Halabning qulashi qoʻzgʻolon tugaganini emas balki navbatdagi bosqich boshlanganini anglatadi

751
0

Halabning qulashi qoʻzgʻolon tugaganini emas balki navbatdagi bosqich boshlanganini anglatadi

Halabda yuz berayotgan qirgʻinlar, maydonda ijro qilingan qatllar va uy-joylarni ahli bilan qoʻshib vayron qilishlar Islom Ummati uchun yangilik emas. Bular AQSh va Gʻarb, Rossiya uchun ham yangilik emas. Biz ularning Falastin, Afgʻoniston, Iroqda sodir etgan qilmishlarini unutganimiz yoʻq. Zero, Gʻarbning odati shu. U Islomiy armiyalarning gʻarbparast hukmdorlar tomonidan kishanlab qoʻyilganidan va oʻzlaricha harakat qilolmasligidan koʻngli xotirjam boʻlgani sababli yurtlarimizda birin-ketin shunday qilmishlar sodir etishga odatlangan.

Halabda ahlimiz butun olam koʻz oʻngida qirgʻin qilinmoqda: Buni oʻzlarini suriyalik xalq doʻstlari ekanini iddio qilganlar ham, uning dushmanlari ham tomosha qilib turishdi. BMT va xalqaro hamjamiyatdan ham hech qanday jiddiy harakat koʻrmadik. Bu hol odamlar bosh chanoqlari ustiga bino boʻlgan Gʻarb madaniyatini sharmandasini chiqarmoqda. Uning inson huquqlarini himoya qilish va erkinliklarni kafolatlash, degan daʼvolarning soxtaligini ochib tashlamoqda. Halabda ahlimiz qirgʻin qilinmoqda-yu, bu hech kimni qoʻzgʻamadi… u yerdagi muslimalar nolalari, goʻdaklarning sochilib yotgan tanalari oʻlik dillarni qoʻzgʻamadi… Halabda ahlimiz qirgʻin qilinmoqda-yu, biz buni koʻrib-bilib turgan jangchi guruhlar qoʻmondonlaridan biror jiddiy ishni koʻrmadik. Halabda yordamga chaqirayotgan ayollar ovozlari yeru koʻkni tutmoqda-yu, biroq bu yolgʻondan oʻzlarini xalifalik tiklaganini daʼvo qilgan, ammo nomigagina xalifalik qurgan kimsalarni ham qoʻzgʻatolmadi. Ha, ularning hammasi Halab ahlining qatli om qilinayotganini koʻrib, qoʻl qovushtirib turishdi. Natijada Suriya xalqining barcha dushmanlariyu “doʻstlar”i, koalitsiya va guruh yetakchilari jamlanib, hammalari Halab ahliga qarshi bitta handaqqa tushib jang qilishdi… Halabni AQSh bilan Rossiya kelishuvi bilan zoye ketkazishdi, Turkiya bozorida sariq chaqaga sotishdi, uning pulini guruhlar yetakchilari olib, Halabni u yerda fasod tarqatayotgan dushman qoʻliga topshirishdi… Ha shunday qilishdi. Agar bunday qilishmagan boʻlmasa, u holda, Darayya shahrining toʻrt yilcha vaqtdan beri sabot bilan turganini, Halab esa bir necha kundayoq qulatilganini qanday izohlash mumkin?!!

Biz Halabni bugun qoʻldan boy berganimiz yoʻq. Uni guruh qoʻmondonlari yarashuv va muzokara yoʻliga qadam qoʻyishgan kunda boy berib boʻlganmiz… Biz Halabni shartli qoʻllab-quvvatlovlarni qabul qilib, qarorimizni “qoʻllovchi” davlatlar istagiga topshirib, ular chizgan qizil chiziq oldida oyoq-qoʻlimizni kishanlab olgan paytimizda boy berganmiz. Mana, endi bu kishan boʻynimizga oʻraldi…

Halab qulagani yoʻq, aksincha, u iddaochilar, qonu jon savdogarlari, yordamsiz qoldiruvchilar va yolgʻonchilar…ni qulatdi, niqoblarini parchalab, asl basharalarini fosh qildi, til biriktiruvlarini ochib tashladi. Qoʻzgʻolonimizni qutqarib, kemamizni omonlik sohiliga yetkazib olishimiz uchun xolis musulmonlarda muhosaba qilish, maʼrufga buyurib, munka7rdan qaytarish naqadar zarurligi haqida ishonch uygʻotdi.

