AQShdagi prezidentlik saylovlari natijalari

303
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Savolga javob

AQShdagi prezidentlik saylovlari natijalari

Savol:

Bu safar AQShda prezidentlik saylovlari Prezident Tramp va uning demokrat raqibi Bayden o‘rtasidagi ziddiyatlar bilan o‘tdi. Keyin ommaviy axborot vositalari Baydenning g‘alabasini e’lon qildi, ammo Tramp ovoz berish natijalarini tan olmadi. Sizningcha, Bayden g‘alaba qozonganidan keyin saylovlar jarayonida kuzatilgan keskinlik asta-sekin so‘nadimi? Vashingtonda hokimiyat almashish jarayoni muammosiz o‘tadimi? Yoki voqealar rivoji Qo‘shma Shtatlar ichkarisi va tashqarisida yanada jiddiy oqibatlarga olib keladimi?

Javob:

Amerikadagi bu safargi prezidentlik saylovi avvalda hech kuzatilmaganini hamma bir ovozdan tasdiqlamoqda. Chunki saylov jiddiy ziddiyatlar bilan o‘tdi. AQSh Prezidenti Tramp saylovga bir necha oy qolganida, saylovlar soxtalashtirilgan taqdirdagina yutqazishi mumkinligini aytdi. Uning prezidentlik lavozimini saqlab qolishga qat’iy qaror qilgani shunchalik ravshan ediki, Vashingtondagi siyosatchilar Tramp Oq uyni tark etishni rad etgudek bo‘lsa, qanday choralar ko‘rish mumkinligini muhokama qila boshlashdi. Shuning uchun saylovlardan oldingi va undan keyingi holatlarga aniqlik kiritish muhim:

Birinchi: Tramp 2017 yil 20 yanvarda hokimiyatga kelishi bilanoq mamlakat ichkarisi va tashqarisida kishining jig‘iga tegadigan tarzda ish yurita boshladi.

1 – Ichki siyosatda prezident o‘z muxoliflariga hech qanday ahamiyat bermadi. Ishdan bo‘shatish yoki mansabdor shaxslarning iste’fo berishi orqali almashishi Tramp ma’muriyatiga xos xususiyatga aylandi. To‘rt yil davomida vazirlar va uning ma’muriyati rahbarlari bir necha bor almashdi. Bugungi kunga qadar Tramp o‘zini shunday tutmoqda. U mudofaa vaziri Mark Esperni 2020 yil 9 noyabrda, ya’ni, saylovlarda Baydenning g‘alaba qozongani haqida e’lon qilinganidan so‘ng ishdan bo‘shatdi. AQSh politsiyasining afroamerikaliklarga nisbatan irqchilik munosabati va politsiyaga qarshi boshlangan keng miqyosli noroziliklar mavzusida Tramp politsiyaga bosim o‘tkazish yoki byudjetini qisqartirish chaqiriqlarini rad etdi. Aksincha, u yashirin, ba’zan esa ochiq irqchilikni ifoda etadigan bayonotlarni berib keldi. U ish o‘rinlarini yaratish bahonasida kompaniyalarga solingan soliqlarni keskin kamaytirdi.

2 – Tashqi siyosatda u Xitoy bilan iqtisodiy urush boshladi va Amerika uchun yangi davr – protektsionistik iqtisodiy siyosat boshlanganini e’lon qildi. U iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Parij kelishuvi, Shimoliy Amerika erkin savdo shartnomasi (NAFTA) va boshqalar kabi xalqaro shartnomalardan chiqib, Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti kabi bir qator xalqaro tashkilotlarni tark etdi. U ittifoqchilaridan, xususan, evropaliklardan voz kechdi va Britaniyani ochiqchasiga qo‘llab-quvvatladi va Evropa Ittifoqidan chiqishida unga yordam berishini hamda u bilan yirik savdo kelishuvini imzolashini e’lon qildi. U NATO davlatlariga xarajatlarni ko‘paytirishni talab qilib, shafqatsiz hujum uyushtirdi. Tramp shuningdek, Islom mintaqasidagi qo‘g‘irchoq hukmdorlar va amerikaparast siyosatchilarga mensimacdan munosabatda bo‘ldi.

