Sisiy yangi xo‘jayini Baydenni ko‘nglini olish maqsadida ommaviy axborot vositalari xodimlarini yangilash va soxta muxolafatchilar yaratish rejasini tuzmoqda

225
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Sisiy yangi xo‘jayini Baydenni ko‘nglini olish maqsadida ommaviy axborot vositalari xodimlarini yangilash va soxta muxolafatchilar yaratish rejasini tuzmoqda

Al-Jazira net (hijriy 1442 yil 28 rabiulavval, milodiy 2020 yil 14 noyabr shanba kuni) nashr qilgan xabarda bunday deyiladi:

«Misrdagi yuqori martabali bir xavfsizlik manbaining ma’lum qilishicha, so‘nggi paytda sodir bo‘lgan o‘zgarishlarga mos ravishda, asosan, AQShdagi Respublikachi prezident Donalьd Trampning o‘z raqibi Demokrat Jo Baydenga yutqazishi voqeasi fonida, Misr hukumati ham ommaviy axborot vositalari xodimlari orasida yangi amaliyot boshlagan va uni «almashtirish va yangilash», deb atagan.

Al-Jazira netga eksklyuziv intervьyu bergan ushbu manbaga ko‘ra, Sisiy oldindan AQShning yangi ma’muriyati bilan qadam tashlashni istamoqda. Chunki Qo‘shma Shtatlarda Bayden bilan demokratlar muxolafatga katta rolь o‘ynash imkoniyati berishni hamda boshqacha qiyofani shakllantiruvchi yangi shaxslar olib kelishni istamoqda. O‘z navbatida, bu Misrdagi demokratik qiyofalarni o‘zgartirilishiga namuna sifatida hissa qo‘shadi.

Kuzatuvchilarning aytishicha, Sisiy parlamentdagi muxolafatning katta soniga yo‘l berish hamda ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati tajribalaridan manfur suratda model ko‘chirishga harakat qilmoqda, xuddi o‘lgan Husni Muborak qilgani kabi. Lekin kuzatuvchilar Sisiyning o‘z shaxsini keskin tanqid qilishi mumkin bo‘lgan bunday tajribani amalga oshirish qo‘lidan kelmasligini ta’kidlashmoqda.

Misr rejimining bu qadami – ayniqsa, Baydenning o‘tgan iyul oyidagi tanqidlaridan so‘ng – AQShdagi yangi ma’muriyat bilan ehtimolli to‘qnashuvni oldini olish uchun tashlanmoqda. O‘shanda u «Endi Trampning sevgilisi hisoblangan diktatorga boshqa hech qanday chek berish bo‘lmaydi», deya Sisiyga ishora qilgan edi. Bundan tashqari, AQSh Kongressi a’zolari va Evroparlament deputatlari ham alohida maktublar orqali Sisiyga murojaat qilib, undan inson huquqlarini hurmat qilish va zudlik bilan siyosiy mahbuslarni ozod etishni talab qilishgan.

Ushbu xavfsizlik manbaiga ko‘ra, Sisiy Bosh razvedka xizmati rahbari Abbos Komildan kelasi bosqich uchun reja tayyorlashni buyurgan. Shundan kelib chiqqan holda, sobiq bosqichni baholash va kelasi rejalarni ishlab chiqish uchun Komil rahbarligida qo‘mita tuzildi. Qo‘mita tarkibida, asosan, Prezident devoni rahbari general-mayor Muhsin Abdunabi, prezidentning o‘g‘li Mahmud Sisiy, Bosh razvedka xizmati ofitserlari va razvedka ommaviy axborot vositalari kotibi podpolkovnik Ahmad Sha’bon kabilar bor.

Yana ushbu manbaning ma’lum qilishicha, bu qo‘mita muxolafatning adashmaydigan va Sisiyni so‘kmaydigan a’zolariga imkoniyat eshiklarini ochib berishga, ularni axborot vositalarida tez-tez chiqishlariga imkon yaratishga va xuddi Muborak rejimi davrida bo‘lgani kabi, rasmiy-soxta muxolafat tuzish, shu bilan birga, oddiy vatandoshlarga erkinlik berib, xavfsizlik ta’qiblari va qamoqqa olishlarni to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilgan».

Roya gazetasining 2020 yil 18 noyabr chorshanba kungi 313-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.