Turkiya Fond birjasidagi moliyaviy bitimlar milliy iqtisodiyotga foyda keltirmaydi

274
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Turkiya Fond birjasidagi moliyaviy bitimlar milliy iqtisodiyotga foyda keltirmaydi

Al-Arabiyya net veb-sayti (hijriy 1442 yil 25 rabiulavval, milodiy 2020 yil 11 noyabr chorshanba kuni) nashr qilgan xabarda bunday deyiladi:

«Rossiyalik milliarder Mixail Fridman, turk lirasi kursi va jahon fond bozorining keskin ko‘tarilishidan foydalanib, Turkiyaning eng yirik uyali aloqa operatori aktsiyalaridagi hissalarni sotdi.

Fridman dushanba kuni tezlashtirilgan sotish mexanizmi yordamida «Turksel» kompaniyasidagi 5 % aktsiyani 205 million dollarga sotdi. Chunki talab taklifdan o‘sib ketgandi. Ayni bitimda «Kredit Suiss» va «Goldman Saks» kabi banklar qo‘shma global koordinotorlar va etakchi menejerlar sifatida faoliyat qilishdi.

«Kredit Suiss»ning Turkiya bo‘limi investitsiya bank xizmatlari rahbari Emre Kamol Me’moro‘g‘lining ta’kidlashicha, bu bitim xorijiy mablag‘larni aktsiyalarga jalb qilish orqali Turkiya kapital bozorlarini qo‘llab-quvvatlaydi, shu bilan birga, mahalliy valyutaga bo‘lgan talabni oshiradi.

Me’moro‘g‘li «Biz boshqa turk kompaniyalari bilan faol muloqot qilyapmiz. Birjada ro‘yxatga olingan xalqaro erkin muomaladagi aktsiyalarni ko‘paytirish maqsadida ular bunga o‘xshash bitimlarni ko‘rib chiqishlari mumkin», dedi».

Roya:

Shubhasiz, Turkiya Fond birjasidagi moliyaviy bitimlar milliy iqtisodiyotga foyda keltirmaydi. Bunday bitimlar qimor turiga kiradi. Turkiya Fond birjasida juda qisqa vaqt ichida ishlovchi kompaniyalar aktsiyalarining yirik savdosi turk iqtisodiyotiga daromad keltirmaydi, balki bundan asosan xorijiy sarmoyadorlar foyda olishadi. Aksincha, bu narsa turk iqtisodiyotiga katta xavf tug‘diradi hamda mana shu sarmoyadorlarning ishtahasini qondirish uchun moliya bozorlaridagi turk aktsiyalari qiymatini manipulyatsiya qiladi. Ya’ni, Turkiya iqtisodiyotini o‘shalarga qaram qilib qo‘yadi. O‘z navbatida, bu ayni kompaniyalar aktivlarining real qiymatlari bilan ularning moliyaviy bozorlardagi raqamli qiymatlari o‘rtasidagi farqni yanada kattalashtiradi.

Turkiyadagi iqtisodiy muammolar ham, boshqa musulmon yurtlaridagi iqtisodiy muammolar ham Islom iqtisodiga qaytish bilangina echiladi. Zero, Islom iqtisodi sudxo‘rlikni ham, parazit moliyaviy bozorlarni ham, ajnabiy investitsiyaning musulmon yurtlarda bo‘lishini ham harom qilgan.

Roya gazetasining 2020 yil 18 noyabr chorshanba kungi 313-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.