Ikkinchidan: Amerikaning bo‘linishi

Tramp ma’muriyatining keskin burilishlari natijasida Amerika jamiyatida bo‘linish boshlandi. Amerikada Trampning to‘rt yillik hukmronligi davrida ko‘plab kasalliklar (muammolar) paydo bo‘lib, ularning simptomlari yuzaga qalqib chiqdi:

1 – 2016 yilda saylov kampaniyasi boshlanganidan beri Tramp keng aholi e’tiborini jalb qilgan irqchilik tendentsiyalarini (g‘oyalarini) namoyish etdi. Oq tanlilarga mansub millatchi harakatlar faollashishni boshladi. Ular ilgari Amerika jamiyatida ozgina mavqega ega edi. Ammo Tramp kelishi bilan gullab-yashnab rivojlanib ketdi. Oq tanli politsiyachilar tomonidan qora tanli amerikaliklarni o‘ldirish hodisalari yuz berdi. Bu amerikaliklarning oq va qora tanlilarga bo‘linishiga olib keldi. Irqchilik va qora tanlilarga qarshi zo‘ravonlikka qarshi, ayniqsa politsiya zo‘ravonligiga qarshi bo‘lgan, shuningdek, tenglikni talab qiladigan «Qoralarning hayoti muhim» (inglizchada – «Black Lives Matter») siyosiy harakati paydo bo‘ldi. Bunga javoban, oq tanli amerikaliklarning ma’lum darajada uyushgan qurolli ko‘ngilli kuchlari paydo bo‘ldi va mamlakatdagi beqarorlik uchun tayyorgarlik ko‘ra boshladilar.

2 – Tramp ma’muriyati evropalik ittifoqchilariga nisbatan nafratini namoyish etdi. Hatto Mudofaa vaziri Mettis ham iste’foga chiqish to‘g‘risidagi arizasida «ittifoqchilarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish» kerakligi haqida gapirdi. (Yavmussabi’, 2018 yil 12 dekabr).

3 – 2017 yilda ish boshlaganidan beri Tramp protektsionistik iqtisodiy siyosatni, aniqrog‘i Amerika iqtisodiyotini o‘z mamlakatiga kirib kelayotgan Xitoy va Evropa tovarlaridan himoya qilishga chaqirdi. U erkin xalqaro savdo sharoitida raqobatlashish qudratiga ega bo‘lmagan bir qator fabrikalarni to‘xtatdi. Tramp o‘zining bunday xatti-harakati bilan mamlakat ichkarisida o‘ziga qarshi shafqatsiz dushmanlarni paydo qilayotganini sezmadi. Shu sababli, texnologiya kompaniyalari uning eng ashaddiy dushmanlaridan biri bo‘lib, ular unga bor kuchlari bilan qarshi chiqdilar va minglab ishchilarini unga qarshi ko‘plab masalalar bo‘yicha norozilik namoyishiga olib chiqdilar. Shuningdek, uni obro‘sizlantirish uchun u haqda sizib chiqqan sharmandali ma’lumotlarni tarqatishga bor kuchlarini sarfladilar. Bu kutilgan holat edi, chunki bu kompaniyalar global tarzda faoliyat olib borganliklari uchun o‘zlarining faoliyatlari oldida to‘siqlar qo‘yilishini, shuningdek, Trampning siyosatiga javoban boshqa davlatlar tomonidan to‘siq qo‘yilishini istashmaydi. Shuning uchun Xitoy yirik Xitoy bozorida yaxshi mavqega ega bo‘lgan kompaniyalarga to‘siqlar yaratish bilan tahdid qila boshlaganda va Frantsiya ulardan frantsuz mahsulotlari uchun soliq to‘lashni talab qilishni boshlaganda, ushbu kompaniyalar Prezident Trampdan xalos bo‘lishga qaror qilishdi. Shunday qilib, bu narsa Trampga qarshi kampaniyaning asosi va Jo Baydenni qo‘llab-quvvatlash kampaniyasining markaziga aylandi.

