiyaga S-400 majmualari uchun sanktsiyalar kiritdi

325
0

AQSh Turkiyaga S-400 majmualari uchun sanktsiyalar kiritdi

 AQSh Turkiya Rossiyadan S-400 zenit-raketa majmualarini sotib olgani uchun Turkiya mudofaa sanoati kotibiyati, uning rahbari Ismoil Demir va yana uch mansabdor shaxsiga nisbatan sanktsiyalar joriy etdi. Bu haqda AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo ma’lum qildi.

 Pompeoning ta’kidlashicha, AQSh Turkiyani S-400 sotib olinishi AQSh harbiylari va texnikasini xavf ostiga qo‘yishi, Rossiya mudofaa sektoriga katta mablag‘lar taqdim qilishi hamda Rossiyaning Turkiya qurolli kuchlari va mudofaa sanoatiga kirishidan bir necha marta ogohlantirgan.

 “Turkiya ogohlantirishimizga qaramay, Rossiyadan S-400 majmualarini sotib olishni va ularning sinovlarini o‘tkazishni davom ettirdi. Biz Rossiyaning mudofaa sektori bilan yirik bitimlar tuzilishiga chidab turmaymiz”, – deb aytgan Pompeo.

 AQSh davlat kotibining ta’kidlashicha, sanktsiyalar Amerika dushmanlariga sanktsiyalar vositasida qarshi kurashish qonuni (CAATSA) doirasida kiritilgan va AQShning ushbu qonunga muvofiq harakatlanishga hamda uni shunga o‘xshash vaziyatlarda qo‘llashga tayyorligini ko‘rsatadi.

 Sanktsiyalar Turkiya mudofaa sanoati kotibiyatiga litsenziyalar va eksportga ruxsat berishga taqiqlovni hamda Demir va kotibiyatning boshqa amaldorlarining AQShdagi aktivlari muzlatilishini ko‘zda tutadi.

 Pompeoning ta’kidlashicha, endi Turkiya AQSh bilan birgalikda S-400 muammosini darhol hal qilishi lozim.

 Izoh: Turkiya va Rossiya 2017 yilning dekabr oyida umumiy qiymati 2,5 milliard dollar bo‘lgan to‘rtta ZRK S-400 divizioni etkazib berish borasida bitim imzolagan edi.

 Turkiya hukumatining ushbu “qarori”dan so‘ng AQSh senati Turkiyaga ulьtimatum qo‘ydi, Pentagon “jiddiy oqibatlar” bilan tahdid qildi, biroq turk hukumati o‘z qaroridan “qaytmadi” va Rossiyadan S-400 tizimlarini sotib oldi. 

 Ma’lumki, Turkiya hukumati AQShning roziligisiz Rossiyadan S-400 majmualarini aslo sotib ololmaydi. Qolaversa AQSh va NATO S-400 raketa tizimi o‘zlariga xavf solmasligini juda yaxshi bilishadi. AQShning S-400 raketa tizimi uchun Turkiyaga bosim o‘tkazishi, sanktsiyalar kiritishi uni Suriya, Iroq va Falastin masalasida oson ishga solish va o‘z manfaatlari yo‘lida xizmat qildirish uchundir.

 Bundan tashqari, Turkiya Rossiyadan S-400 majmualarini sotib olganidan so‘ng, uni tadqiq qilish uchun AQShga deyarli topshirib berdi. 2019 yilning noyabr oyida “newsland.com” internet nashri Amerika OAV asoslanib, 18-noyabrda Turkiya va AQSh Rossiyaning S-400 havo mudofaasi tizimi Amerikaning F-35 qiruvchi samolyotlarini aniqlay oladimi, agar aniqlay olsa undan qanday qochish mumkinligini o‘rganish maqsadida ekspertlar guruhini tuzishganini xabar qilgan edi.

 Xabarga ko‘ra, amerikalik harbiylar oldida mudofaa tizimidan foydalana olishlari uchun o‘zlari olgan ma’lumotlar kodini ochish vazifasi turipti. Agar AQSh tizimidagi kodni buza olsa u tizimning ishiga ta’sir o‘tkazishi, radarlarni statik bilan yopishi va hatto dushmanlariga aslida yo‘q samolyotlarni bordek qilib ko‘rsatishi mumkin bo‘ladi. Ma’lumki, Rossiyaning S-400 amerikaning F-16 qiruvchi samolyotlarini aniqlash va zarba berish imkoniga ega edi. Endi AQSh bu tizimning zaif tomonlarini o‘rganib chiqish va o‘zining yangi avlod F-35 qiruvchi samolyotlarini bu tizimga qarshi imkoniyatlariga ega bo‘ldi.

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.