Halabni vayron qilish AQSh rejalarining bir qismidir. Rossiya esa Amerika gurzisining bir uchi, xolos. Bu gurzini Amerika Halabdagi mintaqalarni tiz choʻktirish va siyosiy yechimiga boʻysundirishda ishga soladi. Lekin Halabning vayron etilishi, qoʻzgʻolonning tugaganini anglatmaydi. Bilʼaks, yoʻlni toʻgʻrilab olish uchun yangi qoʻzgʻolon boshlanayotganini bildiradi. Chunki Shom ahli qoʻzgʻolonlari olovi oʻchishiga hargiz rozi boʻlmaydilar. Yoʻq, u qaytadan alanga olib, nur taratadi, qudrati ulugʻ jabbor Allohning izni ila, endi toʻgʻri chiziq boʻylab yuradi. Ana shunda bu alanga nuri mustamlakachi kofirlar va munofiq, xudosiz xoinlar koʻzlarini qamashtirib, shayton vasvasasiga solib qoʻyadi, bu Allohga aslo mushkul emas.

Ey Islom diyori markazi Shomdagi sabr-bardoshli musulmonlar!

Allohdan Halab hodisasining yoʻlni oʻnglab oladigan va ishlarni maromiga keltirib oladigan yangi boshlanish boʻlib qolishini soʻraymiz. Rosululloh A

“لاَ يُلْدَغُ الْمُؤْمِنُ مِنْ جُحْرٍ وَاحِدٍ مَرَّتَيْنِ”

“Moʻmin barmogʻini bir teshikdan ikki marta chaqtirmaydi”, deganlar. Siz ham siyosiy mablagʻ, degan narsaning naqadar vayronalarga olib kelishini boshdan oʻtkazdingiz. Qoʻllab-quvvatlovchi, deyilgan davlatlar qoʻzgʻoloningizni qanday ahvolga solishganini ham tajribangizdan oʻtkazdingiz. Siz faqat ixlosning oʻzi yetmasligini, albatta u bilan ong ham boʻlishi shartligini, aks holda, ixlosning oʻzi berilgan qurbonlarni zoye ketkazib, samaralarni nobud qilishini, hatto ularni Islom dushmanlariga hadya qilib yuborishini oʻz taningizda his qildingiz. Bugun qoʻzgʻoloningiz boshqa tomonlarga bogʻlanib qolgan yetakchilikdan voz kechishga va barcha jangchi guruhlarni yagona ongli, xolis yetakchilik ostiga birlashtirishga muhtoj. Bu yetakchilik qoʻzgʻolonga Alloh rozi boʻladigan maqsadini belgilab, unga olib boradigan yoʻlni koʻrsatib bera oladigan boʻlsin, dushmanlari ularga tiqishtiradigan reaktsiyalar bilan shugʻullanmasin, balki oʻz yoʻlini yaxshi bilib davom etsin, yolgʻiz Allohning arqoniga bogʻlanib, bizga qarshi til biriktirayotganlar iplarini parcha-parcha qilsin… Zotan, bu til biriktiruvchilar bizni qanday halokatga yetaklashganini, qay ahvolga solishganini koʻrdik… Bas, hidoyatsiz yoʻldan yurishga, Allohdan oʻzgaga tavakkal qilishga, nusratni dushmanlardan talab qilib, oʻshalar qoʻllab-quvvatloviga, qarorlariga oʻzimizni bogʻlab berishga… nahotki rozi boʻlsak?! Alloh Taolo bunday dedi:

أَفَمَن يَمْشِي مُكِبًّا عَلَىٰ وَجْهِهِ أَهْدَىٰ أَمَّن يَمْشِي سَوِيًّا عَلَىٰ صِرَاطٍ مُّسْتَقِيمٍ

“Axir, yuz tuban (yaʼni oyogʻining ostidan oʻzga yoqqa qaramasdan) yuradigan kimsa haq yoʻlni topguvchiroqmi yoki qaddi rost holida toʻgʻri yoʻlda yuradigan kishimi?!” [Mulk 22]

Hidoyatsiz yoʻldan yurishga rozi boʻlamizmi? Yoki Halabni boy berish biz uchun ogohlantiruv boʻladimi, imonimizni yangilaydigan, bizni dushmanlar makridan Robbimizga qochib, yolgʻiz Uning arqonini mahkam ushlovchi, yolgʻiz Unga tavakkal qiluvchi, yolgʻiz Undan nusrat soʻrovchi, Alloh Azza va Jalla vaʼdasini bajaruvchi qoʻzgʻolonchilarga aylantiruvchi saboq boʻladimi?!

إِن تَنصُرُوا اللَّهَ يَنصُرْكُمْ وَيُثَبِّتْ أَقْدَامَكُمْ

“Agar Allohga yordam bersangiz, U ham sizga nusrat-yordam beradi va kadamlaringizni sobit qiladi” [Muhammad 7]781

Hizb ut-Tahrir-Suriya viloyati matbuot boʻlimi

Skype: TahrirSyria

Elektron pochta: media@tahrir-syria.info – ahmadabdalwahab2@gmail.com

Suriya viloyati rasmiy sayti: www.tahrir-syria.info

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.