4 – Butun dunyo sog‘liqni saqlash, kasallikni oldini olish, odamlarni koronavirusdan himoya qilish haqida gapirayotgan bir paytda, Prezident Tramp o‘zining kapitalistik dunyoqarashi bilan dori-darmon va vaktsinalar, savdo ishlaridagi pretsedentlar (o‘zidan keyingi voqeaga o‘rnak bo‘larli hodisa), dori ishlab chiqaruvchilarning ulkan foyda topishi va franchayzing huquqlari (bozor subьektlari o‘rtasidagi munosabatning bir ko‘rinishi) haqida gapirishga e’tiborini qaratdi. Prezidentning bu holati uni g‘amxo‘rlik fazilatlaridan mahrum qilib ko‘rsatdi. Keyin Tramp iqtisodiy vaziyat izdan chiqishini ro‘kach qilib, koronavirusga qarshi kurashish uchun mamlakatni yopilishiga qarshi chiqdi. Bu esa, Qo‘shma Shtatlardagi demokratlar rahbarlari va Prezident Tramp o‘rtasida koronavirusga qarshi kurashish uchun shtatlarning yopilishi to‘g‘risida keskin bayonotlar urushini keltirib chiqardi. Tramp iqtisodiyotning ishlashini istagan neftь, sanoat va chakana savdo kompaniyalari tomonda turdi. Uning muxoliflari, shu jumladan – Demokratik partiya rahbarlari koronavirus natijasida AQShda hukm surgan vahima va qo‘rquv holatini ro‘kach qilib, iqtisodiy faoliyatni to‘xtatishni ilgari surishdi. Biroq, iqtisodiy faoliyatni to‘xtatish va bunga chaqiruvchilar hamda Trampning muxoliflari ortida omma oldida ko‘rinmaydigan kuchlar bo‘lgan. Ular barqaror rivojlanib, iqtisodiyot tarixida misli ko‘rilmagan yutuqlarga erishgan sun’iy intellekt texnologiyalari kompaniyalari edi. Koronavirus paydo bo‘lganda, butun dunyodagi odamlar o‘z uylarida televizorlar, kompьyuterlar va smartfonlar oldida o‘tirishdi va sarf-xarajatlarini qisqartirishni boshladilar. Bu esa, texnologiya kompaniyalari kapitalining tasavvur qilib bo‘lmaydigan darajada ko‘payishiga sabab bo‘ldi. Masalan, «Amazon» kabi kompaniyaning foydasi va bozordagi narxi kutilmagan balandlikka sakradi. Hatto «Amazon»ning ba’zi bir ta’sischilari kompaniyaning bozor narxi ko‘tarilishi natijasida 24 soat ichida 6 milliard dollar foyda ko‘rishga muvaffaq bo‘ldi. (AQSh texnologiya kompaniyalari joriy yilning uchinchi choragida umumiy qiymati 38 milliard dollar bo‘lgan katta daromad ko‘rganliklarini bildirdi. Bi-Bi-Si, 30 oktyabr 2020 yil).

«Amazon», «Apple», «Alphabet», «Google», «Facebook», Ilon Maskning kompaniyalari va boshqa Amerikaning texnologiya kompaniyalari tomonidan erishilgan ushbu astronomik foyda, ayniqsa koronavirus tufayli zarar ko‘rgan kompaniyalarni norozi qilmoqda. Koronavirus tufayli ziyonga uchragan bunday kompaniyalarga energetika va neftь kompaniyalarini, turizm kompaniyalarini, shuningdek, Trampning o‘zi sarmoya yotqizgan Nьyu-York minorasi va Florida kurortini hamda Britaniyadagi sport investitsiyalarini misol qilish mumkin.

Uchinchidan: Amerikadagi saylovlar va soxtalashtirish

1 – Amerikadagi 2020 yilgi prezidentlik saylovlari o‘tmishdagi saylovlarga o‘xshamadi. Pochta orqali berilgan ovozlarni hisoblash davom etayotgani sababli g‘olibni e’lon qilish deyarli bir haftaga kechiktirildi. Ma’lumki, pochta orqali asosan demokratlar ovoz berdi. Prezident Tramp saylov kunidan bir necha oy oldin, pochta orqali yuborilgan ovozga qarshi chiqdi va uning firibgarlikka yo‘l ochishini aytdi. U o‘z tarafdorlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ovoz berishga chaqirdi. Demokratlar esa (pochta orqali) ovoz berishni kengaytirishni va ovoz berishning bu turi oldidagi to‘siqlarni olib tashlashni talab qilishdi. Va bu firibgarlikka o‘xshash hiyla-nayrang edi.

