Islom Ummati misoli yomg‘irdir

292
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Islom Ummati misoli yomg‘irdir

Anas ibn Molik roziyallohu anhu Nabiy ﷺning bunday deganlarini rivoyat qiladi:

«مَثَلُ أُمَّتِي مَثَلُ الْمَطَرِ لَا يُدْرَى أَوَّلُهُ خَيْرٌ أَمْ آخِرُهُ»

«Mening Ummatim misoli yomg‘irdir, uning boshlanishi yaxshimi, oxirimi bilib bo‘lmas».

Ha, Alloh Taolo Islom Ummatini to zamoni oxirga qadar undan yaxshilik arimaydigan qilib qo‘ydi. Shuning uchun u haq bayrog‘ini ko‘tarib, shirk va kufr zulmati uzra qadam tashlab, o‘z nuri bilan ushbu qorong‘iliklarni yoritadigan va adashganlar ko‘zidan pardalarni olib tashlaydigan eng yaxshi, hidoyatga boshlovchi va taqvodor Ummatdir.

Mustamlakachi kofir G‘arb Ummatdagi ushbu yaxshilikni yo‘q qilishga qattiq harakat boshladi. Uning davlatini ag‘darish bilan kifoyalanmay, farzandlari aqllaridan Islom fikrlarini o‘chirish ustida ishladi. Uning harbiy bosqinchiligi ayni maqsadni amalga oshirish hamda Ummatni o‘z yaxshiligi va kuchliligi manbaidan butunlay g‘aflatda ushlab turishni ta’minlashga qaratildi.

Biroq Islom Ummatining zulm va tahqirga ko‘nmaydigan ulug‘vor tirik ummatligini, mustamlakachilardan qanchalar nafratlansa, ularga malay hukmdorlaru siyosiy elitalarni shunchalar yomon ko‘rishini G‘arb kuchlari bilishmadi yoki bundan ko‘z yumishdi. Bu Ummat kuchli to‘lqin qarshisida bir oz vaqt bukilsa-da, biroq tez orada qayta oyoqqa turib, uning ahd-paymoni va imoni har qanday kuchli to‘lqinni yorib o‘tadi. Haqiqatda ham shunday bo‘ldi. Ummat mudroqlikdan uyg‘onib, ong bilan qurollandi va shu orqali o‘z aqidasi tubidan o‘sib chiqqan real maqsadlarni anglab etdi. Islomni qayta hokimiyatga olib kelish, malay hukmdorlardan qutulish, demokratiya, vatanparvarlik va millatchilikdan iborat kufr shiorlaridan xalos bo‘lish ana shu maqsadlardan asosiylaridir.

Ummat o‘z Robbisining uni yaxshi deya bergan bahosiga loyiq bo‘la boshladi:

كُنتُمْ خَيْرَ أُمَّةٍ أُخْرِجَتْ لِلنَّاسِ تَأْمُرُونَ بِالْمَعْرُوفِ وَتَنْهَوْنَ عَنِ الْمُنكَرِ وَتُؤْمِنُونَ بِاللَّهِ

«(Ey Islom Ummati) sizlar insonlar uchun chiqarilgan eng yaxshi Ummat bo‘ldingiz. Zero, siz ma’rufga buyurib, munkardan qaytarasiz va Allohga imon keltirasiz» [Oli Imron 110]

Ummatdagi ushbu yaxshilik sababi ma’rufga buyurib, munkardan qaytarishga borib taqalmoqda. Ya’ni, ey Islom Ummati, siz ma’rufga buyurib, munkardan qaytarish ishi bilan shug‘ullanganingiz va Allohga imon keltirganingiz tufayli yaxshi ummat bo‘ldingiz, yaxshi ummatga aylandingiz, demakdir.

Ey voh, ma’rufga buyurish va munkardan qaytarish farzi naqadar buyuk ekan. Chunki ushbu oyatda u imondan avval qo‘yilmoqda-ya!

Bu shunday bir buyuk farzki, qachon Ummat uni zoe ketkazganda o‘zi ham zoe ketdi… vazni yo‘q, ta’sirsiz ummatga aylanib qoldi.

Bu farz g‘oyib bo‘lgan edi. Biroq Allohning fazli va iltifoti ila, mana, Islom Ummati o‘zining tabiiy o‘rnini-ummatlarga peshvolik qilish makonini qayta egallash sari yana oyoqqa turib, yangitdan kurash boshladi. Chunki aslida, Islom Ummati ummatlarning oldingi safida etakchisi bo‘lishi kerak edi, ortga tisarilmasligi, dushmanlari makriga ilinib, uning davlatini yiqitishlariga yo‘l qo‘ymasligi kerak edi va bu uning ayni buyuk farzni tark qilganligi hamda Robbi Azza va Jallaning shariatidan g‘aflatda qolganligi uchun bo‘ldi. Alloh Azza va Jalla bunday demoqda:

﴿وَمَا كَانَ رَبُّكَ لِيُهْلِكَ الْقُرَى بِظُلْمٍ وَأَهْلُهَا مُصْلِحُونَ﴾

«Robbingiz u shaharlarning ahli o‘zlarini isloh qiluvchilar bo‘lganlarida (haq yo‘lga yurganlarida edi ushbu shaharlarni) zulm bilan halok qilgan bo‘lmas edi» [Hud 117]

Oyatdagi «مصلحون» isloh qiluvchilar isloh qilish bilan tuzaluvchi, deganni anglatadi. Ya’ni, ushbu Ummatdagi yaxshilik uning isloh qilish bilan tuzalishidadir. Bu esa, Allohning shariatini tatbiq qilish va ma’rufga buyurib, munkardan qaytarish bilan shug‘ullanishi bilan bo‘ladi.

Qudrati ulug‘ Alloh marhamat qilmoqda:

وَلْتَكُن مِّنكُمْ أُمَّةٌ يَدْعُونَ إِلَى الْخَيْرِ وَيَأْمُرُونَ بِالْمَعْرُوفِ وَيَنْهَوْنَ عَنِ الْمُنكَرِ وَأُوْلَـئِكَ هُمُ الْمُفْلِحُونَ

«Oralaringizdan yaxshilikka (Islomga) da’vat qiladigan, ma’rufga buyurib, munkardan qaytaradigan bir jamoat bo‘lsin. Ana o‘shalar najot topguvchilardir» [Oli Imron 104]

Qarang, Ummatimiz ushbu najot yo‘liga-ma’rufga buyurish va munkardan qaytirish yo‘liga qaytmoqda, yangitdan zolimning yuziga qarab ey zolim, deya olyapti, tog‘utlarni zulmu jinoyatlarini inkor etyapti.

Shuning uchun biz Robbimiz va Ummatimizga ishonchimizni yangilaylik, tunning qorong‘i zulmati ortidan tong yorug‘ligi bashoratlarini kuzata olaylik. Chunki tun zulmati har qancha qora va qorang‘u bo‘lsa-da, tong quyoshini aslo to‘solmaydi. Fajri sodiq albatta kelib, dunyoni o‘z ziyosiga chulg‘ab, er yuzini Alloh Taboraka va Taoloning nuri ila nurafshon etadi. Biz ummatlarning peshqadami maqomimizni qayta egallaylik, butun insoniyatni Islom ahkomlari bilan boshqaraylik, ularni kufr zulmi va zulmatidan Islom adli va nuriga chiqaraylik. Yana ma’rufga buyurib, munkardan qaytarish va Alloh Robbul olaminga imon keltirishimiz bilan insonlar uchun chiqarilgan eng yaxshi Ummat bo‘laylik.

Roya gazetasi saytidan olindi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.