2 – Hiyla-nayrangligiga kelsak, ma’lumki, Demokratik partiya tarafdorlari odatdagi ovoz berishda qatnashmaydi va natijada partiya ba’zi ovozlarni yo‘qotadi. Agar sirtdan ovoz berish bo‘lmaganida koronavirus pandemiyasi tarqalishi sharoitida Demokratik partiya ko‘p ovozlarni yo‘qotishi mumkin edi. Tramp bunday muammoga duch kelmadi. Ya’ni, uning tarafdorlari printsipial ravishda ovoz berishda qatnashdilar va uni mafkuraviy darajada himoya qildilar. Shuning uchun koronavirus pandemiyasi niqobi ostida sirtdan ovoz berishni ma’qullash Demokratik partiya uchun katta foyda bo‘ldi. Birinchi kuni e’lon qilingan natijalar keskin tarzda Tramp foydasiga burilganini ko‘ramiz, Ammo tebranib turgan, ya’ni kimga ko‘p ovoz berilgani noaniq bo‘lib turgan shtatlar sirtdan ovoz berishni boshlaganlarida, saylov shkalasi Demokrat Bayden foydasiga keskin burilishni boshladi. Ushbu natijalar kutilgan edi. Pensilvaniya shtati poytaxti Filadelьfiyada, garchi Tramp  Baydenni yuz ming ovoz bilan mag‘lub etgan bo‘lsa-da, Bayden tarafdorlari asosiy hisoblash markazining tashqarisida allaqachon tantana qilishdi. Chunki ular sirtdan berilgan ovozlar vaziyatni Bayden foydasiga o‘zgartirish uchun etarli bo‘lishiga ishonishdi. Aynan shu narsa sodir bo‘ldi; Ommaviy axborot vositalari Baydenning g‘olibligini e’lon qilib, unga saylovdagi g‘alabasini e’lon qilishga imkon berdi, chunki Pensilьvaniya shtatidagi ovoz uni Saylovchilar Kollegiyasidagi (hay’atidagi) kerakli miqdordagi (270 ovoz) songa etkazish uchun etarli edi.

To‘rtinchidan: dolzarb voqealar traektoriyasi

1 – Bayden saylovlarda g‘alaba qozonganligi to‘g‘risida deyarli har kuni bayonotlar berishni boshladi. U g‘olib nomzod sifatida o‘z uyi bo‘ylab uchish taqiqlangan hudud joriy qilinganini bildirdi. Shuningdek, chet ellik va mahalliy siyosatchilardan tabrik maktublari olib, AQShning saylangan va keyingi prezidenti sifatida dunyo rahbarlari bilan aloqalarni o‘rnatdi. Tramp esa, uning g‘alabasini rad etdi va voqealar rivojini o‘zgartiradigan sud jarayonlari orqali saylov kampaniyasi ildam davom etayotganini bildirdi. Unga ko‘ra, Bayden qonuniy ovozlar bilan saylovda g‘alaba qozonganligini hech qanday dalilsiz, shoshilib e’lon qilib yuborgan. O‘z navbatida Jo Baydenning matbuot kotibi Beyts agar saylov natijalarini tan olmaydigan bo‘lsa, Trampning Oq uydan majburan chiqarib yuborilishini bildirdi.

2 – Amerikadagi hozirgi vaziyat juda xavfli. Germaniya mudofaa vaziri buni portlovchi deb atadi. Ba’zilar Tramp tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan qurollangan ko‘ngilli guruhlar saylov kampaniyasining shtab-kvartirasiga bostirib kirib, vayronagarchiliklarga olib kelishini taxmin qilishgan. Biroq, ba’zi shtatlarda bunday his-tuyg‘ular va hodisalarning qisman namoyon bo‘lishiga qaramay, bu sodir bo‘lmadi. Modomiki prezident sud jarayonlari va siyosiy hiyla-nayranglar orqali ikkinchi muddatga qolishga umid qilayotgan ekan, aftidan bu stsenariy ma’lum bir sanaga qoldirilgan ko‘rinadi.

Boshqa tomondan, Al-Jazira net 2020 yil 10 noyabrda Vashington Post gazetasiga asoslanib «Oq uy federal agentliklarni saylangan prezident Jo Baydenning o‘tish davri jamoasi bilan hamkorlik qilishdan o‘zini chetga tortishga buyurdi», deya xabar berdi. Tramp ma’muriyati g‘olib nomzod uchun AQSh qonunlarida nazarda tutilgan pulni ofis ijarasi va boshqa xarajatlarga sarflashdan bosh tortdi. «Biz katta yutuqlarga erishmoqdamiz. Natijalar kelasi haftada paydo bo‘lishni boshlaydi… Biz g‘alaba qozonamiz», – deb yozgan Tramp 2020 yil 10 noyabrь kuni Tvitterda. Davlat kotibi Pompeo Trampning ikkinchi prezidentlik muddati haqida gapirib, respublikachi senatorning reaktsiyasiga sabab bo‘ldi, u davlat amaldorining bunday bayonotlari o‘ta xavfli ekanligini aytdi. Shunday qilib, Amerika Qo‘shma Shtatlari uning barqarorligi va hududiy yaxlitligiga tahdid soladigan haqiqiy inqirozga tushib qoldi va u jiddiy tahdidga aylanishi mumkin. G‘arbiy qirg‘oq shtatlari, xususan Kaliforniya, uzoq vaqtdan beri Demokratlar shtatidir. Texnologiya kompaniyalari markazlari shu shtatda joylashgan. Bu shtatning Trampni ikkinchi prezidentlik muddatini qo‘llashi mumkin emas. Respublikachi shtatlarga, xususan mamlakat janubidagi Texas shtatiga kelsak, ular Kaliforniya shtati bilan parallelь kuchni anglatadi va Amerikaning eng yirik neftь va energetika kompaniyalari joylashgan. Ular yangi saylangan prezident Baydenning g‘alabasini qabul qilmaydilar. Chunki u hokimiyatga kelgach, AQShni Parijdagi iqlim kelishuviga qaytarish to‘g‘risida farmon imzolaydi. Tramp esa, agar u ikkinchi muddatga chiqsa, uni qadrsizlantirgan va uning tvitlarini tsenzura qilgan texnologiya kompaniyalariga hech qanday imtiyozlar bo‘lmasligini aytib tahdid qildi.

Beshinchisi: dolzarb voqealar jarayonidagi muhim ahamiyatga ega bo‘lgan jihatlar

1 – Amerika har doim qadrlab kelgan demokratiya – prezident Trampning hokimiyatda qolish uchun qilayotgan sharmandali ishlarini yumshatish uchun olib borilayotgan sud va qonuniy bahonalar bilan buzib tashlanmoqda. Amerikada har xil stsenariy va o‘ch olish harakatlari har lahzada yuz berishi mumkin. Keyingi prezident g‘olib nomzod Bayden bo‘lishi ham, mag‘lubiyatini tan olishni istamaydigan va ikkinchi muddatga borishni istagan amaldagi prezident Tramp bo‘lishi ham mumkin. Kim bo‘lajak prezidentga aylansa, u raqibidan qattiq o‘ch olishga kirishadi, bu esa qo‘llarni qayrishdan ko‘ra ko‘proq suyaklarni sindirishga o‘xshaydi. Shunday qilib, Amerika betartiblik va xavotir va ichki muammolarga botish yoqasida. Amerikaning bo‘linish holatiga yuz tutishini ham istisno qilib bo‘lmaydi. Bunda Texas Tramp va respublikachilar va uni qo‘llab-quvvatlovchi kompaniyalar uchun markaz bo‘ladi, Kaliforniyada esa Bayden, demokratlar va uni qo‘llab-quvvatlovchi kompaniyalar uchun yana bir markaz bo‘ladi. Ushbu janjal Trampning qolgan ikki oy prezidentlik davri bilan cheklanmay, bundan keyin ham davom etishi mumkin.

2 – Nuqsonlar – demokratik kapitalistik tizimning ajralmas xususiyatidir. Har bir aqli raso kishi buni nihoyatda aniqlik bilan payqamoqda. Demokratik kapitalistik tizimning eng yorqin qadriyatlari manfaatparastlik va moddiy manfaat. Shuning uchun bu narsalar prezident tomonidan uning vakolatlariga muvofiq hamda o‘z partiyasining vakillar palatasidagi ta’siriga muvofiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita belgilanadi. Shu sababli, prezidentlarning ushbu manfaatparastlik va moddiy manfaat darajasini belgilashdagi qarorlari biriniki ikkinchisinikidan farq qiladi. Shunday qilib, bitta prezident o‘z xohishiga ko‘ra foydali narsani ko‘rib chiqadi va ijobiy qaror qabul qiladi, boshqa prezident esa, buni nafaqat foydasiz, balki aksincha, zararli deb hisoblaydi va prezidentning avvalgi qarorini bekor qiladi. Ularning har biri demokratik kapitalistik tuzumni va xalq tomonidan qabul qilingan konstitutsiyaga rioya qilganligini e’lon qiladi, lekin aslida har biri o‘z xohish-istagiga muvofiq ish tutadi.

Masalan, 2017 yil 20 yanvarda yangi prezident sifatida hokimiyatga kelgan Tramp sobiq prezident Barak Obama ma’muriyati tomonidan qurilgan narsalarni keskin yo‘q qila boshladi. Tramp «Obamaker» tibbiy sug‘urtasini bekor qildi, Amerika neftь va energetika kompaniyalari manfaatlariga xizmat qilish uchun Parijdagi iqlim to‘g‘risidagi bitimdan chiqdi, Amerikada qurol olib yurishni qonuniylashtirish bo‘yicha har qanday da’volarni rad etdi, Amerikaning texnologiya kompaniyalariga elektron tsenzurasi kabi ko‘plab cheklovlarni qo‘yishga va Xitoyni tark etishga majbur qilishga urindi. Bularning barchasi sobiq prezident Obamaning hamda raqib nomzod Baydenning pozitsiyasiga to‘liq zid ravishda sodir bo‘ldi. Ma’lumki, Bayden tamoman bularning teskarisini e’lon qilib, tibbiy sug‘urtani qo‘llab-quvvatlamoqda hamda qurol olib yurishni qonuniylashtirishga harakat qilmoqda. Bayden, agar u hokimiyatga kelsa, iqlim o‘zgarishini himoya qilish siyosatiga qaytish uchun o‘z partiyasi va mamlakati uchun printsipial siyosatni e’lon qiladi. Ya’ni, neftь kompaniyalari manfaatlariga qarshi turadi. Bayden ularga qo‘shimcha soliqlarni joriy qilishni va’da qilmoqda. Tramp esa, bunday soliqlarni kamaytirgan edi. Shunday qilib, biz Bayden ortidagi texnologiya kompaniyalarini neftь va energetika kompaniyalari bilan, shuningdek Bayden davlat byudjetining katta qismini ajratishni rejalashtirgan qurol-yarog‘ kompaniyalari bilan qattiq kurash olib borayotganini va boshqalarni ko‘ramiz. Ta’kidlash joizki, Amerikaning yirik neftь kompaniyalari Texasda, eng yirik texnologiya kompaniyalari Kaliforniyaning Silikon vodiysida to‘plangan.

Shunday qilib, «ochiq» bo‘lishni va «global» bo‘lishni istagan texnologiya kompaniyalari egalari bo‘lgan kapitalistlarning manfaatlari o‘z yo‘qotishlarini to‘xtatish uchun Xitoy raqobatidan himoya qilinishini xohlayotgan neftь, sanoat va qishloq xo‘jaligi kompaniyalarining manfaati bilan to‘qnash kelmoqda. Ayni paytda, prezidentlar va ularning yordamchilari – raqobatchilari zararli deb hisoblasa ham – o‘z manfaatlarini ta’minlaydi, deb bilgan o‘lchovlarga muvofiq u yoki bu kampaniyalarni qo‘llab-quvvatlaydi! O‘lchovlari foyda va ziyon bo‘lgan har ikki tomon ham kapitalistik tuzumni tatbiq qilayotganliklarini aytishadi. Shuning uchun ushbu qarama-qarshi tomonlarning istak-mayllariga qarab, foyda va zararning bir xil ko‘rilishi kapitalistik tuzumning naqadar yovuzligini ko‘rsatadi.

3 – Nima uchun bu nuqsonlar Qo‘shma Shtatlarda bu ikki raqib – Tramp va Baydenda shunchalik aniq namoyon bo‘lganiga kelsak, bu quyidagi sabablarga bog‘liq:

a)    G‘olib va yutqazgan nomzodlarning har biri uni qo‘llab-quvvatlaydigan va hokimiyatda bo‘lishidan foyda ko‘radigan keng auditoriyaga ega. Zero, foyda kapitalizmdagi asosiy qiymatdir. Shu bilan birga, agar raqib tomon prezidentlikka erishsa, yutqazgan tomonning manfaatlari o‘rnini mashaqqatlar egallaydi. Bu erda ham xuddi shu holat.

b)    Dunyoga hukmronlik qilayotgan nizomlar kapitalistik nizomlar bo‘lib, ular Amerikadagi nizomdan ancha yomonroqdir. Shu nuqtai nazardan, Amerika fuqarosi boshqa tizimlar bilan taqqoslaganda, u o‘z nizomida boshqa davlatlarga qaraganda kamroq illatlarni topadi va nima bo‘lganiga rozi bo‘lib, ikkita zararning eng engilini tanlaydi!

v)    Bugungi kunda Amerika va kapitalistik nizomning barcha modellari oldida tura oladigan to‘g‘ri nizom mavjud emas. Agar shunday nizom bo‘lganda edi, o‘zlarining nuqsonli nizomlari qarshisidagi haqning qanday ekanligi ularga ayon bo‘lar edi. Agar butun er yuzini xayru barakotga to‘ldiradigan, adolat o‘rnatib xotirjamlikni ro‘yobga chiqaradigan Islom nizomi tatbiq qilinganda edi, odamlarning kapitalistik nizomga bo‘lgan ishonchlari so‘nib, La ilaha illalloh Muhammadun Rosululloh bayrog‘ini yuksak tutgan Xalifalik davlatidagi yaxshilikka intilar edilar.

Xulosa qilib shuni ta’kidlashni istardimki, garchi botil ba’zida ustunlikni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ladigan bo‘lsa ham, haqiqat har doim hammadan ustun turadi. Ayniqsa, «Hizb ut-Tahrir» Islom Ummati orasida kunni tunga ulab faoliyat olib borar ekan, Xalifalik tongi yana otadi, sharqu g‘arbdagi tog‘utlar taxti qulaydi. Alloh Taolo aytadi:

وَتِلْكَ الْأَيَّامُ نُدَاوِلُهَا بَيْنَ النَّاسِ وَلِيَعْلَمَ اللَّهُ الَّذِينَ آمَنُوا وَيَتَّخِذَ مِنكُمْ شُهَدَاءَ وَاللَّهُ لَا يُحِبُّ الظَّالِمِينَ وَلِيُمَحِّصَ اللَّهُ الَّذِينَ آمَنُوا وَيَمْحَقَ الْكَافِرِينَ

«Alloh haqiqiy imon keltirgan kishilarni bilishi hamda oralaringdan shahidlarni saralab olishi uchun bu kunlarni (ya’ni g‘alaba va mag‘lubiyat kunlarini) odamlar orasida aylantirib turamiz. Alloh zolim kimsalarni sevmaydi. Va toki Alloh imon kel¬tirgan zotlarni (gunohlaridan) poklash va kofirlarni halok qilish uchun (bu kunlarni odamlar orasida aylantirib turadi)» [Oli Imron 140-141]

       5 rabiussoniy 1442h

       20 noyabr 2020m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.